14.11.2022
Mavzu: Parxez ovqat, Davolash profilaktik ahamiyati
Reja:
Ovqatlanish maromi
Shifoxonalarda parxez ovqatlanish
Umumiy ovqatlanish tizimida, parxezli ovqatlanish
K irish
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida inson salomatligini asrash, oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor xalqimizning uzoq umr ko‘rish ko‘rsatkichini oshirishda muhim omil bo‘layotir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni izchil davom ettirishda muhim dasturilamal vazifasini o‘tamoqda.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ovqatlanish gigiyenasi bo‘yicha bosh mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori, professor Anatoliy Xudoyberganov bilan O‘zA muxbirining suhbati to‘g‘ri ovqatlanishning inson salomatligida tutgan o‘rni, bu boradagi milliy qadriyatlar va zamonaviy tamoyillar, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida bo‘ldi.
– To‘g‘ri ovqatlanish uzoq umr kechirishning muhim omilidir. Buyuk ajdodlarimiz bu xususda ko‘plab qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino ta’limotida bu masalaga alohida e’tibor qaratilgan. Ulug‘ allomaning asarlarida qayd etilishicha, tansihatlikning asosiy tadbiri parhezdir.
Bugungi kunda buyuk ajdodimiz o‘gitlarining ahamiyati tobora ortib borayotir. Kam harakat, me’yoridan ortiq taom iste’mol qilish, pala-partish ovqatlanish ko‘plab tibbiy-ijtimoiy muammolarga sabab bo‘layotir. Buning oldini olish tibbiy-profilaktika xizmatini yanada rivojlantirish, ilm-fan izlanishlarini takomillashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini yanada kengaytirishni taqozo etmoqda.
Mamlakatimizda ushbu sohadagi vazifalarni hayotga tatbiq etishning mustahkam tashkiliy-huquqiy mexanizmi yaratilgan. Sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnik bazasi takomillashayotgani diagnostika va davolash ishlari sifatini oshirish, tibbiy-profilaktika xizmatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda. Oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, atrof-muhit musaffoligini saqlash, xalqimizni yurtimizda yetishtirilgan ekologik sof, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Ushbu referatda tog’ri va parxezli ovqatlanish tartibi haqida fikr yuritamiz.
1.Ovqatlanish maromi.
To'g'ri ovqatlish, parxez qilish, ovqatlanish maromi, sog'lom ovqatlanish juda oddiy. Afsuski ularga hamma ham rioya qilavermaydi. Mazkur printsiplar - och qolish, holdan toydiruvchi parhez degani emas, biroq oshqozon yarasi, pankreatit, xolesistit va semirib ketishdan ogohlantiruvi oddiy qoidalar. Aytilgan kasallaiklar esa, organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatib, diabet, infarkt va insultga sabab bo‘lishi hech gap emas (darvoqe, bu kasalliklarga istalgan yoshdan chalinish mumkin).
Yuqorida sanalgan muammolarga duch kelmaslik va och qolib ketmasdan, to‘g‘ri ovqatlanish uchun quyidagi qoidalarga amal qiling:
Do'stlaringiz bilan baham: |