Parhez, diyeta — miqdori, kimyoviy tarkibi, kaloriyaliligi (quvvati) va pishirib tayyorlanishi jihatidan maxsus tanlangan ovqat ratsioni, sogʻlom kishilar hamda bemorlarga moʻljallangan ovqatlanish rejimi. Parhezda organizmning oziq-ovqatlarga boʻlgan fiziologik ehtiyoji qondiriladi. Bemorlarga Parhez buyurilganda moddalar almashinuvi yoki biror aʼzo funksiyasi buzilgan boʻlsa, uning faoliyatini tiklash koʻzda tutiladi. Buning uchun baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari maxsus usullar bilan kayta ishlanadi. Yara kasalligi, kolit, yogʻ bosish va boshqa kasalliklarda Parhez keng qoʻllanadi. Kasallikning davri, boskichi va fazasiga qarab, Parhezning bir necha varianti tavsiya etiladi. Kasalxonada davolanayotgan bemorga vrach kam ovqat yeyiladigan kunlar (mas, 1—2 kun) belgilaydi. Bu kunlarda bemorni ataylab qisman och qoʻyish uchun alohida ratsiondan foydalaniladi. Oʻz bilgicha Parhez tanlash yomon oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin. Hozirgi kunda aksariyat kasalliklar parxez qilish ovqalj davolanmoqda. Parhez bilan davolash, diyetoterapiya — baʼzi kasalliklar (gastrit, enterit, kolit, yara kasalligi, jigar, buyrak xastaliklari va boshqalar)ni davolash va oldini olish maqsadida par-hezdan foydalanish. P. bilan d. dori-darmonlar va boshqa davo vositalari bilan birga qoʻllanadi. P. bilan d. qadimdan maʼlum, ammo uning ilmiy asoslari faqat 19-asrning 2yarmida ishlab chiqiddi, bunda rus olimlari I. P. Pavlov va I. M. Sechenov yaratgan fiziologik qoidalarning ahamiyati katta boʻldi. P.bilan d.ning asosiy prinsiplari: ovqatlanish ratsioni, rejimi va masalliqni pishirish usulini belgilashda individual yondashish; kasallikning harakteri, bemorning axvoli va organizmning oʻziga xos xususiyatlari, ovqatning miqsor va sifat jihatdan mutanosib boʻlishi, bemorga kasalligi tufayli biror oziq modda yoki ovqat mahsulotini berib boʻlmaydigan yoki cheklab qoʻyiladigan xrllarda ratsionni oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlar birmuncha muvofiq keladigan qilib belgilashdan iborat. Shuning uchun P. bilan d. faqat vrach maslahatiga muvofiq hamda uning ku-zatuvi ostida olib boriladi. Kam ovqat yeyiladigan kunlar buyurish, oson singadigan ovqat hisobiga uning sifatini cheklash, ovqatlanish rejimini oʻzgartirish, masalliqlarga maxsus pazandalik ishlovi berish usullari P.bilan d.da keng qoʻllanadi. Bunda ovqat ratsioni shifobaxsh va toʻyimli boʻlishi, shuningdek, organizmning vitaminlar, mikroelementlar va biologik faol moddalarga boʻlgan ehtiyo-jini toʻla qondirishi lozim.
To‘g‘ri, ovqatlanish borasida intizomga amal qilish har doim ham oson kechmaydi. Och qolgan odamning oyoqlari uni fri kartoshkasi tomon yetaklaydi. Biroq likopchangizga tushayotgan mahsulotlarning sifatiga 100 foiz ishonch hosil qilish yo‘li bitta: buning uchun taomni o‘zingiz tayyorlashingiz zarur.
Bundan tashqari, uyda ovqat tayyorlash tarkibida nosog‘lom qo‘shimchalar bo‘lgan sevimli taomlardan voz kechmaslik imkonini beradi. Masalan, salatlardagi mayonez o‘rniga yogurt-hantalli qayla, kolbasa o‘rniga pishirilgan tovuq, margarin o‘rniga esa o‘simlik yog‘i yoki sariyog‘ ishlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |