Ovqat hazm qilish a'zolarining tuzilishi va vazifasi
Ovqat hazm qilish sistemasi og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, me'da, o'n ikki barmoq ichak, ingichka va
yo'g'on ichaklar hamda oshqozon osti bezi va jigar kabi organlardan tashkil topgan (4-rasm).
Lablar. Yuqori va pastki lablar muskullardan iborat bo'lib, ular og'izning kirish qismini hosil qiladi. Lablar
juftlashganda og'izning kirish qismi yopiladi.
Og'iz bo'shlig'i ovqat hazm qilish sistemasining boshlang'ich qismi bo'lib, unda tishlar, til va so'lak bezlarining
kanalchalari joylashgan. Og'iz bo'shlig'ida oziq moddalar aksariyat fizik va qisman kimyoviy o'zgarishlarga
uchraydi (5, 6-rasmlar).
Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Tishlar ikki xil bo'ladi: sut tishlari - 20 ta, doimiy tishlar - 32 ta. Sut
tishlari bolaning
Do'stlaringiz bilan baham: |