Yalpi milliy mahsulot (DAROMAD) — (YAMM yoki YAMD) mamlakatning maʼlum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy koʻrsatkichlaridan biri. YAMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga kelishidan qatʼi nazar) jami yigʻindisini koʻrsatadi. YAMM milliy hisoblar tizimi asosida hisoblanadi.
4. Sof milliy mahsulot - muayyan davr davomi (odatda oy, chorak, yil)da mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumiy yakunlarini tavsiflaydigan koʻrsatkichlardan biri; yalpi milliy mahsulot (YAMM)dan tarkibiga tegishli davrda isteʼmol etilgan asosiy kapital qiymati kiritilmagani bilan farq qiladi. Sof milliy mahsulotm. qiymati milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Nazariy jihatdan olganda Sof milliy mahsulotm xoʻjalik faoliyati natijalarini yalpi ichki mahsulot va YAMMga qaraganda aniqroq hisoblash imkonini beradi, chunki u tegishli davrda yaratilgan qiymatni hisobga oladi. Lekin amaliyotda Sof milliy mahsulotm. hisobkitoblaridan YAMMga qaraganda kamroqfoydalaniladi, bu esa isteʼmol etilgan kapital qiymatini aniq hisoblashning murakkabligi bilan bogʻliq.
5. Qo'shilgan qiymat - bu firmaning sotishi va firma tomonidan qayta ishlanadigan oraliq mahsulotlar va tovarlarni sotib olishlari o'rtasidagi farq. Shuning uchun milliy daromadni hisoblashda faqat qo'shilgan qiymatni kiritishga e'tibor berish kerak.
Oraliq va yakuniy mahsulot. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda oraliq va yakuniy mahsulot ajratiladi.
Oraliq mahsulotni ajratib ko‘rsatish orqali biz ijtimoiy mahsulotning ma’lum bir qismi boshqa iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallanganligini va shuning uchun ishlab chiqarish sohasini bir lahzaga ham tark etmasligini ta’kidlaymiz.
Oraliq mahsulot ishlab chiqarish iste'moli jarayonida yo'qoladi, boshqa iqtisodiy manfaatlar yaratish jarayoniga xizmat qiladi.
Oraliq mahsulot sifatida, masalan, xom ashyo, materiallar, yoqilg'i, elektr energiyasini ko'rib chiqish mumkin. Ammo bunday tanlash mezoni ijtimoiy mahsulotning ma'lum bir qismining moddiy shakli emas, balki unga mos keladigan funktsiya - ishlab chiqarish iste'moli xizmatidir.
Aksincha, yakuniy mahsulot oraliq mahsulotdan farqli ravishda ishlab chiqarish sohasini tark etadi.
6. Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulotga aytiladi.
7. Qo‘shimcha maxsulot yalpi ichki maxsulotning tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun unda mavjud bo‘lgan ikki tomonlama xususiyat, ya’ni qiymat va naflilik xususiyatlari qo‘shimcha maxsulotga ham mansub bo‘ladi, ya’ni qo‘shimcha maxsulot ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘ladi.
– SAVOL
1.Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvdaishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan. Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar – bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnikbuyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko‘rsatkichidir.
2. Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga texnologik yondashuv ham ma’lum bir oqim hisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ko‘lami va tavsifini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish zarur deb hisoblaydilar.Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi. Ular o‘rtasidagi chegaralarni jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik bosqichlari ajratib turadi. Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o‘tish asosan, mehnat vositalarining tavsifidagi o‘zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi. Bular oddiy kooperatsiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish
3. Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- tarixiy-formatsion yondashuv;
- madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi jihatidan yondashuv;
- texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;
- iqtisodiy tizimlar o‘zgarishi jihatidan yondashuv
4. Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish tiplari natijasi sifatida o‘rganish ham muhim o‘rin tutadi. «Sivilizatsiya» so‘zi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolarni anglatadi. Bu tushuncha fanga fransuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt – ikki asr oldin kiritilgan bo‘lib, tafakkur va erkinlik hukmron bo‘lgan jamiyatlarni tavsiflash uchun Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaIshlab chiqarish usuli UstqurmaIshlab chiqarish munosabatlari
Ishlab chiqarish vositalari
- mulkchilik - ishlab chiqarish- taqsimot- ayirboshlash- istе'mol munosabatlari va boshqalar siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy
munosabatlarIshlab chiqaruvchi kuchlarIshchi kuchi100qo‘llanilgan. Umuman olganda sivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi.
– SAVOL
1.Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni i.ch., taqsimot, ayirboshlash va isteʼmol jarayonida paydo boʻladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo boʻlgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yoʻli bilan mustahkamlangan normalar majmui. I.t. doirasida iqtiso-diyot subʼyektlari, i.ch. omillari oʻzaro munosabatga kirishadilar va bu muno-sabatlar maʼlum qonun-qoidalarga bi-noan boshqariladi. I.t. faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir kator vo-sitalar yordamida tashkil qilinadi.
2. Anʼanaviy iqtisodiyot — deyarli hamma mamlakatlar bosib oʻtgan tarixiy tizimdir. U hozirgi davrda ham koʻplab iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda mavjud boʻlib, ularda urf-odatlar, udumlarga, anʼanalarga asoslangan iqtisodiy jarayonlarga amal qiladi.
Ularda natural yoki mayda tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Bu erda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan oʻrnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. Merosxoʻrlik va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turgʻunlik aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular anʼanalar bilan ziddiyatli hisoblanadi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tugʻdiradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi.
3.Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy, aniqrog‘i, davlat mulkchiligining hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan tavsiflanadi. Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi
4. Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim bozor iqtisodiyoti tizimidir. Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi erkin raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti bo‘lib, ba’zi adabiyotlarda uni sof kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo‘lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi.
Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot boʻlib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uygʻunlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir.
5. Aralash iqtisodiyot – hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti modellaridan biri. Aralash iqtisodiyot bozor iqtisodiyotining ri-vojlangan va demokratlashib, insoniy tuc olgan turi boʻlib, AQSH, Angliya va Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarga xos. Aralash iqtisodiyot poliiqtisodiy tizim bulib, ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyoti, kooperativ iqtisodiyot kabi modellardan oʻzining 3 jihati bilan ajralib turadi: a) mul kiy xilma-xillik. Iqtisodiyotda yagona mulk monopo-596liyasiga urin qolmaydi, xilma-xil mulkchilik yonma-yon rivojlanadi.
– SAVOL
1.Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va is-teʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼ-mol buyumlari yaratiladi
2. Taqsimot — ijtimoiy takror ishlab chiqarish.ning muhim boʻgʻini, ishlab chiqarish.ni ayirboshlash va isteʼmol bilan bogʻlovchi munosabatlar tizimi; iqtisodiy resurelar, yaratilgan maxsulot va xizmatlarni, ularning qiymat shakli hisoblangan daromadlarni iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida taqsimlanishiga xos boʻlgan iqtisodiy munosabatlar.
Har bir mamlakat va jamiyatda iqtisodiy tizimning ajralmas qismi hisoblanadigan oʻziga xos T. tizimi boʻlib, unga taqsimlash obʼyekti (resurelar, mahsulot va xizmatlar), taqsimlash subʼyekti — ishtirokchilari, taqsimlash qonunqoidalari, taqsimlashda ishtirok etuvchi vositachi intlar, taqsimotga oid krnunchilik, T. siyosati kiradi.T. ishlab chiqarish hosilasi, biroq u ishlab chiqarish.ga nisbatan passiv boʻlmaydi, aksincha unga faol taʼsir etadi
3. Ayirboshlash (iqtisodiyotda) – kishilarning mehnat faoliyati yoki mahsulotlarini oʻzaro almashtirishlari. A. iqtisodiy faoliyatning bir turi, ish-lab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bogʻlab turuvchi vosita hisoblanadi. A. oʻziga xos maxsus faoliyat turi boʻlib, amaliyotda savdo-sotiqdan iboratdir. Bu faoliyat bilan maxsus kishilar guruhlari shugʻullanadilar. A.ning iqtisodiy aso-sini ijtimoiy mehnat taqsimoti tash-kil etadi, harakteri va shaklini ishlab chiqarish belgilaydi. Oʻz navbatida A. ham ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir koʻrsatadi.A. kishilik jamiyati tarixida ij-timoiy mehnat taqsimoti, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadigan qabilalarning bir-biridan ajralishi tufayli kelib chiqdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar oʻsib, chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadigan qabilalarda tay-yorlangan mahsulotlar ularning oʻz ehtiyojlaridan ortib qoladigan boʻldi, bu qabilalarda oʻzlari ishlab chiqara olmaydigan buyumlarga ehtiyoj oʻsa bosh-ladi
– SAVOL
1.Ijtimoiy mehnat taqsimoti — ijtimoiy mehnatning mustaqil vazifalarni bajaruvchi mehnat turlariga ajralishi, yaʼni mehnat faoliyati turlarining alohidalashuvi. Umuman jamiyatda mehnat taqsimoti asosida faoliyatni ayirboshlash yotadi va har bir mehnat turi aniq bir mahsulotni yoki uning bir qismini yaratishga ix-tisoslashadi. Faoliyat turlari boʻyicha mehnat taqsimotining umumiy, xususiy va yakka koʻrinishlari bor. Umumiy mehnat taqsimoti — jamiyat miqyosida yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, mustaqil yirik sohalarga boʻlinishi (sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport va aloqa, qurilish, xizmat koʻrsatish va h.k.). Xususiy mehnat taqsimoti — xalq xoʻjaligining yirik sohalari ichida tarmoqlarning (qarang x. da dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, sanoatda esa undirma va ishlov berish, ogʻir va yengil sanoat, mashinasozlikda esa avtomobilsozlik, traktorsozlik, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqpar) vujudga kelishi. Yakka mehnat taqsimoti — kouxona, birlamchi xoʻjalik subʼyekti doirasida boʻladigan mehnat taqsimoti boʻlib, bunda alohida bir mahsulot, mahsulotning tarkibiy butlovchi qismlarini i.ch. boʻyicha ixtisoslashgan mehnat turlari ajralib, alohidalashadi
2. Mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardi
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo‘lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo‘lida bo‘ladi. Bunga ijaraga berilgan molmulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishidir. Mol -mulkni o‘zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish – bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi holatlarni erkin tanlash imkoniyati orqali n amoyon bo‘ladi
3. Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan oʻzaro bogʻlangan mamlakatlar oʻrtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Xalqaro savdo munosabatlari qadimda ham mavjud boʻlgan, mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalar milliy davlatlarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, ammo koʻpgina mamlakatlar, soʻngra jaxondagi barcha mamlakatlar savdosini qamraydigan Jahon bozori (uning negizida jahon xoʻjaligi) faqat yirik mashinalashgan industriyaga oʻtish bilan shakllana boshladi va 20-asr boshiga kelib qaror topdi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga oʻtish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi, tashqi savdo u yoki bu mamlakatning ichki taraqqiyotini toʻldiradigan omildan mamlakat xoʻjaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi
– SAVOL
1.Tovar – biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mahsulot.
Tovar (rus.) — 1) ishlab chiqarish.iqtisodiy faoliyatning moddiybuyum shaklidagi har qanday mahsuloti; 2) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldisotdi, bozor munosabatlari obʼyekti. T. bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. T. faqat modsiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, maʼnaviy neʼmatlar va boshqa koʻrinishlarda ham boʻlishi mumkin. T. shaklini olgan mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega boʻlishi, yaʼni bir tomondan, u faqat sotish uchun ishlab chiqarilgan, ikkinchidan, kishilarning bironbir ehtiyojini qondira olishi kerak. Iqtisodiyotda T.ning bu ikki yoqlama xususiyati — isteʼmol qiymati, uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida oʻrganiladi.
T.larning isteʼmol qiymati ularning boshqa tovarlar bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun tovar ishlab chiqaruvchilarni tovarning almashuv qiymati qiziqtiradi. Tovarlarni sotishdagi ularning narx koʻrsatkichi almashuv qiymatini koʻrsatadi. T.ning almashuv qiymati — biror turdagi isteʼmol qiymatning boshqa turdagi isteʼmol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatdir. Tovarlarning almashuv qiymatiga qarashlarda turlicha taʼlimotlar mavjud boʻlib, ulardan biri "qiymatning mexnat nazariyasi" deb nom olgan
2. Naflilik – tovarning kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish layoqati Naflilik — moddiy va maʼnaviy neʼmatlar, tovarlarning oʻz xususiyatlariga koʻra, ehtiyojlarni qondirish xossasi; tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilishdan har bir shaxs ola-digan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy tushunchalaridan biri. N. darajasi — subʼyektiv tushuncha, u shaxsning manfaati, u yoki bu neʼmatga intilishiga bogʻliq. Neʼmatlarning inson uchun muhimligi va ahamiyati ularning inson uchun nafliligiga — ular qondiradigan ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi oʻrniga, darajasi va ahamiyatiga bogʻliq. Har qanday neʼmatlarning N. darajasi uning tabiiy xossalariga, sifatiga bogʻliq.
N. — isteʼmol qilinadigan boyliklarning barcha tarkibiy qismlari boʻyicha nafliligidir. Umumiy N. tovarlar guruhiga daxldor va kishilar talabini tez oʻzgartiradi. Umuman, tovarlar xilma-xil boʻlganda N. pasayishga moyil boʻladi. Tovarlarning naf keltirish xususiyati — isteʼmol etish jarayonida isteʼmolchida qoniqish hosil eta olishi, yaʼni haridorning individual didiga qarab ehtiyojni qondira olishidir. Tovarning naf keltirishi qanchalik yuqori boʻlsa, shunchalik narxning qiymatdan uzilishi ham yuz beradi.
3. Qiymat — bu sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlar xaridorlari va sotuvchilari kelishib olishlari ehtimoli yuqori bo‘lgan narxga tegishli iqtisodiy tushuncha. Qiymat bu fakt emas, balki aniq vaqtda aniq tovarlar va xizmatlarning tanlangan qiymat talqiniga muvofiq ehtimol qilinadigan va hisoblab chiqiladigan kattalik. Qiymatning iqtisodiy tushunchasi baholash sanasida ushbu tovarlar egasi bo‘lgan yoki ushbu xizmatlarning foydalanuvchilari oladigan foydaga bozorning qarashini aks ettiradi. Qiymat baholarini tushunish va qo‘llash uchun qiymatning turi va talqinini aniq ko‘rsatish, shuningdek ularning baholash bo‘yicha topshiriqqa muvofiqligini ta’minlash zarur. Qiymat talqinining o‘zgarishi turli mulk obyektlari uchun qayd qilib qo‘yiladigan qiymat miqdoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
– SAVOL
1.Mehnat unumdorligi - ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi; Mehnat unumdorligi ishlovchining maʼlum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan oʻlchanadi. Mehnat unumdorligi tarmoqlari va korxonalarda mehnat unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi. Yillik mahsulot hajmini oʻrtacha ishlovchilar soniga boʻlish orqali bir ishlovchi hisobiga yaratilgan mahsulot aniqlanadi.Mehnat unumdorligining oʻsishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda mehnat sarfining kamayishi demakdir. Mehnat unumdorligi yuqori boʻlsa, jami-yat har bir xodim hisobiga koʻproq mahsulot tayyorlash, binobarin, oʻzining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish imkoniyatiga ega boʻladi.
2. Tovar qiymatining miqdori, ijtimoiy-zaruriy vaqt deb ataladigan ish vaqti bilan hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko’paytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko’p miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
– SAVOL
1.Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o’trasidagi farq tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag’batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo’yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati ko’proq kafolatlangan deb bo’lmaydi. Chunki ular texnik va tashkiliy jihatdan yangiliklarni ishlab chiqarishga o’z vaqtida qo’llab turmasalar, yuqoriroq samara beradigan ishlab chiqarish usullarini qidirib topmasalar, ma’lum vaqtdan so’ng o’z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin
20 – SAVOL
1.Pulning metallistik nazariyasining rivojlanishida merkantilistik maktab namoyandalarining qarashlari muhim o‘rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini oltin va kumushning tabiiy xossalarida deb bilib, uning tovar mazmunini tan olganlar. Biroq, pulni nodir metallar bilan ayniylashtirish ularning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga noto‘g‘ri baho berish hamda pul fetishizmining rivojlanishiga olib keldi.
2. Pulning nominalistik nazariyasi tarafdorlari metallistik nazariyaga qarshi chiqib, pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o‘zini inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli belgi sifatida qarab, ularning no dir metallar bilan aloqadorligini rad qiladilar. Nominalistik nazariya tarafdorlarining qarashlari o‘rta asrlarda to‘la qiymatga ega bo‘lmagan metall tangalarning muomalaga chiqarilishi bilan paydo bo‘ldi. Ba’zi bir namoyandalar pullar – davlat hokimiyatining mahsuli, shunga ko‘ra faqat davlatgina pullarning qiymatini belgilashi mumkin, degan fikrlarni ilgari surdilar. XX asrning boshlarida, oltin standartning tan olinmasligi, uning bekor qilinishi bilan, nominalistik nazariya yanada rivojlandi.
3. Pulning miqdoriy nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari darajasi hamda pullarning qiymati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni izohlashga asoslangan iqtisodiy ta’limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar va pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o‘zgarishining dastlabki sababidir, degan qoidadan iborat
– SAVOL
1.Pul – bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan, umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir
2. Pulning qiymat o‘lchovi vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib oluvchi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdori teng bo‘lgan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq keladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi. Demak, tovarlarning narxi ularning qiymati, pulning qiymati, talab va taklifning nisbati va boshqa omillarga bog‘liq. Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o‘lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o‘lchovi (masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan narxlar o‘lchovi har qanday o‘lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
3. Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo‘lishi kerak, chunki tovarlarni oldisotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi.
4. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to‘plash vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo‘jalik sharoitida boylik to‘plash, jamg‘arish mahsulot jamg‘arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik to‘plashning pul jamg‘arish shaklini keltirib chiqaradi. Tovar xo‘jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg‘arish uni muomaladan chiqarib olish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo‘sh yotgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo‘lini topishga intildilar
– SAVOL
1.МИЛЛИЙ ВАЛЮТА — муайян давлат (давлат марказий банки) томонидан чиқариладиган валюта. Биринчи навбатда мамлакат ҳудудида, қуввати ва ҳолатига қараб ташқи савдо ва халқаро ҳисобкитоб ишларида қўлланилади
2. Valyuta konvertatsiyasi (lot. conversio — almashtirish), valyuta almashinuvi — mamlakat milliy valyutasining xorijiy valyutalarga yoki xalqaro toʻlov vositasi sifatida amal qiluvchi valyutaga erkin almasMamlakatimizda tovar-pul munosabatlarini takomillashtirish maqsadida bir
Mamlakatimizda tovar-pul munosabatlarini takomillashtirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirildi, jumladan, milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishildi. Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo‘ldi. Chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalari hajmi liberalizatsiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, o‘rtacha 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, davlatimizning oltin-valyuta zaxiralari yil davomida 1,1 milliard dollarga ko‘paydi”
23 – SAVOL
1. Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir
2. Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik.
3. Tadbirkorlik sektori – bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir.
4. Davlat – o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan, iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli budjet tashkilotlari va muassasalarining majmui
5. Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
24 – SAVOL
1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg‘unlashtirishningancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
2. Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir.
Erkinlik — kishining oʻz istagi boʻyicha ish tutishi. Erkinlik tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, vijdon erkinligi, soʻz erkinligi, matbuot erkinligi va hokazo. Erkinlik — boshboshdoqlikni emas, jamiyatdagi muayyan tartibni ifodalaydi. Erkinlik insonning jamiyat oldidagi vazifani bajarishni erkin, ixtiyoriy tanlashidir. Erkinlik insonning siyosiy, maʼnaviy taʼqibdan, zoʻravonlikdan himoyalanganligini bildiradi. Erkinlik oʻz baxtini oʻzi yaratish vositasi boʻlib, insonning oʻzligini anglash darajasini ifodalaydi.
3.