O’yinli ta’lim faoliyati nomi: Atrofdagi olam bilan tanishish, elementar matematika, nutqni rivojlantirish



Download 2 Mb.
Sana21.06.2022
Hajmi2 Mb.
#688292
Bog'liq
Dilfuza mashg\'ulot



O’yinli ta’lim faoliyati nomi: Atrofdagi olam bilan tanishish, elementar matematika, nutqni rivojlantirish.
O’yinli ta’lim faoliyatining mavzusi: Go’zal bahor.
O’yinli ta’lim faoliyatining maqsadi:
Ta’limiy maqsad: Bolalarni bahor fasli haqidagi bilimlarini kengaytirish; tabiat xodisalari, qushlar, o’simliklarni bahoriy o’zgarishlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash; ranglar, shakllar va fazoviy tasavvurlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash.
Korreksion maqsad: Nafasni to’g’ri qo’llashni, artikulyatsion apparat harakatchangligini rivojlantirish. Ichki va tashqi nutqni shakllantirish. Lug’at zahirasini to’ldirish va faollashtirish. Mantiqiy fikrlashga o’rgatish. Bog’lanishli nutqni rivojlantirish. Qo’l mayda motorikasini va yirik motorikani rivojlantirish. Diqqat, xotira, nutq, tafakkur, xayol, sezgi, idrok, tasavvurlarini rivojlantirish.
Tarbiyaviy maqsad: Bolalarda bahor go’zalliklarini ko’ra bilishni, undan zavqlanishni, jonli va jonsiz tabiatni asrashni, go’zallikni o’z qo’li bilan yaratishni, mehnatsevarlikni tarbiyalash.
Kerakli jixozlar: A.K.T. bolalar uchun mavzuga xos quyosh, bahoriy liboslar. Bulut va yomg’ir tomchilarini qirqma shakli, o’tloq va gullar manzarasi uchun gullar, maysalar, gullagan o’rik daraxti maketi, molbert, mevalar tasvirlangan kartochkalar, doira shakllari tasvirlangan vatmin qog’ozi, laylak xaykali va patlar, guldastalar uchun savatchalar, anhor maketi, landshaft uchun rangli toshlar, ko’zacha va gullar.

Foydalanilgan usullar: B.B.B. aqliy xujum, suxbat, o’yin, savol javob, klaster, venn diagrammasi, triz.


O’yinli ta’lim faoliyatini borishi:
Bolalar musiqa sadolari ostida kirib keladilar.
Defektolog: Salom senga bahorjon, hush kelding elimizga. Sovuqni quvib chunon, zavq berding dilimizga.
Assalomu alaykum bolajonlar. Mana bugun biz o’yinli ta’lim faoliyatini boshlaymiz. Qaranglar, guruhimizga mehmonlar kelishibdi. Kelinglar salomlashib olamiz.
Bolajonlar o’lkamizga qanday fasl kirib keldi? (bahor fasli)
Bahor faslida tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi? (shamol esadi, yomg’ir va do’l yog’adi, quyosh chiqadi.

Defektolog: Bolajonlar nimagadir quyosh ko’rinmayapti. Osmonga qaraylikchi. Nimalarni ko’ryapmiz? Bulutlar nima qilishyapti? Chapdan o’nga suzishyapti.
Kelinglar yomg’ir haqida qo’shiq aytib, tomchilarni chaqiramiz. Bilasizmi, yomg’irdan so’ng quyosh chiqadi (bolalar “yomg’ir yog’aloq” qo’shig’ini aytadilar. Motorikani rivojlantirish).
Davraga musiqa sadolari ostida quyoshjon kirib keladi. Quyoshjon: Oppoq qorni eritib, soy oqar to’lib suvga. Quyoshni yaqin etdik, osmon ham to’ldi nurga.
Bolalar quyosh haqida qo’shiq kulaydilar. (quyoshjon)
Defektolog: Bolajonlar quyosh kirib kelishi bilan tabiat ham uyg’ondi. Quyoshjon bilan sayrga chiqamizmi?(parda ochiladi)
Defektolog: Bolajonlar tevarak-atrofga nazar tashlaylikchi, qanday go’zal manzara. Qani aytingchi, nimalarni ko’ryapsiz?
(maysalarni, gullarni). Maysalar qanaqa rangda ekan? Gullarni nomini bilasizmi? Ranglari qanaqa ekan?(sensorikani rivojlantirish)
Bolalar gul haqida she’r aytadilar.
Chuchmoma, moychechaklar, yo’limizda ochildi.
O’riklar oppoq gullab, hidi har yon sochildi.
Defektolog: Bolalar kelinglar, shu gullardan “guldasta” yasaymiz. (bolalar gullarni terib guldastalar yasashadi. mayda motorikani rivojlantirish).

Bolalar diqqat bilan qaraylikchi, yana nimalarni ko’ryapmiz? (daraxtni). Bu qanday daraxt ekan? ( gullagan o’rik daraxti). Qanday yoqimli xid. Kelinglar birgalikda xidlaymiz. (nafas mashqi. Nafasni to’g’ri qo’llashni rivojlantirish).

Orik daraxti sabzavot yoki meva? (meva) Mevasi qanaqa shakilda bo’ladi? (doira, oval shaklida). Kelinglar hozir sizlar bilan doira shaklidagi mevalarni ajratib mana bu doira ichiga qo’yamiz (mantiqiy fikrlash “Shakliga qarab qo’y”).

Defektolog: Bolalar bu qanaqa qush? (laylak). Voy laylakni patlarini kimdir yulibdi. Kelinglar laylakni patlarini yopishtiramiz
Bolalar qushlar haqida she’r aytadilar.
Qushchalar sayrab- sayrab, shohdah-shohga qo’narlar.
Yulduz kabi balandlab, keng samoni qucharlar.
Defektolog: Bolajonlar qahday yoqimli ovoz. Mana bu erda anhor bor ekan. Nimani ovozini eshityapsiz? (qurbaqani) Qurbaqa qanday ovoz chiqaradi?(vaq- vaq). Qanday chiroyli hasharotlar. Nomini bilasizmi? (asalari, ninachi,kapalak). Asalarilar bizning do’stlarimiz. Ular bizga asal yig’ib beradilar. Asal yig’ishayotganda qanday ovoz chiqaradilar? (vzz-vzzz). (ovoz kuchi, eshituv diqqati, art.apparatni rivojlantirish).
Bolajonlar anhor bo’yida gullar, rangli toshlar bor ekan. Kelinglar birgalikda “Landshaft”yasaymiz(motorikani rivoj-rish).
Defektolog: Quyoshjon sehga pahmat. Tabiatni uyg’otib, bolalarni quvontirding.
Quyoshjon: Endi menga ruxsat berasizlar. Er yuzining boshqa joylariga ham borib, tabiatni uyg’otay. (quyoshjon hayrlashib chiqib ketadi).
Defektolog: Bolajonlar bugungi sayirimiz sizlarga yoqdimi? Judayam yaxshi. Mashg’ulot tahlili, bolalarni ragbatlantirish. Qani bo’lmasam mehr go’shamizga borib faoliyatlarimizni davom ettiramiz.




Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish