"oykos" va ("nemein" so'zidan olingan) "nomiks" soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, "oykonomia", ya'ni



Download 66,05 Kb.
bet4/5
Sana23.07.2022
Hajmi66,05 Kb.
#845716
1   2   3   4   5
Bog'liq
1dan 60gacha

Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini hisoblashdan maqsad samaradorlikka nimalar hisobiga erishilganini aniqlash va yana qanday omillar evaziga uni oshirish mumkinligini belgilashdan iborat
4. O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy o‘sish daromadlarning ko‘payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutlaq miqdorda asta-sekin o‘sib boradi. Daromadlarning mutlaq miqdori ko‘payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig‘idan foydalaniladi
25 – SAVOL
1. Raqobat — bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi.Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. P. koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi
2. Baho (baho berish) (falsafada) — ijtimoiy hodisalar, inson faoliyati, xulqiga boʻlgan munosabat, ularning ahamiyatini, muayyan axloq meʼ-yorlari va tamoyillariga mosligini koʻrsatish (maʼqullash yoki qoralash, rozi boʻlish ski tanqid qilish va shahri k.). Insonning ijtimoiy mavqei, dunyoqarashi, madanny savnyasi. akliy va axloqiy kamoloti bilan belgilanadi. Boshqa tomondan esa, qilingan harakat sabablari, vositalari va maqsadlarini, uning qanday sharoitda bajarilganligini, shaxs xulqidagi oʻrnini hisobga olish bu shaxsga toʻgʻri B. berishning zarur shartidir
3. Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining, yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning o'rasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi. Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi.
26 – SAVOLni mavzusini ham ma’lumot ham topa olmadk
27 – SAVOL
1. Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. B. ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. B.da tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. B. ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar. B.da 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi.
2. Bozor subyekti – ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor subyektlari ikki guruhga – sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z subyektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida bevosita aloqa mavjud bo‘lsa, boshqalarida bilvosita aloqa mavjud bo‘lib, ular hech qachon bir-birini ko‘rmaydi yoki bilmaydi.
3. Bozor obyekti – ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
28 – SAVOL
1. Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
2.Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, NyuYork bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Yevropa bozori) va nihoyat jahon bozori
3. Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiytexnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.Muomalaga chiqadigan subyektlarning xususiyatiga ko‘ra ulgurji va chakana savdoni ajratish mumkin. Chakana savdoda, asosan, sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do‘konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda mahsulotlar yirik partiyalarda ko‘tarasiga sotiladi.
29 – SAVOL
1. Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.Bozor infratuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.
2. Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va is-teʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi.
3. Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni.
4. Savdo yarmarkasi – muayyan belgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi hamda o‘tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi.
Savdo uyi – o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi.
5. Moliya – iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimidir.Uning vositasida turli darajada pul mablag‘lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi
6. Axborot infratuzilmasi, nazariya sifatida, bir qator keng qamrovli amaliy tadqiqotlar (Star and Ruhleder 1996; Ciborra 2000; Hanseth and Ciborra 2007), xususan ISni loyihalashtirishga muqobil yondashuvni ishlab chiqish uchun ishlatilgan: "Infrastrukturalar ko'proq bo'lishi kerak Umumjahon standartlarni aniqlash va keyinchalik ularni amalga oshirish o'rniga, keyinchalik bir-biriga bog'langan mahalliy amaliyotni qo'llab-quvvatlaydigan ishlaydigan mahalliy echimlarni yaratish orqali qurilgan "(Ciborra va Hanseth 1998). Keyinchalik u o'rnatilgan bazaning o'sishiga yo'naltirilgan to'liq dizayn nazariyasi sifatida ishlab chiqilgan
30 – SAVOL
1. An’ana – oʻtmishdan kelajak-ka meros qoladigan, avloddan avlodga oʻtadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon boʻladigan moddiy va ma’naviy qadriyat. Milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy va boshqa A.lar bor. A.lar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy sharoitlari turli A.larning shakllani-shiga ta’sir qiladi. Muayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, axloq me’yorlari, urf-odat, marosim va boshqa A. sifatida namoyon boʻladi. A.larni: a) ijtimoiy-tarixiy hodisa; b) jamiyat hayotidagi jarayonlarning tarkibiy qismi; v) kishilar hayoti va faoliyatini belgilash mezoni; g) jamiyat va odamlarni boshqarishning ma’naviy omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin. A.lar yoshlarni tar-biyalash, ularni keksa avlod tajribalariga oʻrgatish vositasi hamdir. Har bir davrning oʻz A.lari boʻlib, vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib, mazmunan boyib boradi, ba’zilari yoʻqoladi, yangilari vujudga keladi. Shuningdek, bir zamonning A.lari ikkinchi zamonga mos kelmasligi mumkin. Davr talabiga javob bermaydi-gan A.lar unutiladi.
2. O’zbek xalqining urf-odatlari asrlar bo’yi o’zbeklar millatining tashkil etopishida ishtirok etgan barcha qabilalar va elatlarning madaniy malakalari va an’analarining uyg’unlashuvidagi murakkab jarayonlar oqibatida tarkib topgan. Ular o’ta o’ziga xos, yorqin va turli-tuman bo’lib, urug’chilik patriarxal munosabatlaridan kelib chiqadi. Urf-odatlarning ko’pchiligi oilaviy hayotga oid bo’lib, bolaning tug’ilishi va tarbiyasi (beshik to’yi, xatna qilish), nikoh (fotiha to’yi, to’y) bilan bog’liq bo’ladi. Ko’pincha ular islom urf-odatlarining sehrgarlik amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan undan ham qadimiyroq shakllarga uzviy kirib ketishini namoyon etadi. Islom qabul qilinganidan beri ko’pgina oilaviy-maishiy urf-odatlar uning ta’sirida o’zgargan, o’zbeklarning hayotiga musulmon diiy marosimlari kirib kelgan. Juma kuni bayram kuni hisoblanadi va shu kuni barcha yig’iladigan masjidda umumiy namoz (duo) o’qiladi. Patriarxal urf-odatlar masjid, choyxonalar, bozorda o’tadigan hamda faqat erkaklar ishtirok etadigan ijtimoiy hayotda hozirgacha ham yashamoqda.
3. Demografiya har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum aholisining koʻpayishi va rivojlanish qonuniyatlarini alohida-alohida oʻrganadi, chunki har bir ijtimoiyiqtisodiy formatsiyaga xos aholi oʻsish qonuni demografik vaziyatga ham bevosita taʼsir koʻrsatadi. 20-asrning 2-yarmiga qadar Oʻzbekistonda aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasi nisbatan pastligi tufayli aholi oʻrtasida oʻlim yuqori boʻlgan. Garchi tugʻilish yuqori boʻlsa ham aholi juda sekin koʻpaygan. 20-asrning 2-yarmidan Oʻzbekistonda aholi oʻrtasida oʻlim bir oz kamayib, aholining oʻrtacha umr koʻrishi uzaydi. Natijada aholining miqdor va sifat oʻsishi roʻy berdi. Shu davrda Oʻzbekistonda Demografiyaning rivojlanishiga eʼtibor berildi. Demografik tadqiqotlar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Aholishunoslik i.t. lab., demografiya, ijtimoiy geogr. va mintaqaviy iqtisod, sotsiologiya kafedralari, Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi, Mehnat, aholi bandligi va ijtimoiy muhofazani oʻrganish Respublika ilmiy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining iqtisodiyot instituti, Oʻz-bekiston Respublikasi "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik markazida olib boriladi
31 – SAVOL
1. Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2)adabiyotda — biror asarning asosiy gʻoyasi. K. badiiy asar mohiyatini, ijodkorning "meni"ni ifoda etadi.
2.Strategiya (qadimgi yunoncha starēgía - qo'mondonlik san'ati) uzoq vaqtni o'z ichiga olgan umumiy, batafsil bo'lmagan reja, murakkab maqsadga erishish yo'li, harbiy ishlarda, keyinchalik umuman insonning har qanday faoliyatini.Strategiyaning maqsadi - asosiy maqsadga erishish uchun mavjud resurslardan samarali foydalanish (strategiya harakat usuli sifatida, ayniqsa, asosiy maqsadga to'g'ridan-to'g'ri erishish uchun etarli resurslar mavjud bo'lmagan vaziyatda zarur bo'ladi).

32 – SAVOL


1. Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi.
33 – SAVOL
1. Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillarham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
1) resurslar narxi; 2) ishlab chiqarish texnologiyasi;3) soliq va subsidiyalar; 4) boshqa tovarlar narxi;5) narx o‘zgarishining kutilishi; 6) bozordagi sotuvchilar soni.Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining o‘zgarishini taqozo qiladi.
Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx о‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham о‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bо‘ladi.
34 – SAVOL
.Raqobat bozorida tovar ayirboshlash jarayoni ma'lum qonunlarga bo'ysunadi. Ular bozor sub'yektlarining ayirboshlanadigan tovarlar miqdori va ularning narxlari nisbatiga iqtisodiy munosabatining o'ziga xos xususiyatlarida namoyon bo'ladi. Demak, raqobat bozorida tovar ayirboshlash va narx belgilash jarayonlari qonuniyatlarini aks ettiruvchi eng muhim iqtisodiy qonunlardan biri bu.
Download 66,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish