"oykos" va ("nemein" so'zidan olingan) "nomiks" soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, "oykonomia", ya'ni



Download 66,05 Kb.
bet1/5
Sana23.07.2022
Hajmi66,05 Kb.
#845716
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1dan 60gacha


1-SAVOL
1.Iqtisodiyot -  yunoncha "oykos" va ("nemein" so'zidan olingan) "nomiks" soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, "oykonomia", ya'ni uy xoʻjaligini boshqarish degan maʼnoni anglatadi. "Ekonomika" soʻzi ommaviy oʻzbek lugʻatiga oʻtilganda "iqtisodiyot" atamasiga oʻzgaradi. Iqtisodiyot cheklanmagan ehtiyojlarni, cheklangan resurslardan samarali foydalanib boshqarishni oʻrganuvchi fan.
2. Iqtisodiy resurslar - tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish, iqtisodiy faoliyatningshartlari va zaruriy qismlarini ishlab chiqarish vositalari
Iqtisodiy resurslar - bu tabiiy, inson va insoniy resurslar, bu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Barcha iqtisodiy resurslarni moddiy reurslarga(yer, kapital) va inson resurslariga bo’lish (mehnat va tadbirkorlik faoliyati).
Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi - ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklanishiga olib keladi. Har bir xo‘jalik, oila, korxona, firma, tarmoq, mamlakat o‘zining ana shunday imkoniyat chegarasiga ega. Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo‘lgani uchun barcha tovarlar bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko‘rsatish qiyin.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir -biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
3.Ehtiyojlar - Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.
Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi.
Moddiy ehtiyojlar – bu moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi zaruratdir.
Ma’naviy ehtiyojlar – bu insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va xizmatlarga bo‘lgan zaruratdir.
Shaxsiy ehtiyojlar – kishilarning pirovard iste’moli uchun mo‘ljallangan mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan zarurat.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari – mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zarurat
Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi.
Odatda kishilarning turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa, mamlakat fuqarolari va h.k.) tomonidan birgalikda namoyon etiluvchi ehtiyojlar birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi.
Birlamchi ehtiyoj – bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan va shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan ehtiyoj.
Ikkilamchi ehtiyoj – bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib bo‘lgandan so‘ng undan yuqori darajada namoyon bo‘ladigan va qondiriladigan ehtiyoj.
Yakka ehtiyoj – bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei, dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta’sirida shakllanuvchi ehtiyoji.
Guruhiy ehtiyoj – bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlashgan kishilarning birgalikdagi ehtiyoji.
Hududiy ehtiyoj – bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarning birgalikdagi ehtiyoji
Umumjamiyat ehtiyojlari – bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar uchun umumiy bo‘lgan ehtiyoj.
Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va yetkazib berishga nisbatan miqdoran o‘sib, tarkib va sifat jihatidan takomillashib borishi ehtiyojlarning ustuvor darajada o‘sib oorish qonuni deyiladi.

  1. – SAVOL

1.Yer (ishlab chiqarish vositasi sifatida) — mehnat jarayonining zaruriy moddiy shart-sharoiti va eng muhim ashyoviy omillaridan biri. Ye. inson hayoti uchun zarur boʻlgan moddiy sharoitlar orasida tuproq qoplami, yer osti boyliklari, oʻrmonlari, suvi bilan alohida ahamiyatga ega. I.ch. jarayoniga ki-ritilgan Ye.ga jonli va buyumlashgan mehnat sarf etilishi bilan u i.ch. vositasi boʻlib qoladi. Ammo moddiy i.ch.dagi turli tarmoqlarning rivojlanishida Ye.ning iqtisodiy oʻrni turlichadir. Undiruvchi sanoatda Ye. jamiyat uchun zarur boʻlgan boyliklar qazib olinadigan xazina boʻlib xizmat qiladi. Q.x. ishlab chiqarishi Ye., tuproq unumdorligi, tabiiy, biologik jarayonlar bilan bevosita bogʻliqdir.
2. Kapital (nem. Kapital; lot. capitalis — bosh, asosiy), sarmoya — keng ma'noda — o'z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo'lgan jami vositalar va mablag'lar; yangi qiymat keltiruvchi, o'zini o'zi ko'paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma'noda — ishlab chiqarish vositalari ko'rinishidagi ishga qo'yilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy K.). K.ning paydo bo'lishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda o'ziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo bo'lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida tovar muomalasidagi pul K.ga aylanadi.
3.Ishchi kuchi - bu inson aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi[1] boʻlib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning oʻzi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, yaʼni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.
Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli boʻlgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni boʻlib uning yoshi va mehnatga boʻlgan qobiliyati hisoblanadi.
4. Xom ashyo — konlardan olingan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar. Keng maʼnoda Xom ashyo mehnat taʼsirida oʻzgargan va yanada ishlanishi lozim boʻlgan mehnat predmetinn anglatadi. Xom ashyo jarayonida Xom ashyodan tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat paydo boʻladi. Xom ashyoning jami xilmaxil koʻrinishlari kelib chiqishiga koʻra sanoat va qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga boʻlinadi. Sanoat Xom ashyosi, oʻz navbatida, mineral va sunʼiy Xom ashyoga boʻlinadi.
3-savol tepada bor

  1. – SAVOL

1.Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qayerda va qanday qilib ko‘payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan.
2. Keyingi oqim fiziokratlar deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o‘laroq, boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdilar. Ularning vakili bo‘lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab berdi.
3. Keyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyandalari bo‘lmish A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina savdoda yoki qishloq xo‘jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xo‘jalik sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va “hamma boylikning onasi er, otasi mehnat”, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar.
4. Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo‘jalik yuritishning bozor tizimi to‘g‘risidagi marjinalizm deb atalgan yangi bir ta’limotni yaratdi. U inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, so‘nggi qo‘shilgan degan ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandalari (K.Menger, F.Vizer, Bem-Baverk va b.) bo‘lib, ular tomonidan qo‘shilgan tovar nafliligining, qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo‘lgan talab va uning narxi o‘rtasidagi bog‘liqlik va o‘zaro ta’sirini tahlil qilishda keng qo‘llanildi.

  1. – SAVOL

1.Iqtisodiyot nazariyasining hozirgi zamon yo‘nalishlaridan biri keynschilik maktabidir. 1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki zarurligini isbotladi.
2. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo‘nalishlaridan biri monetarizm deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo ishsizlik bo‘lgan bo‘lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharo itida inflyatsiyaning vujudga kelishidir. Ushbu holat stagflyasiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining asoschisi Milton Fridmen bo‘lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo‘shgan hissasi pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab chiqarish jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mexanizmini, pul dastaklari va monetar siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm pul-kredit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o‘ziga xos yondashuvni vujudga keltirgan nazariyadir.

  1. – SAVOLni topa olmadm

8– SAVOL
1.Iqtisodiy faoliyat – cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar majmui.
9 – SAVOL

Download 66,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish