Borning birinchi postulatiga ko‘ra, atom yoki molekulalar sistemasi ayrim stasionar holatlarda turg‘un bo‘lib, bu holatlarda energiya siljishi En ham diskret, ham uzluksiz qiymatda bo‘ladi.
Bu energiyaning ixtiyoriy o‘zgarishida sistema bir stasionar holatdan ikkinchisiga sakrab o‘tadi.
Ikkinchi postulatiga ko‘ra. Atom yoki molekula sistemasi, bir stasionar holatdan ikkinchi stasionar holatga o‘tganda Yorug‘lik to‘lqinini yutadi yoki chiqaradi. Bu o‘tishlarda hosil bo‘lgan elektromagnit nurlanish monoxromatik bo‘lib, uning chastotasi quyidagi formula bilan aniqlanadi (1-rasm).
(2)
Spektroskopiyada energiya sathi, yoki energetik holat degan tushuncha mavjud. Buni quyidagi rasmda oson ko‘rsatish mumkin. Eng pastki sath asosiy yoki normal holat, qolganlari esa uyg‘ongan holat deyiladi (2- rasm).
1- rasm 2-rasm
(2) ifodaga Borning chastotalar sharti yoki nurlanish bilan bog‘liq bo‘lgan mikrojarayonlar uchun energiyaning saqlanish qonuni deyiladi.
(1) va (2) formulalar spektroskopiyaning asosiy ifodalari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |