"oykos" va ("nemein" so'zidan olingan) "nomiks" soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, "oykonomia", ya'ni



Download 66,05 Kb.
bet5/5
Sana23.07.2022
Hajmi66,05 Kb.
#845716
1   2   3   4   5
Bog'liq
1dan 60gacha

talab qonuni.Bu qonun bozor iqtisodiyoti faoliyatining mohiyatini tushunish imkonini beradi. Talab qonuni aks ettiradi bozorda xaridorning xatti-harakati mantig'i.Talab qonuni shunday deydi Boshqa narsalar teng bo'lsa, tovarning narxi qanchalik baland bo'lsa, unga bo'lgan talab shunchalik past bo'ladi.
35 – SAVOL
Talab qonuni daromad effekti va almashtirish effektining mavjudligi bilan izohlanadi. Daromad effekti shundaki, tovar narxi pasayganda iste’molchi o‘zini boyroq his qiladi va tovarni ko‘proq sotib olishni xohlaydi. O'rnini bosuvchi effekt shundan iboratki, mahsulot narxi pasayganda, iste'molchi ushbu tovarni narxi o'zgarmagan boshqa mahsulotlar bilan almashtirishga intiladi.
T. va t.ning tub mazmuni ularning narx orqali oʻzaro aloqadorlikda mavjud boʻlishidir. Bu aloqadorlik — talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining obʼyektiv qonuni hisoblanadi. T. va t. qonuniga koʻra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki oʻzining tarkibi jihatidan ham bir-biriga moye kelishi
36 – SAVOL
Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab hajmining
o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq
bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi:
1) iste’molchining didi;
2) bozordagi iste’molchilar soni;
3) iste’molchining daromadlari;
4) bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi;
5) kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar
ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
1) resurslar narxi;
2) ishlab chiqarish texnologiyasi;
3) soliq va subsidiyalar;
4) boshqa tovarlar narxi;
5) narx o‘zgarishining kutilishi;
6) bozordagi sotuvchilar soni.
Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining
o‘zgarishini taqozo qiladi.
37 – SAVOL
Talab miqdori bilan taklif miqdori bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor
muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan
narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx deb ham
yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatlashgan narx doimo mavjud bo‘lmaydi,
ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatning buzilishiga sabab bo‘ladi.
Ammo iqtisodiyotda bozor muvozanatiga intilish doimo mavjud bo‘ladi.
Bozor muvozanatini o‘ziga xos matematik tenglik sifatida ham ifodalash
mumkin:
Tb = Tf = Nm = Mm,
bu yerda: Tb – talab, Tf – taklif, Nm – muvozanatlashgan narx, Mm – tovarning
muvozanatli miqdori.

38 – SAVOL


Raqobat – bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat
bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun
kurashdan iboratdir.
39 – SAVOL
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori
foyda normasiga erishish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday
raqobat kapitallarning foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda normasi
yuqori tarmoqlarga oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda
keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga
olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi
Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq
sharoitiga ega bo‘lish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari
o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarda ishlayotgan
ishchilarning malakasi, ularning texnika bilan ta’minlanish va mehnat unumdorligi
darajalari turlicha bo‘lganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan
tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmayd
Sof raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda
ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi.
Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini
oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari
bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida
raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini
tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat
darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlantirish
orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday
mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining
asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning nafliligi, sifati, servis xizmat
ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.
40 – SAVOL
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda
Ko‘p bo‘lib, ular ishlab chiqargan tovar yoki xizmatlarining iste’molchisi yoki
Xaridori yagona bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati.
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli
Mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda
Samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati.
Legal (qonuniy) monopoliya – qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik
Holat.
Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi
Birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.
Kartel – ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z
Mulkiy egaligini saqlab qolib, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota asosida
Amalga oshiriladigan bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning
Uyushmasi.
Sindikat – ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma
Ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ishlab chiqarilgan mahsulotni
Sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga oshiriluvchi,
Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi.
Trest – ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy
Egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi
Birlashmasi.
Konsorsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda
Amalga oshirish maqsadida birlashuvi.
Konsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar
(sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z
Ichiga oluvchi birlashma.
41 – SAVOL
narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy
nafliligining puldagi ifodasidir. Narx bevosita tovarning qiymati va nafliligi bilan bog‘liq bo‘lsada, o‘zi
mustaqil amal qiladigan iqtisodiy kategoriya hisoblanib, bozor mexanizmining muhim tarkibiy
unsurlaridan biridir. U o‘zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali
amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va
sohalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlari bo‘yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya
qilinishiga sharoit yaratadi. narx o‘zida faqatgina qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har
ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko‘rinishida ifoda etadi. Tovardagi
ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo‘lmaydi. Chunki tovarning
qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati
yotadi. Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ko‘rib chiqilganda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.
Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1) Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir
etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi – bu muvozanatlashgan narx bo‘lib, u
birinchidan, tovarlarning sotilishini ta’minlaydi, ikkinchidan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga
keltirmaydi.
2) Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi. Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi deb aytamiz, chunki
qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab
chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2 ,kvt-soat va hokazo).
Bu ko‘rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, umumiy ko‘rsatkichga keltirib bo‘lmaydi. Barcha natural
ko‘rsatkichlarning umumiy o‘lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va
qiyosiy narxlar qo‘llaniladi
3)Tartibga solish vazifasi. Bozor holati (kon’yunkturasi) talab va taklif hamda ularning nisbatiga bog‘liq.
Talabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni kengaytirishni, aksincha holatda esa tovar
ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni qisqartirish zarurligini bildiradi. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar
faoliyatiga ularning daromadlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Muayyan tovarning birbiriga ishlab chiqarish
xarajatlari miqdori o‘zgarmagan holda narx yuqori bo‘lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda
kamayadi va hatto ishlab chiqaruvchilar zarar ko‘rishi ham mumkin. Bu ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga
kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Narx oshsa, ishlab chiqarish kengayadi. Boshqa kapitallar ham foyda yuqori
bo‘lgan soha va tarmoqlarga oqib kela boshlaydi. Xullas, narx ishlab chiqarishni tartibga solib, uni
o‘zgartirib turadi va rivojini ta’minlaydi.
4) Raqobat vositasi vazifasi. Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi hisoblanadi. Ishlab
chiqaruvchilar o‘z raqiblarini engish uchun narxni pasaytirish usulidan foydalanishlari mumkin. Demak,
narxni o‘zgartirib turish usuli raqobatda keng qo‘llaniladi.
5) Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim qatlamlarini ijtimoiy himoya
qilish vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalangan narxlar
bo‘yicha sotilganda bajariladi. Bunda ular davlat budjeti va turli xayriya mablag‘lari hisobiga moliyaviy
ta’minlanadi
42 – SAVOL
Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar bir yo‘la ko‘tarasiga
sotilganda qo‘llaniladigan narx. Ulgurji narx ishlab chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari
xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma’lum miqdorda foyda ko‘rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narx
tovar birjalari va savdo uylarida ham qo‘llaniladi.
Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan
shartnomada qayd qilingan narx. Shartnoma narx odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda
o‘zgarmaydi. Mazkur narx ham milliy, ham xalqaro bozorlarda qo‘llaniladi. U xalqaro bozorda
qo‘llanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi.
Chakana narx – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narx. Chakana narxga tovarning ulgurji
narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx
tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni bog‘lovchi rolini o‘ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki
past bo‘lishi mumkin.
Demping narx – bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun
firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. U «bozorga kirib olish narxi» deb ham ataladi.
Demping narxda rasmiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi.
Nufuzli narx – sotish hajmini o‘zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan
foydalaniladigan narx. Bu narxni qo‘llash uchun bozorda raqobat cheklangan bo‘lib, monopol vaziyat
mavjud bo‘lishi zarur.
Mazkur vaziyatda talab narxga bog‘liq bo‘lmaydi, shu sababli narxning ko‘tarilishi tovar sotilishini keskin
kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli
tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi.
43 – SAVOL
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish o‘zaro bog‘langan ikki jarayonga: asosiy kapitalning eskirishi,
ya’ni amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan mehnat vositalarini jismoniy shaklda tiklash
uchun foydalanishga tayanadi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud:
1) ulardan bevosita foydalanish natijasidagi jismoniy eskirish;
2) harakatsiz turish natijasida, tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirish.
Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida jismoniy eskirganda, ular texnik,
ishlab chiqarish xossasini va iste’mol qiymatini asta-sekin yo‘qotib boradi. Ayni vaqtda asosiy kapital
tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirishi ham mumkin.
44 – SAVOL
Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim:
1) ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriy xarajatlari yoki mahsulot qiymati;
2) korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari.
Ijtimoiy zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulotning ma’lum turini yoki uning bir-birligini ishlab
chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy sarflarning umumiy (jonli mehnat, moddiy va pul) sarflaridir.
Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga
yetkazib berishga shu korxona tomonidan qilinadigan barcha sarflar tushuniladi:
Pc = s + v.
Pc – ishlab chiqarish xarajatlari (tannarx)
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to‘lov asosida jalb etishi
uchun sarf qilingan xarajatlardir.
Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xomashyo va materiallar uchun to‘lovlar, kredit uchun
foiz to‘lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun
to‘lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to‘lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya
xarajatlari deb ham ataladi
UMUMIY
XARAJATLAR
Tashqi xarajatlar Ichki xarajatlar
Ishchi kuchiga sarflar
Xomashyo xarajatlari
Yonilg‘i-enеrgiya xarajatlari
Transport-aloqa xizmati
xarajatlari
Asosiy kapital amortizatsiyasi
Ijara haqi
Qarz pul mablag‘lari va foizlari
Bank xizmati xarajatlari
Mе'yordagi foyda
45 – SAVOL
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning pul tushumlari yoki pul
daromadlari deyiladi Korxona pul daromadlaridan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish
uchun qilingan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim
adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi
Me’yordagi foyda – bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag‘batlantirib
turish uchun to‘lanadigan haq hisoblanadi.

45dan 55gacha yo’q


56 – SAVOL
Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmidir. Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik yalpi talab egri chizig'ida aks etadi
Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – mamlakatda muayyan vaqtda ishlab chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan, o‘zining ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bo‘yicha shu davrdagi talabga javob beradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Turli tovarlar narxlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik yalpi taklif egri chizig‘ida aniq aks etadi
Makroiqtisodiy muvozanat - bu bozorda taklif etilayotgan yalpi mahsulot (tovar va xizmatlar) miqdori yalpi talab miqdoriga teng bo'lgan yagona narx darajasidir.
57 – SAVOL
Iste’mol- bu keng manoda jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildiradi.
Jamg‘arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to‘planib borishi
58 – SAVOL
Daromadlarning iste’molga sarflanadigan ulushi iste’molga o‘rtacha moyillik (IO‘M) deyiladi: IO'M=istemol sarflari xajmi (C): daromadlar hajmi (D)
Daromadlarning jamg‘armaga ketadigan ulushi esa jamg‘armaga o‘rtacha moyillik (JO‘M) deyiladi: JO'M=jamg'arna hajmi (S): daromadlar hajmi (D)
Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o‘zgarishi darajasi iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik (IQM) deyiladi. IQM=Istemoldagi ozgarishi (delta C) : daromaddagi ozgarish (delta D)
Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida jamg‘arma hajmining o‘zgarishi darajasi jamg‘armaga keyingi qo‘shilgan moyillik (JQM) deyiladi. JQM= Jamg‘armadagi ozgarish (delta S) : daromaddagi ozgarish (delta D)
Eslatma: (:) ishorasi kasr chizigi bilan belgilanadi nazorat ishi paytida
59 – SAVOL
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir.
60 - SAVOL
Intellektual investitsiyalar- mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xou berish, avtorlik huquqi va boshqalar.
Moliya investitsiyalar — qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qiyilmatlar. 
Foyda normasi kapitalining naqadar samarali ishlatilishini bildiradi. Foyda koʻrish tadbirkorlikning maqsadi boʻlganidan har doim F. normasini oshirishga intilish saklanib qoladi.
Download 66,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish