Otm nomi: Toshket Davlat Iqtisodiyot Universiteti



Download 74,5 Kb.
bet1/4
Sana21.05.2022
Hajmi74,5 Kb.
#606085
  1   2   3   4
Bog'liq
DTM-57 Анарбаев Фахриддин Мустақил иш


OTM nomi: Toshket Davlat Iqtisodiyot Universiteti
O'quvchi F.I.O: Anarbaev Faxriddin Batirovich
Ta'lim yo'nalishi: Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Fan nomi: Statistika
Dars turi: Mustaqil ish
Мустақил иш саволлари
1. Statistik kuzatish usullari
2. Statistika fanining nazariy-huquqiy asoslari
3. O'zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan biznes sub'ektlari soni(hududlar va faoliyat yo'nalishi bo'yicha)

1. Statistik kuzatish usullari.
Statistikada tasodifiy, tipik, mexanik va seriyalab tanlash usullari mavjud. Bu usullar mazmuni tanlab kuzatish mavzusida yoritiladi.
Boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab, statistik kuzatish bevosita kuzatish, hujjatli, savol-javob usullarida amalga oshiriladi.
Bevosita kuzatishda kuzatuvchi o’rganilayotgan to’plam birliklarini birma-bir ko’rib, sanab, tortib va o’lchab, keyin ro’yxatdan o’tkazadi. Hujjatli usulda esa kerak bo’lgan ma’lumotlar faqat maxsus hujjatlardan olinadi. Savol-javob usulida kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib, olingan javoblar kuzatish varaqasiga yoziladi. Bu usulda so’raluvchidan hech qanday hujjat talab qilish mumkin emas. Bu usulga aholi ro’yxatini misol keltirish mumkin. So’roq-javob usuli o’z navbatida uchga bo’linadi: og’zaki usul; o’z-o’zini qayd qilish usuli; korrespondentsiya usuli.
Og’zaki usulda, kuzatish organlari tomonidan maxsus tayyorlangan shaxslar kuzatilayotgan shaxslarga og’zaki savol berib javob oladilar. Olingan javoblar varaqaga yozilib, keyin umumlashtiriladi.
O’z-o’zini qayd qilish usulida kuzatuvchi maxsus tayyorlangan so’rov varaqasini kuzatuvchilarga tarqatadi va ma’lum vaqtdan so’ng to’ldirilgan varaqalarni yig’ishtirib oladi. Bu usulda savollarga javobni kuzatilayotgan shaxslarning o’zi beradi va o’z qo’li bilan savol varaqasini to’ldiradi. Zarur bo’lgan ma’lumotlarni ixtiyoriy korrespondentlar orqali ham to’plash mumkin. Bunga misol Germaniyada chorrahalarda ixtiyoriy valanterlar turib (kamida uch kishi) yo’l qoidasini buzgan haydovchilar haqidagi ma’lumotlarni politsiya xodimlariga yuborishlarini keltirish mumkin. Oxirgilari esa haydovchilarga nisbatan chora belgilaydilar. Ularni o’zaro uchrashuvi ta’minlanmaydi. Valantyorlarga to’la ishoniladi.
Statistik kuzatishni tashkil qilish va uni o’tkazishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yilsa, statistik kuzatish natijalarining samaradorligi pasayadi. Shuning uchun ham bu murakkab ishni boshlashdan oldin har tomonlama muhokama va ekspertiza qilingan kuzatish rejasini tuzish zarur. Statistik kuzatish rejasi dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalarni o’z ichiga oladi.
Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilardan tashkil topadi: kuzatish maqsadi va vazifalari; kuzatish dasturi; kuzatish ob’ekti va birligi; kuzatish formulyari va yo’riqnoma.
Har bir ishni bajarishdan oldin, uni nima uchun bajarayapmiz o’zi, maqsad nima?degan savollarga javob bo’lishi kerak. Bu tamoyil statistik kuzatishga ham to’liq tegishli. Demak, aniq va tushunarli bo’lmagan maqsad va vazifalar belgilansa, statistik kuzatish jarayonida keraksiz ma’lumotlarni to’plab, kerakli ma’lumotlar qolib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Maqsad va vazifalar aniqlangandan so’ng kuzatish dasturi tuziladi.

Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish