Dunyoning ishlari - Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam – onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Faqat ba’zilarining ismi o‘zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog‘langan.
- Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir-biriga juda o‘xshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag‘ishlanadi aziz Onajonlar!
Muallif Dunyoning ishlari - Ehtimol, sizda ham shunday hollar bolgandir: tun yarmidan oqqanda birdan uyg‘onib ketasiz. Shiftga tikilib yotaverasiz, yotaverasiz... Avvaliga chiqillab turgan soat ham bora-bora tinib qolgandek boladi. Uy jimjit, deraza jimjit, qorong‘i osmon jimjit. Hatto shamol ham qilt etmaydi. Shu qadar og‘ir sukunat cholcadiki, quloqlaringiz shang‘illab ketadi. Zildek yuk ustingizga yopirilib, vujudingizni yerga mixlab tashlaydi; tanho, ojiz bir narsaga aylanib qolasiz. Go’yo butun dunyo bir taraf-u siz o‘zingiz bir taraf... Shunday paytda mening ko‘z o‘ngimda to‘satdan onam paydo boladi. Qorong‘i xonaning bir burchidan chiqib keladi-da, ma’yus jilmaygan ko’yi boshim ustiga egiladi. Yillar zahmatidan dag‘al tortgan barmoqlari bilan peshonamni silagandek boladi... O ‘pkam tolib, o‘zimni tutolmayman. Birdan tush kabi uzuq-yuluq xotiralar yopiriladi, yuragim gursillagancha o‘rnimdan turib ketaman.
Dunyoning ishlari - E’tirof- “O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarini qissa emas doston deb atashni istar edim. U qo’shiqday o’qiladi, uni o’qib turib o’z onalarimizni o’ylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onlarimiz oldidagi bir umr uzib bo’lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan andisha, bir savol ko’z oldimizda ko’ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi”
O’zbekiston qahramoni: Said Ahmad. - “O’tkir ! “Dunyonig ishlari” ni o’qib suyunib ketdim. Birdan lov etib boshlangan ijoding kelajagi porloq boladi, qissa juda sof, samimiy, iliq, tabiiy, rohat bilan o’qiladi”.
Abdulla Qahhor. Dunyoning ishlari - 1983- yil “Dunyoning ishlari” qissasi uchun Oybek nomidagi adabiy mukofot bilan taqdirlandi.
- “Dunyoning ishlari” qissasi asosida ishlangan film yillar davomida “zangori ekran”da 30 martaga yaqin namoyish qilindi.
- Jizzax viloyati G’allaorol tumanidagi quruvchi mamatqul Egamov adirda artesian qudug’i qazib “Dunyoning ishlari” asari sharafiga “Onalar bo’g’i” ni yaratdi
- “Dunyoning ishlari” qissasi “ONALAR” haqidagi eng yaxshi asarlardan biri!
E’tiboringizdan xursandmiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |