"oykos" va ("nemein" so'zidan olingan) "nomiks" soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, "oykonomia", ya'ni



Download 66,05 Kb.
bet2/5
Sana23.07.2022
Hajmi66,05 Kb.
#845716
1   2   3   4   5
Bog'liq
1dan 60gacha

1.Ishlab chiqarish omillari — Bevosita ishlab chiqarish jarayonida qoʻllanadigan resurslar boʻlib; yer (tabiat), ishchi kuchi, kapital, tadbirkorlik faolligi (tadbirkorlik qobiliyati) kabi omillar hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi, miqdori ulardan foydalanish darajasiga boglik, boʻladi.
Ishlab chiqarish faoliyatining asosiy sabablari va iqtisodiy mahsulotni yaratish shartlari ishlab chiqarish omillari deb ataladi. Ular qaysidir ma'noda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchlari, qismi ishlab chiqarish quvvati. Eng oddiy holatda, ishlab chiqarish omillari mahsulotni yaratishda ishtirok etadigan mehnat va tabiiy resurslarni o'zida mujassam etgan "mehnat, er, kapital" uchlik sifatida tushuniladi. So'nggi paytlarda tadbirkorlik muhim omillardan biri sifatida tilga olindi.
2. Marksizm — K. Marks va F. Engels asos solgan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy taʼlimot. Nemis mumtoz falsafasini (Gegel, Feyerbax va boshqalar), ingliz siyosiy iqtisodini (Smit, Rikardo va boshqalar), fransuz xayoliy sotsializmini (Sen-Simon, Furye va boshqalar) oʻrganishga tayanib, Marks va Engels dialektik, tarixiy materializmga asoslangan falsafa, qoʻshimcha qiymat nazariyasiga asoslangan siyosiy iqtisod va kommunizm taʼlimotini ishlab chiqdilar.
M.da moddiy ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari jamiyatning negizi sifatida karaladi. M. xususiy mulkchilikka asoslangan jamiyatda ishlab chiqarishning ijtimoiy va oʻzlashtirishning xususiy harakterga ega ekanligiga tayanib, ijtimoiy inqilob toʻgrisidagi qonunni asoslashga urinadi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, sinfiy kurash bilan bogʻliq nazariyani ilgari suradi. Jamiyat tari-xiga sinflar kurashi tarixi sifatida qaraydi. M.ga kura, sinfiy kurash proletariat diktaturasiga olib keladi. Proletariat diktaturasining maqsadi esa sinfsiz jamiyat qurishdan iborat deb hisoblaydi. M. ishlab chikarish vositalariga faqat ijtimoiy mulkchilikni tan oldi, boshka mulk shakllarini inkor etdi. Xususiy mulkni barcha ijtimoiy illatlarning asosiy sababi degan notoʻgʻri qarashni ilgari suradi.

  1. – SAVOL

1.Iqtisodiy faoliyat – cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar majmui.
2. Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni.
3. Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha ma’lum bir o‘lcham (masalan, qiymat miqdori) asosida o‘zaro almashish jarayoni.
4. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning birbiriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.


  1. – SAVOL

1.Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo‘lib keladi. Ayniqsa, hozirgi paytda bu masala yanada keskin qo‘yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo‘lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy mazmunisifatida har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan resurslar, mablag‘lar yoki qilingan xarajatlar o‘rtasidagi nisbattushuniladi.
2. Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o‘zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy subyekt ko‘proq foyda olishga intiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning bosh mezoni haqida ham turlicha fikrlar mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to‘rtinchilari esa qo‘shimcha mahsulot deb ko‘rsatadilar. Biz bu o‘rinda sanab o‘tilgan fikrlarning qaysi biri to‘g‘ri ekanligi haqida batafsil to‘xtolmaymiz, lekin shuni aytish kerakki, ko‘pchilik olimlar tomonidan bozor iqtisodi yotisharoitida samaradorlikning bosh ko‘rsatkichi olingan foydaning xarajatlarga nisbati, ya’ni rentabellik yoki foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb tan olinadi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish samaradorligi olingan foydaning (F)ishlab chiqarishga sarflangan resurslar qiymatiga (I) nisbati bilan aniqlanadi,ya’ni
R’=F/I *100%
bu yerda: R’ – foyda normasi;
I – iqtisodiy resurs sarflari.

  1. – SAVOL

1. Har bir korxona yoki ishlab chiqarish o'rnida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida mahsulot, ya'ni); tovar va xizmatlar vujudga keladi. Lekin bunday korxonalarr soni juda ko'pdir. Masalan, 1999 yil boshida O'zbekistonda ro'yxatga olingan xo'jaliklar soni 188 mingga edi. Yuzaki qaraganda har bir korxonadagi individual ishlab chiqarshsh bir-biridan ajralgan holda mustaqilga o'xshab ko'rinadi. Ammor xilma-xil tovarlar va resurslarning uzluksiz oqimida individual mablag'larning harakatlari bir-biri bilan qo'shilib o'ralib chatishib ketadi. Chunki ayrim olingan individual ishlab chiqaruvchilarning faoliyati va ayrim mablag'lar mahsulotlarning harakati o'zaro bog'langandir. Shu sababli individual mehnatlarning harakati qo'shilib ketishi, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami yaratilishi tovar va xizmatlarning harakatini bildiradi. Demak, ijtimoiy ishlab chiqarish o'zaro bog'langai va aloqada bo'lgan barcha individual ishlab chiqarishlarning yig'indisidir. Har bir individual ishlab chiqarish, uning sarmoyasi va resurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir bo'lagidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya'ni turli omillarning harakati natijasida juda ko'p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo'lgan milliy mahsulot vujudga keladi.
2. Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroiqtisodiy koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymati (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan). Shuningdek, YIMA davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi. YIM ushbu yildagi narxlarning oʻsishini joriy narxlarga (nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi. YIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YIM darajasi yordamida aniqlanadi. 
3. Yalpi milliy mahsulot (YaMM)- millliy xoʻjaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita isteʼmolchilarga borib tushishi mumkin boʻlgan tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat boʻladi.
YaMM milliy Iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmatlar) ning bozor baholaridagi summasi. Joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni toʻldiradi. Yaʼni YAMM xajmini hisoblab topishda zaxiralarning xar qanday oʻsishi hisobga olinishi zarur, chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan yoki sotilmagan) hisobga olinadi.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini toʻgri hisoblab chiqarish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni koʻp marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xoʻjaligining barcha barcha tarmoqlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisini olinadi.

Download 66,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish