Guruh taktikasi.
Futbol matchi davomida yuzaga keladigan taktik vazifalarning ko‘pchiligi kombinatsiyalar vositasida hal etiladi. Kombinatsiya – bu muayyan taktik vazifani hal etayotgan ikki yoki bir necha o‘yinchining harakatlari bo‘lib, butun o‘yin kombinatsiyalar va unga qarshi harakatlar zanjiridan iborat. Bunda kombinatsiyalar oldindan trenirovkalar vaqtida tayyorlab qo‘yilgan va tayyorlab qo‘yil-magan, ya'ni matchning o‘zi davomida yuzaga kelgan bo‘ladi.
Kombinatsiyalarning ikkita asosiy turi bor, deb hisoblanadi: standart holatlardagi kombinatsiyalar va o‘yin epizodi davomidagi kombinatsiyalar.
Standart holatlardagi kombinatsyalar. Bunday holat-lardagi (to‘pni yon chiziqning narigi tomonidan tashlab berish, jarima to‘pni tepish, erkin to‘p tepish, darvozadan tepish paytidagi) kombinatsiyalar o‘yinchilarni maydon zonalarida kombinatsiyani amalga oshirish uchun eng qulay qilib joylashtirib olish imkonini beradi.
Yon chiziqning narigi tomonidan to‘p tashlab berish-dagi kombinatsiya. Birinchi variantda to‘pni o‘z komandasida saqlab qolish ko‘zda tutiladi. Ikkinchi variantning maqsadi esa o‘yin-chini zarba berish pozitsiyasiga olib chiqishdir
Burchakdan to‘p tepishdagi kombinatsiyalar. Birinchi variant – to‘pni jarima maydoniga oshirish. To‘p, odatda, yuqorilatib uzatiladi, bunda futbolchi to‘pni darvoza tomonga qayirib (to‘p darvoza to‘riga bevosita borib tushadigan hollar ham bo‘ladi), yoy bo‘ylab uchadigan qilib
burab tepishga harakat qiladi.
Kombinatsiyalar manyovr qilish va uzatishlar yordamida amalga oshirilishi yuqorida aytilgan edi.
Uzatish taktikasi. Futboldagi hamma uzatishlarni mazmuniga binoan quyidagi tarzda tasniflasa bo‘ladi:
Nimaga mo‘ljallanganiga qarab: a) oyoqqa borib tushadigan; b) yugurib borishga – himoyachilar orqasiga, bo‘sh joyga; v) zarba berishga; g) «chala» – o‘z darvozasi tomonga yoki maydonning ko‘ndalangiga – ochilgan sherigiga; d) g‘izil-latib.
Masofaga qarab: a) qisqa (5-10 m); b) o‘rtacha (10-25 m): v) uzoq (25 m dan ortiq).
Yo‘nalishga qarab: a) uzunasiga; b) ko‘ndalangiga; v) diagonaliga.
Traektoriyasiga qarab: a) pastlatib; b) tepalatib; v) yoy bo‘ylab.
Ijro usuliga qarab: a) sekingina (aniq mo‘ljallab); b) burama; v) orqaga.
Ulgurishga qarab: a) vaqtida; b) kechikib; v) barvaqt.
Hujum qilayotganlar xilma-xil uzatishlar ishlatish natijasida himoyachilarni goh oldinga chiqib (ko‘ndalangiga uzatganda), goh qanot tomonlarga yaqinlashib (uzunasiga uzatganda) harakatlanib yurishga majbur qiladilar, shu-ningdek, hujum yo‘nalishini tezlik bilan qanotdan-qanotga o‘tkazib (uzoq joyga diagonaliga uzatganda) o‘ynaydilar.
Ikki kishilik kombinatsiyalar. Quyidagi kombinatsiya turlari ikki sherik o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikka kiradi: «devor», «kesishuv» va «to‘p uzatish».
«Devor» kombinatsiyasi himoyachi bilan kurashni sherik yordamida yutib chiqishning eng samarali usuli hisoblanadi. Buning mohiyati shundan iboratki, to‘pni boshqarayotgan o‘yinchi sherigiga yaqinlashib kelib (yoki sherigi yaqinlashib kelganda), to‘satdan unga to‘p uzatib yuboradi-da, o‘zi maksimal tezlikda himoyachining orqasiga o‘tib ketadi. «Kesishuv» kombinatsiyasi (to‘pi bor o‘yinchi bilan uning sherigi ro‘paramaro‘para kela turib, uchrashuv nuqta-
sida to‘pni sherigiga qoldirib ketadigan hamkorlik) ko‘proq maydon o‘rtasida yoki jarima maydoni bo‘sag‘asida qo‘llaniladi.
«To‘p uzatish» kombinatsiyasi ko‘pincha vaqtdan yutish maqsadida qo‘llaniladi. Kombinatsiyaning mohiyati shunda-ki, to‘p yetib kelgan o‘yinchi uni moslab turmay, sherik-laridan biriga yuboradi.
Uch kishilik kombinatsiyalar. Quyidagi kombinatsiya turlari uch sherik o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikka kiradi: «to‘pni tegmay o‘tkazib yuborish», «joy almashuv» va «bir tegishdayoq uzatib o‘ynash».
6-rasm. «Joy almashish» kombinatsiyasi
«Joy almashuv» kombinatsiyasi. Bu juda samarali kombinatsiya bo‘lib, uning asosiy maqsadi – sherigi bunga qarshilik ko‘rsatayotgan raqibni ergashtirib ketganidan keyin, o‘yinchi uning zonasiga o‘tish hisobiga raqiblarni yutib chiqishi kerak.
6-rasmda «joy almashuv» kombinatsiyasi ko‘rsatilgan. O‘ng qanot himoyachisi hujumga qo‘shiladi.
«To‘pni tegmay o‘tkazib yuborish» kombinatsiyasi qanot hujumlarini bevosita raqiblar jarima maydonida tugallashda muvaffaqiyat bilan qo‘llaniladi..
«Bir tegishdayoq uzatib o‘ynash» kombinatsiyasi uchta sherik o‘rtasida ham, ikki sherik o‘rtasidagi prinsiplar asosida bajariladi. Farq faqat shundaki, endi to‘p boshqaboshqa yo‘nalishlarda uzatilishi mumkin bo‘ladi
Kombinatsion o‘yin yuzasidan umumiy ko‘rsatmalar
Trenirovkalar vaqtida kombinatsiya tuzilmasini, uning mazmuni, bajarish prinsiplarini o‘zlashtirib olish kerak.
Taktik kombinatsiya individual taktik tafakkur bilan guruhda bir-birini tushunishning, ya'ni o‘zaro hamkorlikning sintezi hisoblanadi.
Futbol uchrashuvi boshdan-oyoq oddiy, o‘ynab tobiga yetkazilgan va amalga oshirishda ko‘p o‘yinchilar ishtirok etadigan, murakkab, ko‘p yurishli taktik kombinatsiyalardan iborat.
Kombinatsiyalarning turli variantlarini o‘rgana-yotganda, ilgari o‘rganilgan biron kombinatsiyaning qanchalik ko‘p qismi yangi o‘rganiladigan kombinatsiyaga qo‘shilsa, uni o‘zlashtirish shunchalik oson va tez bo‘lishini yodda tutish lozim.
Kombinatsiyalarni amalga oshirishda komandadagi sheriklarning chalg‘ituvchi harakatlari alohida ahamiyatga ega bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |