Otkir hoshimov



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/38
Sana03.12.2022
Hajmi2,74 Mb.
#878373
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
/* * * * ■
www.ziyouz.com kutubxonasi


— Voy!
Anvar M uqaddam ning birdan ch chib ketganini, 
hurkib boshini ichkari tortganini ko ‘rdi. Ikkovi bir-bir- 
lariga tikilib qolishdi. Anvar bir qarashdayoq uning rangi 
o ‘chib ketganini, eshik tutqichidan ushlab turgan q o ‘li 
titraganin i sezdi. S h u n d an keyingina un ing anch a 
oriqlab, qorayib qolganini, ko ‘zlarida aw algi shodlik 
uch q u n lari y o 'q l gini payqadi. M u q ad d am boshiga 
kapron ro ‘m ol tashlab, guldor xalat kiyib olibdi.
Cham asi, u A nvardan k o ‘ra ilgariroq o ‘ziga keldi. 
Yuziga iliq bir qizillik yugurdi-da, jilm ayib salom berdi.
— Keling.
U eshikni lang ochib, ikki qadam orqaga chekindi.
— Keling, — dedi yana sekingina.
Shu topda A nvarning ko ‘zi uning tugm alari ochiq 
xalatiga tushdi. “ Ikkiqat ekan!”
Qiziq, A nvar o ‘zida hali hech sezilm agan ajib bir 
yengillik his etdi. Elu odam o ‘ziga butunlay begona ekan- 
ligini, kerak ham cmasligini butun vujudi bilan birdani- 
ga tushundi-yu, qalbida hozirgina qayta lovillagan o ‘t 
to ‘satdan s ndi. U qandaydir loqayd, xotiijam b o ‘lib 
qoldi.
— A lim ardon qayerda? — dedi bosiq ovoz bilan.
M uqaddam ham uning ko ‘nglidan kechganlam ing
ham m asini birdan tushundi shekilli, yana jilm aydi. Bu 
tabassum sevgili kishisiga em as, k proq singilning akasi- 
ga qarashiday erkin, sokin edi.
— K onsertda edilar...
— Shanba kun: to ‘yga boringlar.
Anvar M uqaddam ning chehrasida b ir lahza g‘am 
soyasiga o ‘xshash allaqanday hayrat paydo b o ‘la boshla- 
ganini payqab oldi. A m m o shu ondayoq u yana jilm ay- 
di.
— Tabriklaym an...
A nvar bu yerda uzoq turm asligi kerakligini bilib, 
tezgina xayrlashdi-da, j o ‘nab qoldi. U M uqaddam
orqasidan tikilib turganini bilar, shuning u ch u n qayrilib 
qaram as edi. A nchadan keyin eshikning taraqlab yopil- 
ganini eshitib, o ‘girilib qaradi. O stona bo ‘m -b o ‘sh edi.
— Ikkiqat ekan... — u yuragining yarasiga m alham
topilganidan shod boMgandek, yana bir bor pichirladi.
Shivalab yom g ir yog‘a boshladi. H avoda tuproq isi
www.ziyouz.com kutubxonasi


gurkiradi. U Q onqus b yiga kelganda yom g‘ir tezlashib 
ketdi. Qishloq o ‘zgacha tus olgan b o ‘lsa ham anh or 
o ‘zgarm abdi. Qirg‘oqda h am on o ‘shanday qam ishzor 
shovullab yotar, suv ham on jim gina oqar edi. A nhor 
bo ‘yidagi tollar ham joyida turibdi. Faqat bittasining kat- 
takon shoxi sinib tushib bir uchi suvga osilib qolibdi. 
T o ‘lqinlar g‘ira-shira zulm at q o ‘ynida tol shoxlariga 
urilib shovullaydi, yom  ir tom chilari anhorga unsiz 
shivillab tushadi.
A nvar yom g‘irdan sirg‘anchiq boMib ketgan yakka- 
c h o ‘p ustida anchagacha suvga tikilib tu rd i-d a , avaylab 
yurib, narigi sohilga o ‘tib oldi. Oxirgi m arta anhorga 
qarab q o ‘ydi-da, tez-tez yurib ketdi.
* * *
A lim ardon ta ’bi tirriq b o ‘lib keldi. M ashinasini hov- 
liga olib kirdi-da, o ‘rtadagi sem ent m aydonchada to ‘xta- 
tib, yerga tushdi. Yozlik shiypon peshtoqidagi chiroqni 
yoqdi. Rezinka ichakni vodoprovod jo ‘m ragiga ulab, 
m ashinani yuva boshtadi.
Yom g‘ir shivatab yog‘ar, ust-boshi shalabbo bo‘lib 
ketgan, nafasi qisar, am m o o ‘jartik bilan rezinka ichakni 
q o ‘yib yuborm asdi.
— Loaqal palto kiyib olsangiz-chi, sham ollab qolasiz!
A lim ardon xotinining tovushini eshitib, burilib qara-
di. M uqaddam bir tavaqasi ochilgan deraza oldida eriga 
achinib qarab turardi. U o ‘tgan safar q o ‘rqib qolgani 
uchunm i, endi bo ‘yida boMganidan beri o ‘zini ayniqsa 
ehtiyot qilar, ishdan ham b o ‘shagan edi.
— Paltongizni olib chiqaym i? — dedi u ham on dera- 
zadan qarab turarkan.
— Kerakmas! — A lim ardon rezinka ichakning uchi- 
ni qattiq qisdi. Suv tizillab otilib, m ashina eshigiga 
yopishgan loyni yuvib tusha boshladi.
D eraza tavaqasi ohista yopildi.
— Bilganini qilmaydimi! — pichirladi M uqaddam
o ‘kinch bilan. U divanga borib o ‘tird i-d a, chala qolgan 
kashtasini tika boshladi. U o ‘zini alahsitishga, ko‘nglida- 
gi g‘am soyasini haydashga harakat qilardi.
M ana, to ‘ydan buyon ikki yil o ‘tibdiki, shu azob. 
A lim ardon ham isha u aytganining teskarisini qiladi. Bir

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish