Qadimgi arab kalendari kIassik Oy kaIendari hisoblanadi. Arabiston yarimorolida Oy taqvimiga asos solingan va takomillashtirgan paytdan qadimgi arab kalendarining tarixi boshlanadi. Bu milodimizgacha bo'lgan I ming yillikka to'g'ri keIadi. MiIodimizning I ming yiIligi o'rtalarida (V asrlar atrofida) Oy kalendaridan Oy-quyosh kalendariga o'tish boshlanadi.
Arab kalendari
Oy kalendarini Quyosh yili bilan moslashtirish uchun vaqt o'tishi bilan qo'shimcha o'n uchinchi oy «nasi» va ba'zan yilning oxirida besh yoki olti kundan iborat qo’shimcha kunlar qo'shiIgan. Lekin aniq embolistik oy tizimi kiritilmagan. Arab kalendarining keyingi rivojlanishida Oy-quyosh sistemasini rasmiylashtirish islom dini paydo bo'lishi biIan to'xtab qoIdi.
Arab kalendari
Arab kalendari
ArabIar 200 yiIga yaqin vaqt davomida Oy-quyosh kalendaridan foydalandilar. Islom dinida Oy taqvimi asosini buzish taqiqlandi. VII asrning o'rtalariga kelib arablar yana o'zlarining klassik Oy kaIendariga qaytdilar. Qadimgi arab kalendari deyarIi o'zgarishlarsiz bizgacha saqlangan. Qadimgi arab Oy yili o'n ikki oydan iborat bo'lgan.
Bir qancha xalqlarda, ayniqsa, musulmon Sharqidagi mamlakatlarda qadimgi arab oy sistemasi hisoblashlari miIliy va diniy ruh olgan. Bu tizim natijasida tuziIgan kalendarlar bir qancha Yaqin va O'rta Sharq mamlakatIarida hozirgi vaqtgacha qo'llanilib kelmoqda. Oy kalendari uzoq vaqt O'rta Osiyo va Kavkazda, shuningdek, tatar va boshqirdlarda keng tarqaIgan.
Bugungi kungacha arab kalendarida oy nomlari ikki marta o'zgargan. Abu Rayhon Beruniy «Qonuni Mas'udiy» asarida qadimgi arab kalendaridagi oy nomlarini keltirib o'tadi.
1.AI-mu'tamir. 7. AI-asamm.
2.Nojir. 8.Odil.
3. Xavvon. 9.Nofiq.
4. Suvon. 10.Vog’il
5. Xatnam. 11.Nodiq.
6. Zabbo. 12.Burak.
Bugungi kungacha ishlatilib kelinayotgan arab kalendari oy nomlari:
1.Muharram.
2. Safar.
3. Rabi ul-avval.
4. Rabi ul- soniy.
5. Jumodu-I-avval.
6. Jumodu-s-soniy.
7. Rajab.
8. Sha'bon.
9. Ramazon.
10.Shavvol.
11. Zulqa'da.
12. Zulhijja.
Arab kalendari
Oylar navbat bilan «to'liq» (30 kun - toq son) va «to'liq bo'lmagan» (29 kun - juft son) oylarga bo'linadi. Yillar oddiy yil (354 kunlik) va kabisa yili (355 kunlik) joriy qilingan. Kabisa yilida qo'shimcha kun yil oxiriga, ya'ni 12 oyga «zu-I-hijja»ga qo'shiIgan. Islom dini qo'shimcha kunlarni joriy qilishni taqiqlagan. Arab kalendarida oyning o'n beshinchi kunigacha masalan, Muharramning o'ninchi kuni, Rajabning o'n to'rtinchi kuni, keyin esa Rajabgacha o'n to'rt kun, Rajabgacha besh kun tarzida hisoblanib keladi, ya'ni oyning birinchi o'n besh kuni oyning boshidan, keyingi o'n besh kuni esa uning oxiridan hisoblanadi. Beruniy qadimgi arab haftalari nomlarini ham keltirib o'tadi: