Applikatsiya “Qor yog‘ayapti”.
Maqsad: Bolalar oq salfetka yirtib yopishtirish orqali qor tasvirlashga o‘rganadi, ijodiy tasavvurlari rivojlanadi.
Kerakli jixozlar: xavo rang qog‘oz, oq salfetka, yelim, qor yog‘ayotgan rasm.
Faoliyatni borishi:
Qor yog‘ayotgan rasmni ko‘rish.
Ishlash ketma-ketligi bilan tanishtirish (AKT).
Namuna bilan tanishtirish.
Bolalar mustaqil faoliyati.
Bolalar ishlarini rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha qism: Qishki ertaklar kiobchasini ko‘rib chiqishni taklif etish.( “12 oy”, “Morozko”, “Qo‘lqopcha” x.k)
E’tiborga molik jixat: Tabiatga qiziqish uyg‘otish, qor yog‘ishidan zavqlanishga o‘rgatish..
Nutq va til markazi
“Qishda nima bo‘ladi” o‘yin.
Maqsad: Bolalar qish faslidagi o‘zgarishlar xaqida tushunchaga ega bo‘ladi, ob-xavoda, odamlarni kiyinishida, xayvonot o‘simliklar dunyosidagi o‘zgarishlar bilan tanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |