Awqatlaniw gigienasi Har bir inson o’zi uchun to’g’ri ovqatlanish tartibini yaratishi lozim va bu tartib
o’zda ertalab barvaqt uyg’onish, badantarbiya bilan shug’ullanish, har kuni bir vaqtda nonushta
qilish va nonushtada oqsilga boy ozuqalarning yetarlicha bo’lishi, kunning birinchi yarimida
jismoniy, ikkinchi yarimida aqliy mehnat bilan mashg’ul bo’lish, tushlikni ham har kuni bir vaqtda
qilish va tushlikning energiya manbaiga, yetarlicha yog’ mahsulotlariga boy bo’lishi, kechki
ovqatning esa yengilroq bo’lishi kabi shartlarni mujassam qilsa, aynni muddao bo’ladi.
To’g’ri ovqatlanishni tashkil qilish
Ovqatlanishni to’g’ri rejalashtirishda ikkinchi ovqatlanish ham ahamiyatga ega. Tushlik va kechki
ovqatlanishdan 1-2 soat oldin yengil taomlanish ham organizmga foydalidir. Bunda oqsilga boy
mahsulotlarni tanovul qilish ayni muddao.
Kunlik ovqat tarkibida oqsillarning ahamiyati
Oqsillar ovqatning eng muhim tarkibiy qismidir. Ovqatda oqsillar yetishmasa, organizm yuqumli
kasalliklarga koʻproq moyil boʻlib qoladi, qon hosil bo’lishi susayadi, oʻsib kelayotgan organizmning
rivojlanishi sekinlashadi, nerv sistemasi, jigar va boshqa aʼzolar faoliyati buziladi, ogʻir
kasalliklardan keyin hujayralarning tiklanishi qiyinlashadi, shuningdek, ratsionda oqsillarning
ortiqcha boʻlishi ham organizmga ziyon. Ovqatlanishning Oʻzbekistonda qabul qilingan fiziologik
meʼyorlarida ratsiondagi umumiy kaloriyalarning 14% chasi oqsillar hisobiga qoplanadigan boʻlishi
tavsiya etilgan.
Oqsilga boy mahsulotlar
Kunlik ovqat tarkibida uglevodlarning ahamiyati
Uglevodlar. Normal hayot faoliyati uchun zarur energiyaning yarmidan koʻprogʻini odam organizmi
uglevodlardan oladi. Nerv sistemasi, muskullar, yurak, jigar va boshqa aʼzolar faoliyatida uglevodlar
muhim rol oʻynaydi.
Oʻsimlik mahsulotlarida organizmni energiya bilan taʼminlab turadigan uglevodlar bilan birga oziq
hisoblanmaydigan uglevod — kletchatkalar ham boʻladi. Kletchatka taxminan 25% miqdorida
oʻzlashtirilib, ovqat ratsionida energiya manbai sifatida amaliy ahamiyati yoʻq. Biroq u ichakning
normal ishlashiga yordam beradi: ichak devorlariga taʼsir etib, ularni harakatga keltiradi — ichak
peristaltikasini qoʻzgʻatadi. Kletchatkasi yoʻq ovqat yeyilganda peristaltika susayib ich ketishi
mumkin.
Uglevod manbaalari
Kunlik ovqat tarkibida yog’larning ahamiyati
Yogʻlar organizmni energiya bilan taʼminlab turadigan tayyor yonilgi materialidir; ular organizm
tomonidan oqsillar, baʼzi mineral tuzlar, shuningdek, yogʻda eriydigan vitaminlarning normal
oʻzlashtirilib borishi uchun ham zarur.
Ovqat bilan birga qabul qilinadigan yogʻlar organizmda qisman yogʻ zaxirasi hosil qilishga sarflanadi.
Yogʻlarga boʻlgan ehtiyojning qondirilishi yogʻning turi va sifatiga bogʻliq. Hayvon va oʻsimlik
yogʻlari bir-birining oʻrnini bosa oladi. Ovqat ratsionidagi yogʻlar meʼyori odamlarning yoshi, mehnat
faoliyati va iqlimiy xususiyatlarga qarab belgilanadi. Oʻzbekiston aholisi uchun taklif etilgan ovqat
meʼyorlarida kaloriyalarning 30% ini yogʻlar hisobiga qondirish koʻzda tutilgan. Sutkalik ovqat
ratsionidagi yogʻlarni normalashda har 1000 kkal ga 35 g yogʻ moʻljallanadi.
Ovqat ratsioniga kiradigan yogʻlarning sifat tarkibi maʼlum ahamiyatga ega. Ovqatga har xil hayvon,
parranda va baliqlar yogʻi, shuningdek, oʻsimlik moyi qoʻshish foydali. Kunlik ratsionda 70—85 g cha
hayvonlar yogʻi (shulardan, 40 grammi tabiiy holda, qolgani har xil oziq-ovqat, tabiiy mah-sulotlar
tarkibida) boʻlishi lozim. Ovqat ratsioni tarkibiga baʼzi yogʻsimon moddalar — xolesterin va letsitin
ham kiradi. Ovqatlanish gigiyenasi - gigiyenaning bir tarmogʻi, sogʻlom odamning toʻfi va bekamu
koʻst ovqatlanish muam-molarini oʻrganadigan fan. Uning mustaqil boʻlimi — diyetologiya bemorlar
ovqatini oʻrganadi va parhez ovqatlar tarkibini ishlab chiqadi. Goʻdaklnk davridagi ovqatlanishni
oʻrganish ham O.g .ning mustaqil boʻlimidir. O.g . odamning ovqatlanishini jins, yosh, kasb, mehnat
harakteri, jismoniy zoʻriqish, iklim sharoiti, milliy va boshqa xususiyatlari, turli hududlardagi aholi
ovqatining miqdori va sifat tomonlariga bogʻlab oʻrganadi va kishilarning meh-nat sharoitiga qarab
oziq moddalarga ehtiyojini belgilab beradi.
Ovqatlanish gigiyenasi korxonalarining jamoalari, maktablardagi, maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalar va boshqa muassasalarning bolalar jamoalari uchun ratsional ovqat ishlab chiqish, umumiy
ovqatlanish va ovqat sanoati korxonalarida oziq-ovqat masalliklarini zararli moddalar qoʻshilishidan
saklashga doir taʼsirli sanitariya nazorati usullarini ishlab chiqish, ovqatdan boʻladigan toksikoin-
feksiyalar va intoksikatsiyalarttg ol-dini olish tadbirlarini ishlab chiqish, ovqat sanoati, savdo va
umumiy ovqatlanish korxonalarini loyihalash, qurish va ishga tushirishni profilaktik sanitariya
nazoratiga olish, yangi sanoat tovarlarining vaqtincha texnika shartlari va davlat andozasiga mos
ishlab chiqishda qatnashish O.g .ning amaliy vazifalaridir.
O.g . oʻz tadqiqotlarida kimyo, mikrobiologiya, fiziologiya, stomatologiya, iklimshunoslik va boshqa
fanlarning ilmiy maʼlumotlariga tayanadi.
OʻzRda O.g . sohasidagi i.t.larni respublika diyetologiya markazi, ToshTIning ovqatlanish gigiyenasi
kafedralari, shuningdek, sanitariya-gigiyena i.t. instituti, lab.lari va boʻlimlari, don, goʻsht va sut,
konserva va sabzavot quritish, konditer sanoati va boshqalarning nazorat tarmoklari olib boradi.[1]
Tananing gigienasi haqida hamma biladi. Ovqatlanish gigienasi haqida-chi? Ushbu tushuncha oziq-
ovqat mahsulotarini saqlash, tayyorlash va iste’mol qilishning bir qator qoidalarini o’z ichiga oladi.
Ovqatlanishda gigienik bo’lish va zaharlanish yoki ifloslanish ehtimolini oldini olish nimani anglatishi
haqida batafsil bilib oling.Ovqatlanish gigienasi gigiena fanining kichik bo’limidir. Bu oziq-ovqat
mahsulotlarining inson salomatligi va rivojlanishiga ta’siri, organizmning to’yishi natijasida yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarni oldini olish, iste’mol qilinadigan oziq-ovqatning foydasini
oshirish va insonning jinsiy, yosh va konstitutsion xarakteristikasidan kelib chiqib uning ovqatlanish
xususiyatlarini o’rganadi.
Aynan «ovqatlanish gigienasi» yo’nalishining rivojlanishi natijasida shifobaxsh va to’g’ri
ovqatlanishni o’rganadigan dietologiya kabi fan yuzaga kelgan.
Ovqatlanish gigienasining asosiy talablari:
Sutkalik ratsionning energetik qiymati va kun davomida energiya sarfi miqdori tengligi (sarf miqdori
kishining yoshi, jinsi, turmush tarzi va kasbiga bog’liq).
Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat proportsiyalari va organizmning xususiyatlari mos kelishi.
Ovqatlanishning asosiy komponentlari (oqsil, yog’lar va uglevodlar) nisbati o’rtacha 1 : 1 : 4 bo’lishi
kerak, ko’p jismoniy faollikda 1 : 1 : 5, aqliy faoliyat mehnat bilan shug’ullanuvchilarda 1 : 0,8 : 3.
Sog’likka zarar keltirmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish (kimyoviy moddalar va
boshqalarsiz).
Ovqatlanishlarni kun davomida taqsimlash — optimal variant 4-5 soatlik intervallar bilan kuniga 4
marta ovqatlanish. Bunda nonushta sutkalik ratsionning 25 foizini, tushlik — 35%, ikkinchi tushlik —
15% va kechki ovqat — 25 foizini tashkil etishi kerak.
Sanitariya-epidemiologiya normalari nuqtai nazaridan ovqatlanishning bexatarliligiga rioya qilish.
NIMA SABABDAN OVQATLANISH GIGIENASIGA RIOYA QILISH MUHIM?
Atrofimizdagi dunyo, shu jumladan iste’mol qiladigan taomlar, biz uchun doimo foydali va xavfsiz
bo’lmasligi mumkin bo’lgan ko’p sonli mikroorganizmlar bilan to’la. Ularning aksariyati agar buning
uchun qulay sharoitlar mavjud bo’lsa ko’payishi va kuchli zaharlar ishlab chiqarishi mumkin, bu
zahar oziq-ovqat bilan birgalikda organizmga tushganda inson salomatligiga juda salbiy ta’sir
ko’rsata oladi. Bunday mikroorganizmlar bakteriyalar, achitqi zamburug’lari va mog’or hisoblanadi.
Mog’or zamburug’i atrof muhit qulay bo’lganda (issiq, qorong’i, nam va h.k.) oziq-ovqat
mahsulotlarida hosil bo’lishi mumkin. Mog’or zamburug’lari organizmga kirganda kuchli oziq-
ovqatdan zaharlanishga olib kelishi mumkin. Achitqilar tarkibida namlik va shakar bo’lgan oziq-
ovqatlarda ko’payishi mumkin. Ularning organizmga kirishi organizmga xush kelmaydi.
Zararli bakteriyalar oziq-ovqat sifatini buzadi va buning natijasida ham zaharlanish yuzaga kelishi
mumkin. Ular inson organizmiga quyidagi yo’llar orqali kirishi mumkin:
Yuvilmagan qo’llar;
Iflos sirt;
Iflos suv;
Kuyish va jarohatlar;
Uy (va nafaqat) hayvonlari va boshqalar.
OVQATLANISH GIGIENASI QOIDALARI QANDAY?
Oziq-ovqat gigienasiga qat’iy rioya qilishga qaror qilsangiz, quyidagi tavsiyalarni bajaring:
Meva va sabzavotlarni yuvish;
Mahsulotning yaroqlik muddatiga e’tibor berish;
Faqat qaynatilgan suv ichish;
Qo’llarini yaxshilab yuvish;
Ovqatni qo’llar bilan yemaslik va ovqatlanayotganda barmoqlarni yalamaslik;
Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda tez-tez ishlatiladigan buyumlarni (pichoq, sanchqi va
hokazo) dezinfektsiyalab turish;
Chiqindilarni oshxonadan o’z vaqtida chiqarib turish;
Ovqatlanayotganda shoshilmaslik;
Ovqatni yaxshilab chaynash;
Ovqat paytida suyuqlik ichmaslik;
Ovqatni avval suyuqroq taomlardan boshlab, yakunida quyuqroq taomlar bilan tugatish;
Har kuni bir xil vaqtda ovqatlanish;
Faqat to’g’ri ishlov berilgan mahsulotlarni (termal va h.k.) iste’mol qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |