TAYYORLADI_
Tovushning studiyadagi bunday asta-sekinlik bilan tinishi (so‘ngsado) reverberatsiya deyiladi. Reverberatsiya vaqti degan tushuncha ham mavjud. Studiyada tovush energiyasi qancha kam sarflansa, u shuncha ko‘p hukmron bo‘ladi. Tovushning tinishi bino hajmi, uning o‘lchovi, devorlarini qoplagan mato, shift va pol tarkibiy xususiyatiga shuningdek, studiyani to‘ldirgan tinglovchilar, ijrochilar va turli xil buyumlarga bog‘liqdir. Masalan, silliq bo‘yalgan devorlar, rom, parket, sayqallangan (polirovkalangan) mebel singari jihozlar yaxshi tovush qaytaruvchi manbalar sanaladi. Gilam, yumshoq mebel, pardalar esa yaxshi tovush yutgichlar hisoblanadi. Odamlarning kiyimlari ham tovushlarni yutish xususiyatiga ega. Studiyada ijrochilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, tovush shunchalik tez so‘nadi.Reverberatsiya vaqti katta bo‘lgan binolarda nutqning aniqligi yo‘qolib, musiqa nisbatan keng va fazoviy jaranglaydi.
Ovoz tez so‘nuvchi studiyalarda nutq va musiqa nisbatan bo‘g‘iq eshitiladi, chunki ovoz o‘zining tabiiy jilosi va jarangini yo‘qotadi.
Ovoz yozish studiyalari
Musiqa va nutq yozuvlari uchun ajratilgan binolarda alohida talablar qo‘llanilib ish yuritiladi.Ma’lumki, bino akustikasi sadolanish me’yoriga ahamiyatli darajada ta’sir etadi. Bu vaziyatni studiyadagi tinglovchi (yoki mikrofon) ga eshitiluvchi, nafaqat tovush manbayidan taralgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovush to‘lqinlari, balki studiyaning devorlari, shift va poli hamda u yerda joylashgan turli buyumlardan qaytgan tovushlarning ham ahamiyatli ta’siri orqali tushuntirish mumkin. Shu bois ham manba o‘chirilgan zahoti tovush sadosi tinib qolmaydi, balki u ushbu binoga xos bo‘lgan muayyan vaqt ichida mavjud bo‘lib turadi.
Odatga ko‘ra qoidaga binoan studiyaning derazalari bo‘lmaydi, faqat apparat xonasi va studiyani ajratib turuvchi qo‘sh qavat oyna bundan mustasnodir.
Sanitariya, ventilyatsiya va elektr jihozlari shovqin paydo qilmasliklari lozim. Shu bois, ular rezinali amortizator va alohida ovoz yozish mikrofon xonalarda yig‘iladi.
Ventilyatsion kanallardagi shovqinni tovush so‘ndirgich materiallar va akustik filtrlar yordamida yo‘qotiladi.
E’tiborga olish joizki, studiyadagi muayyan sharoit yoxud katta akustik darajada rezonanss ya’ni, jarangdorlik hodisasi ro‘y berishi mumkin. Bunda deraza, deraza oynalari, panellar va boshqa turli jihozlar tebranishi natijasida o‘zidan ovoz chiqarishi, ya’ni, jaranglab ketishi mumkin. Shuning uchun deraza romlari va alohida buyumlarni zichlab mahkamlash joiz.
Past chastotalarni yutuvchi moslama 5-10 sm qalinlikdagi 5- 6 mm diametrdagi aylana teshikli, bir-biridan 25-40 mm masofada joylashgan qattiq perforirlangan mato qoplangan teshiksimon yutgich qatlamini tashkil etadi.
Yuqori chastotalarning tovush to‘lqinlari, perforirlangan yuzaga tushib, unda aks etadi va tovush yutuvchi qatlamning ichidagi faqat teshiklari mavjud bo‘lgan joylardangina o‘tadi. Boisi, teshiklar maydoni konstruksiya (moslama)ning umumiy maydoniga nisbatan kichikroq bo‘lib, bunda yuqori chastota ahamiyatsiz darajada yutiladi. Past chastotalar esa difraksiya sabab to‘siqlarni aylanib, teshiklarga o‘tib ketadi va u yerda so‘nadi.
Tovushni yanada kengroq yoyish uchun, tovush hamda aks-sado turib qoluvchi to‘lqinlarning bir joyga yig‘ilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun perforir (o‘zaro ulangan, ulama) plitalar, turli xildagi moslamalar, yarim-ustunlar, panellar ko‘rinishidagi konstruksiyalar qo‘llaniladi. Studiya poliga gilam va to‘shamalar solinadi.
Ta'kidlash joizki, har bir yozuv studiyasi boshqa mumkin bo'lgan raqobatchilar orasida uni ajratadigan o'ziga xos xususiyatga ega bo'lishi kerak. Bunday holda, u janrlarda ixtisos bo'lishi mumkin. Ishni davom ettirishdan oldin tadbirkor Ochiq studiyada qaysi janrni yozib olishni rejalashtirishi kerak: jazz, rok, Chanson, Rep, jonli vosita yoki elektron musiqa. Muayyan uslubda siz quvvatingizni o'zgartirishingiz kerak. Barcha uslublarni bir vaqtning o'zida yozib bo'lmaydi yoki yozuv juda yomon bo'ladi. Mutaxassisligi mijoz turiga to'g'ri kelishi kerak. U qayd etilgan yozma studiyani klub partiyasi o'ziga aylantirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |