“NAVOIY”
“Qofiya”, “Hoshiya”, “Shamsiya” kitoblari qanday kitoblar?
J.: Madrasada o‘qitiladigan kitoblar
“Arabiyot” qanday kitob?
J.: Arab tili qoidalari kitobi
Yosh jihatdan eng kattasi — hujra sohibi ...bo‘lib, chuvak yuzini dag‘al qora soqol bosgan, payvasta quyuq qoshli, har vaqt yarim yumuq ko‘zli, past bo‘yli, chamasi qirq yoshdagi kishi edi. Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Aloiddin Mashhadiy
...o‘z zamonasining eng peshqadam mudarrislarida o‘n yillab dars olgan bo‘lsa ham, biron ilmda o‘zini yorqin ko‘rsata olmagan kishi kim?
J.: Aloiddin Mashhadiy
U she’rning turli navlarida qalam yuritadi. Tunlarni uyqusiz kechirib, devon tartib qilgan; muammoda o‘zini yagona bo‘lmasa-da, har holda eng chapdastlardan hisoblaydi. Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Aloiddin Mashhadiy
...asabiy, jizzaki, sezgir shaxs; arzimagan narsaga kishidan ko‘ngli qoladi. U kimdan ranjisa, o‘sha soatda bir hajv ila o‘z “dushman”ini so‘z balchig‘iga shunday bulg‘aydiki, o‘qirkan, eng chirkin hid burqib turadi. Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Aloiddin Mashhadiy
Shuhrat, iltifot qidirgan shoir shohlarga bo‘lmasa-da, beklarga, vazirlarga, hatto bulardan quyiroqdagilarga ham qasidalar yozib taqdim etadi. Savodsiz bekni
“jomi ul-ilm”, “xazinai-maoniy”, “fuzalo va shuaro homiysi” deb yuksaltiradi.
Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Aloiddin Mashhadiy
Ikkinchi mullabachcha hirotlik o‘rta hol oilaga mansub ..., qaddi-qomati nozik, xushmuomala, xushsuhbat, havoyi tabiatli yigirma-yigirma bir yashar yigit edi.
Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Zayniddin
Madrasa ahli orasida o‘zining husnixti bilan mashhur deb ta’riflangan yigit kim?
J.: Zayniddin
...yaxshi kuylaydi, g‘ijjakni go‘zal chaladi ...asilzoda, sohibi davlat talabalarning va Hirotdagi bekzoda, vazirzodalarning kechki bazmlariga, yig‘inchoqlariga borib, kuyi, sozi bilan o‘ltirishni qizitib, qornini to‘ydirar edi.
Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Zayniddin
shahrisabzlik, do‘ng peshonali, miqti gavdali, o‘tkir yirik ko‘zli o‘n sakkiz yashar yigit ?dots
Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Sultonmurod
Shahrisabzlik mashhur sangtarosh ustaning o‘g‘li kim?
J.: Sultonmurod
O‘qimishli, jonkash-jafokash onaning tarbiyasida ulg‘ayib, dastlab o‘z shahrida, so‘ngra Samarqandda tahsil ko‘rib, nihoyat, qarindoshlarining yordami bilan Hirotga kelib, bu madrasaga joylashgan edi.
Ushbu kishi kim?
J.: Sultonmurod
Diniy ilmlardan tashqari, riyoziyot, ilmi nijum, mantiq, adabiyot va hokazolarda keng, pishiq ma’lumot kasb etgan edi.
Ushbu kishi kim?
J.: Sultonmurod
U yo‘g‘on, chorpaxil gavdali, dakkamdukkam qizg‘ish mo‘ylabli; keng, qoramtir yuzining yonoqlari bo‘rtgan; qisiq ko‘zlari ayyorcha beqaror; ... egnida qo‘pol eski po‘stin, boshida qunduzi qalin katta bo‘rk...
Ushbu kishi kim?
J.: To‘g‘onbek
Kimlarning ismiga Tarxon so‘zi qo‘shib ishlatilgan?
J.: Podshohdan alohida huquq va imtiyozlar olgan aslzodalarning
...dadasi Feruzbek qaysi bir saharda dom-daraksiz g‘oyib bo‘ldi...
Ushbu Feruzbek kimning dadasi?
J.: To‘g‘onbekning
O‘n yetti yoshdan boshlab Movarounnahrda, Xurosonda, Dashti Qipchoqda, Iroqda, va umuman, bir vaqtlar Amir Temurning qilichiga tobe bo‘lgan bir ko‘p mamlakatlarda qaynoq siyosiy kurashlarga, uzluksiz qo‘zg‘olonlarga, fitnalarga boshi bilan sho‘ng‘idi. Baxt, shon-shavkat qidirib, o‘zini o‘tga-cho‘qqa urdi.
Ushbu kishi kim?
J.: To‘g‘onbek
Chig‘atoy-o‘zbek sultonlari, turkman beklarining ostonalarini yaladi. Har qaysisida bir muddat xizmat qildi: aldadi, aldandi; taladi, talandi.
Ushbu kishi kim?
J.: To‘g‘onbek
Kim Aloiddin Mashhadiy bilan do‘s t tutinadi?J.: To‘g‘onbek
... u uchqur otda chaqmoqday yonib, janglarda qilichbozlik qilishni, o‘qyoy otishdagi kuchi va mahorati bilan barchani tong qoldirishni, qal’alarga bosqin yasashni, tog‘day yuksalgan qo‘rg‘onlarga botir yigitlar bilan birga shotilar qo‘yib, hoy-huy, arosat solishni, sahroyi xalqning qishlovlariga o‘t qo‘yib, minglab qo‘ylarni o‘lja haydashni sevadi.
Ushbu kishi kim?
J.: To‘g‘onbek
Qaysi asarda bf “Aqlli, o‘qimishli odamlar xor-zor bo‘lib, johillarning aziz bo‘lgani dunyoda ko‘p ko‘rilgan hodisadir” degan mazmundagi forscha she’riy bayt keltirilgan?
J.: “Navoiy” romanida
“So‘fi so‘g‘on yer, topilsa yo‘g‘on yer” iborasi kimning tilidan aytilgan?
J.: To‘g‘onbekning
Qaysi qahramon Hirotning halvofurushi ham,kabobpazi ham shoir ekaniga kinoya bilan ishora qiladi?
J.: To‘g‘onbek
O‘zi halvofurush bo‘lgan shoir kim?
J.: Mavlono Turobiy
Oyoqda turib shoirning yangi g‘azali yoki qaisdasini, cholg‘uchining yangi maqomini tinglar, Hirotning ko‘cha yigitlari bilan ularning tilida, ruhida bir nafas hangomalashar; mudragan semiz qassobning qornini, xasis baqqolning pachaq tarozisini, havoni yangratib qichqirgan novvoyning nonini bittadan bayt aytib hajv etar...
Ushbu kishi kim?
J.: Zayniddin
Qaysi asarda “Hirot dunyodagi hamma shaharlarning ko‘zi va chirog‘idir. Jahon bamisoli badan bo‘lsa, Hirot unga nisbatan jondir” degan mazmundagi forscha she’riy bayt keltirilgan?
J.: “Navoiy” romanida
. .. cho‘qqi soqol, yelkasi chiqiq chol... u o‘ttiz hunarda yagona: naqqoshlik va zargarlikdan to sartaroshlikkacha, kimyogarlik va muqovachilikdan to xodimlikkacha nodir odam. Ushbu kishi kim?
J.: Usta Orif Buxoriy
“... erka o‘sgan, ziynatli hayotning lazzatiga, may, musiqiy olamining yoqimli, orombaxsh hislariga berilgan yigitcha” deb ta’riflangan qahramon kim?
J.: Mirzo Yodgor
Kim “Davlat ishlariga tadbirli ayol va umuman, bilimdon, oqila” deb ta’riflangan?
J.: Poyanda Sultonbegim
Jurjon hokimi kim?
J.: Zohid Tarxiy
Kim “Chorpaxil, beso‘naqay” deb ta’riflangan?
J.: Islim Barlos
Kim “Oz so‘zlovchi, sodda bahodir” deb ta’riflangan?
J.: Zunnun Arg‘unbek
Burong‘or so‘zi nimani anglatadi?
J.: “Qo‘shinning o‘ng tomoni”
Jurong‘or so‘zi nimani anglatadi?
J.: “Qo‘shinning so‘l tomoni”
G‘ol so‘zi nimani anglatadi?
J.: “Qo‘shinning o‘rta qismi”
Barq so‘zi nimani anglatadi?
J.: “Chaqmoq, yashin”
Mirzo Yodgorning sardori kim?
J.: Amir Ahmadali
“Yetti otning ustidan sakrab o‘tganligi bilan dong chiqargan, chittakday yengil, chaqqon, qarchig‘ayday olg‘ir” deb ta’riflangan qahramon kim?
J.: Badriddin
Maxsus posbonlar boshlig‘i kim?
J.: Shirim qorovul
Alisher Navoiyning sadoqatli navkari kim?
J.: Boboali
Haqiqat olomon tarafidadir. Haq so‘zni aytgan og‘izlarni qonatmoq emas, haqiqat tamalini qulatmoqqa ko‘tarilgan qo‘llarni kesmoq zarur.
Ushbu hikmat manbasi qaysi asar hisoblanadi?
J.: “Navoiy” romani
Yoshligidan boshlab dunyodan etak silkib odamlardan uzoqda, vahshiy tosh maskanida ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan mashhur darvesh kim? J.: Bobo Xokiy
”Sakson yoshlarga yetgan, chillakday oriq, ingichka va yelkasi turtib chiqqan” deb ta’riflangan kishi kim?
J.: Bobo Xokiy
“... uchi zanglagan bir nayzani olib, g‘ordan tashqari chiqdi va uni nayzaboz jangchilarday tutib, ko‘zlarida g‘azab yongan holda Hirot tomonga o‘qtaldi, dushmanni sanchganday, uch marta havoni sanchdi-da, Husayn Boyqaro qo‘liga tutqazdi”.
Ushbu parchada tasvirlagan kishi kim?
J.: Bobo Xokiy
Mirzo Yodgorni kim asir oladi?
J.: Navoiy boshliq Boboali va bir dasta sarbozlar 19. “Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” deb biladigan qahramon kim?
J.: Alisher Navoiy
Tarabxona so‘zining ma’nosi nima?
J.: Bazm qilinadigan joy
Hirotdagi qaysi imoratni Bobur “shiringina imorattur” deb ta’riflagan?
J.: Tarabxonani
Husayn Boyqaro saroyi pahlavonlarining engzo‘ri va mohiri kim?
J.: Muhammad Sayid
Husayn Boyqaro kimga Pahlavoni olam degan laqab bergan?
J.: Muhammad Sayidga
Kim ham pahlavon, ham shoir, ham musiqachideb ta’riflanadi?
J.: Muhammad Sayid
Qaysi voqeani Muhammad Sayid “Ko‘hna
Xuroson tarixining oltin sahifasi” deb, Xo‘ja Afzal esa “El baxtining tug‘ilgan kuni” deb ta’riflaydi?
J.: Alisher Navoiyning muhrdorlikka tayinlanganini
Dastlab parvonachi lavozimida bo‘lgan kishikim?
J.: Majididdin
Kim qimorboz deb ta’riflangan?
J.: Amir Mo‘g‘ul
Kim “Har vaqt yasanib-tusanib, tovusday tovlanib yuradigan, sersavlat, ayyor” deb ta’riflangan?
J.: Nizomulmulk
“Hammaning ko‘zi qilichini hassa kabi yerga qadab, tepaga ko‘tarilayotgan shoirda edi”.
Ushbu parchada tasvirlangan shoir kim?
J.: Alisher Navoiy
Alisher Navoiy o‘z muhrini Husayn Boyqaroyorlig‘ining qayeriga bosadi?
J.: Barcha mulozimlar muhrining eng pastiga 30. Kim “Xuroson olimlari orasida ilmdan eng benasibi, lekin eng mutakabbiri. U ilm dunyosiga yolg‘iz shallaqilik bilan kirgan” deb ta’riflangan?
J.: Mavlono Shahobidin
Kimning nutqida turkiy va forsiy shoirlar o‘zaro taqqoslanib “sopalak tosh bilan Badaxshon la’li va aqiqi boshqa-boshqa narsadir” taqqosi qo‘llanadi?
J.: Mavlono Shahobiddinning
“Hammalaringiz Chorsu orqasidagi bizning chapdast temirchilar ko‘chasidan o‘tgansizlar, ularning “taraq-turug‘i” quloqlarga mix qoqqandan battar azob berur. O‘zbek g‘azallarini tinglaganda ham ayni azobni his eturmen!”.
Ushbu parcha kimning nutqidan olingan?
J.: Shoir Binoiyning
3. Alisher Navoiy kimga “shogirdlaringizning ko‘ngliga ma’rifat ishqini solg‘aysiz, moldavlat uchun ilmingizni solmangiz. Inson uchun ko‘ngilning sofligi, boyligi kerak” deb nasihat qiladi? J.: Sultonmurodga
“Gulning to‘ni qirq bo‘lsa ham, u
guldir!”
Ushbu hikmat qaysi asardan olingan?
J.: “Navoiy” romanida
“Ilm ko‘mig‘liq xazina emas, jonli daraxtdir, o‘smog‘i, gullamog‘i, meva bermog‘i kerak!”
Ushbu hikmat qaysi asardan olingan?
J.: “Navoiy” romanida
Alisher Navoiyning dovyurak, tadbirkor, o‘rnikelsa, xavf-u xatarga tik qaray biladigan shaxs ekani qaysi voqeada yaqqol ko‘zga tashlanadi?
J.: Yodgor Mirzo qarorgohiga yolg‘iz borishga jazm qilganida
Charosga rang kirib qoldi. Oftob qizdirgan dala yo‘lida chap qo‘lini shohi qiyiq bilan bo‘yniga osib olgan yigirma yoshlardagi bir yigit sog‘ qo‘li bilan velosipedini yetaklab kelmoqda. Qaysi asar ushbu parcha bilan boshlanadi?
J.: “Hijron kunlari”
Charosga rang kirib qoldi. Oftob qizdirgan dala yo‘lida chap qo‘lini shohi qiyiq bilan bo‘yniga osib olgan yigirma yoshlardagi bir yigit sog‘ qo‘li bilan velosipedini yetaklab kelmoqda.
Ushbu yigit kim?
J.: Nizomjon
Nizomjonning sevgan qizi kim?
J.: Dildor
Shaddod, gapini birovga bermaydigan, erkakshoda, zvenoga boshliq bo‘lgan qiz kim?
J.: Asrora
Zveno qizlari orasida ham eng ko‘hligi, ham engbo‘shashgani kim edi?
J.: Dildor
Nizomjonning eng qalin oshnasi kim?
J.: Karimjon
Nizomjonni nima uchun harbiy xizmatga olishmaydi?
J.: Bir qo‘li mayib bo‘lgani uchun
Nizomjonning akasi kim?
J.: A’zamjon
“... tanish-bilishlardan yashirincha Oltiariqning guzariga tushib boshlarini boshlariga tirab surat oldirib ham kelish”gan yigit-qiz kim?
J.: Nizomjon va Dildor
Nizomjonning otasi kim?
J.: Inoyat oqsoqol
Dildor kimning qizi?
J.: Yunusali akaning
Dildor kimga turmushga chiqadi?
J.: Nizomjonning akasi A’zamjonga
Nizomjonning opasi kim?
J.: Risolat
”O‘zining sho‘xligi, og‘zi botirligi bilan butun qishloqda nom chiqargan” qiz kim?
J.: Asrora
U yoshligida tekkanga tegib, tegmaganga kesak otardi. Atlas ko‘ylagini qoramoyga belab traktorchining orqasidan ergashib yurar, u tushlikka chiqqanda so‘ramay traktorini haydab qolardi. raisning shofyori sal ko‘zi shamg‘alat bo‘lsa, mashinasini g‘izillarib haydab qolardi. Qishloq ko‘chalarini changitib, tovuqlarni qaqalatib yana joyiga keltirib qo‘yib, g‘oyib bo‘lardi.
Ushbu ta’riflangan qiz kim?
J.: Asrora
Asrora kimni yaxshi ko‘radi?
J.: Karimjonni
... bo‘sh-bayovgina, o‘lgudek sodda, bo‘shashgan edi. Hatto qishloqdagilarning o‘zlari uni ”qishloqi” deb masxara qilishardi. Shu bo‘shashgan qishloqi bolani ham Asrora odam qildi. Soch qo‘ydirdi, galstuk taqadigan qildi. Asrora unga kashta tikilgan dastro‘mollar tikib berdi. Dazmolsiz ko‘ylak kiysa, egnidan yechib olib ayasiga bildirmay uyida dazmollab kiydirardi.
Ushbu ta’riflangan yigit kim?
J.: Karimjon
Qiladigan ishi pillakashlarning qozoniga o‘t qalash. U necha marta frontga intildi, bo‘lmadi. yurt ishida ham, shaxsiy hayotida ham uning omadi kelmadi. Uyi, joyi, izzat qiladigan qishlog‘i bo‘la turib begona joylarda yuribdi. Ushbu gap kim haqida?
J.: Nizomjon
A’zamjonning taqdiri nima bo‘ladi?
J.: Urushda halok bo‘ladi
Kiygan kiyimiga gard yuqmasdi. Chiy baxmal nimchasining ko‘krak cho‘ntagidan soat zanjiri osilib turardi. Endi bukchayib qopti. Kiyimlari ham bir holatda. Azizxoni urushga ketdi-yu, shu ko‘yga tushdi.
Ushbu kishi kim?
J.: Ummatali
Urushdan bir oyog‘i yo‘q qaytib kelgan kishikim? J.: Ikromjon Usmonov
Tursunboy kimning o‘g‘li?
J.: Ikromjon va Jannat xolaning
Qishloq ahli kimni tog‘a deb chaqirishadi?
J.: Rayimberdini
Otalar o‘z bolalarini dunyodagi bolalarning eng zo‘ri, eng xushbichimi, deb bilishadi.
Ushbu gap qaysi asardan olingan?
J.: “Hijron kunlari”
Kim urushda qahramon bo‘ladi?
J.: Azizxon Ummateliyev
Kalugani ozod qilishdagi jasorati, mardligi uchun kim qahramon unvoni bilan taqdirlanadi? J.: Azizxon Ummataliyev
Moskva ostonalardagi janglardagi mardligi uchun yuksak mukofot bilan kim taqdirlanadi? J.: Ikromjon Usmonov 28. Ur, deganda nomard qochur, Mard qolur maydon ichinda...
Ushbu qo‘shiqni kimkuylagan?
J.: Ma’murjon Uzoqov
Nizomjonni nima uchun otasi oq qiladi?
J.: Akasining bevasi Dildorga uylanishdan bosh tortgani uchun
Harna qilganda ham ona — ona. U o‘z bolasini bir parcha etdan katta qilguncha ne mashaqqatlar tortmagan! Bolasining yaxshiligi ham, yomonligi ham unga unchalik bilinmaydi. Ona hamma narsani unutsa unutadiki, bolasini unutolmaydi. O‘z bolasining o‘limidan, baxtsizligidan quvongan ona hali dunyoga kelmagan, kelmaydi ham.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: ”Hijron kunlari”
Tursunboyning sevgilisi kim?
J.: Zebixon
... Ozib, cho‘p bo‘lib ketdi. Ammo bu sirni xotiniga bildirmadi. Xotini, xatxabar kelmay qoldi-ya, deb bezovta bo‘la boshlashi bilan u birovga o‘g‘li nomidan xat yozdirib eski konvertga solardi-da, kelib o‘qib berardi. Qishdan beri ahvol shu.
Ushbu kishi kim?
J.: Tog‘a (Rayimberdi)
Tog‘a necha yildan beri raislik qiladi?
J.: 11 yildan beri
Mahallada to‘y yo aza bo‘lsa o‘sha kuni ularning uyida qozon osilmasdi. Oqsoqol ma’raka o‘tguncha qozonning tepasidan ketmasdi, bolalardan uyiga bir-ikki tovoq osh chiqarardi. O‘zi qaytishda qiyig‘iga ushatilgan burda nonlarni tugib kelardi. Ana shu xonadonda ulg‘aygan yigit kim?
J.: Nizomjon
Ammo uning ikki ko‘zi ... Bu ko‘zlar qaraganni kuydirardi. Zirillamalik yigit borki, uning eshigi oldidan tegajaklik qil-
masdan o‘tolmasdi.
Bu qiz kim?
J.: Zebixon
Surma qo‘ymay muncha ham, jono, qar-
odir ko‘zlaring,
Har biri jon qasdiga boqqan balodir
ko‘zlaring,
Oshni begonalarga, bir umr xush-xush
nigoh,
Oshnolarga g‘araz nooshnodur ko‘zlaring... Zirillamalik yigitlar qaysi qizning ko‘chasidan ushbu qo‘shiqni aytmay o‘tishmaydi?
J.: Zebixonning
”Jahli chiqib turganda ham gapiga matal qo‘shib gapiradi”gan qahramon kim?
J.: Zebixonning pochchasi (To‘lanboy mo‘ylov) 38. ”Egachim ovga chiqdi, ketidan g‘ovg‘a chiqdi” maqoli qaysi asarda qo‘llangan?
J.: ”Hijron kunlari”
Bir dono odam kichkinagina, ozg‘ingina xotinga uylanibdi. Odamlar nega kichkina xotinga uylanding, deb so‘rashganda, janjalning kichikrog‘i derust, degan ekan.
Ushbu naql qaysi asardan olingan?
J.: ”Hijron kunlari”
”... eski kitoblarni ko‘p o‘qigan. Shuning uchun ham ikki gapning biriga yo bayt, yo bo‘lmasa ibratli bir hikoyat qistirib o‘tmasa ko‘ngli joyiga tushmaydi”gan qahramon kim?
J.: Zebixonning pochchasi (To‘lanboy mo‘ylov) 41. U chiroyli, qomati quyib qo‘ygandek pahlavon yigit. Biron marta soqoli o‘sib yurganini hech kim ko‘rmagan. kiyimlari hamisha toza. Etigi oynadek yiltirab turadi. O‘zi bo‘lsa qizlar oldidan atayin gerdayib, pisand qilmay o‘tadi. Hatto u o‘rtoqlariga maqtanib, falon qizni bir laqillataman, ko‘rib qo‘yasanlar, derdi-da, garov boylashib, qizlar bilan biron joyga va’dalashardi. Keyin u va’dalashgan joyga bormay og‘aynilarini tomosha qilgani yuborardi. Sochini mayda o‘rib, yasanib kelgan bechora qiz uni kuta-kuta qaytib ketardi.
Bu yigit kim?
J.: Tursunboy
”Marg‘ilon suratxonasi devoridagi, soat taqqan qo‘lini iyagiga tirab tushgan surat” kimniki? J.: Zebixonniki
”Havaskorlar to‘garagi ”Tohir va Zuhra”dan parcha qo‘yganda Zuhra bo‘lib chiqqan” qiz kim?
J.: Zebixon
”Otmagay tong” qo‘shig‘ini kuylagan qiz kim?J.: Zebixon
Havaskorlar to‘garagida ”Tohir va Zuhra”danparchani kim sahnaga qo‘yadi? J.: Zebixonning pochchasi (To‘lanboy mo‘ylov) 46. Ayol qalbi tosh bo‘lsa ham allaqayeri paxtadan yumshoq, ipakdan mayin bo‘ladi. Aytilgan gap o‘sha joyga borib tegsa bekor ketmaydi.
Ushbu gap qaysi asardan olingan?
J.: ”Hijron kunlari”
Omon polvon, To‘pponcha polvon qaysi asarqahramonlari sanaladi?
J.: ”Hijron kunlari”
Ona unga faqat kiydirish, yedirish uchun ona edi, xolos. Ona uning firoqida, dardida ado bo‘ldi. Bolasi esa bu to‘g‘rida o‘ylamasdi. Ona, qazoyim yetib olamdan o‘tsam, bolam o‘z qo‘li bilan qabrga qo‘yadi, deb umid qilardi. Bolasi qabrga yaqin kelmay, bo‘riga o‘xshab to‘qaydan xunuk qarab turardi.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: ”Hijron kunlari”
Qoq saharda o‘rik terib oftob yoyilmay, eshakka ortganicha Marg‘ilon bozoriga qarab ketadi. Kechalari eshikni tanbalab pul sanaydi. G‘ijimlangan bir so‘mliklarni ho‘llab, samovarning qorniga yopishtirib dazmollab, obdon chiroyli qilib taxlab oladi.
Ushbu kishi kim?
J.: Inoyat oqsoqol
Inoyat oqsoqolni kim Jinoyat oqsoqol deb ataydi? J.: Asrora
Eski do‘ppilarni tiyinga olib, siyohga bo‘yab, so‘mga sotdi. Undan guzarda qovun tilib sotish ham qolmadi. Kasalxonalarda chiqindi bo‘lgan eski choyshablarni uyga olib kelib, bo‘lak-bo‘lak qildirib, qiziga mashinada chetini bostirdi. Yuvdirib, dazmollatib, chetiga qizil siyohda chiziq tortib dastro‘mol qilib bozorga olib chiqdi.
Ushbu kishi kim?
J.: Inoyat oqsoqol
Nizomjon qaysi qishloqda tug‘ilgan?
J.: Chorterakda
Qaysi qahramonning o‘z o‘g‘li xattiharakatlariga munosabati ikki xil: bir tomondan unga farzandi sifatida joni achisa, ikkinchi tomondan uni “Xoin! Qochoq! Nomard!” deya la’natlaydi?
J.: ”Hijron kunlari”
“Ota diydoridan, ona mehridan, yorbirodarlari davrasidan olisda, chaqirsa ovoz yetmaydigan joyda quvg‘in bo‘lib, olamdan o‘t”gan yigit kim?
J.: Tursunboy
Ikromjon o‘g‘lini nimasidan tanib qoladi?
J.: Ko‘zidan
... ana shu majoziy kemalardan biri tarzida yuzaga keldi. Uni 1972yilda ilk bor yozib nashrga topshirganimda tog‘day bir yuk yelkamdan tushganday bo‘lgan edi. Lekin mustabid tuzum tazyiqi ostida roman olti yil chop etilmay yotdi. Bu yillar davomida o‘sha zalvarli yukni yana yelkamga ko‘tarib yurganday bo‘ldim. Qo‘lyozmani ko‘pgina mas’ul mutasaddilar, katta akademiklar o‘qib fikr aytishdi. Chop etish masalasi Qizil imperiya markazining ruxsati bilangina hal etilishi mumkin ekan. Qo‘lyozmaning satrma-satr tarjimasini Moskvada ham o‘qishib, yozma taqrizlar berishdi.
Ushbu parcha qaysi asar haqida?
J.: “Yulduzli tunlar”
Yozilganidan keyin 6 yil o‘tib chop qilingan asarqaysi?
J.: “Yulduzli tunlar”
Qaysi asar 1979-yilda rahmatli Sharof Rashidovning yordami bilan kitob bo‘lib chiqqan, 1981-yilda unga Davlat mukofoti berilgan?
J.: “Yulduzli tunlar”
Tohir va Robiya ismli sevishganlar qaysi asarqahramonlari sanaladi?
J.: “Yulduzli tunlar”
Qaysi asarning birinchi qismi “Arosat” deb nomlangan?
J.: “Yulduzli tunlar”
Qaysi asarda tushdagi qon — yorug‘lik, deb ta’bir qilinadi?
J.: “Yulduzli tunlar”
Andijonlik me’mor — Tohirning tog‘asi kim?
J.: Fazliddin
Robiyaning akasi kim?
J.: Mahmud
Andijon arkida mulla Fazliddin samoviy naqshlar va koshinlar bilan bezab qurgan devonxona tojdor ...ga ma’qul bo‘lgandan keyin unga to‘bichoq ot va bir hamyon oltin in’om qilgan.
Nuqtalar o‘rniga mos ismni qo‘ying.
J.: Umarshayx mirzo
Eski o‘zbek tiliga mansub “tarh” so‘zining ma’nosi nima?
J.: Chizma, loyiha
”Uch yil Samarqandda, to‘rt yil Hirotda tahsil ko‘rgan, o‘sha yoqdan me’morlik san’ati bilan birga musavvirlikni ham o‘rganib kelgan” qahramon kim?
J.: Fazliddin
Fazliddin chizgan “Chang chalayotgan qiz” surati kimning surati edi?
J.: Xonzodabegimning
Fazliddinga hammom qurdirib, unda maxfiytuynuk yasatib, asira qizlar cho‘milganda tomosha qilmoqchi bo‘lgan bek kim?
J.: Hasan Yoqub
Kim Fazliddinga bir hamyon oltin berib Xonzodabegimning suratini chizdirmoqchi bo‘ladi?
J.: Ahmad Tanbal
Andijon dorug‘asi kim?
J.: Uzun Hasan
Sahar paytida qal’a sukunatini buzib hazin surnay tovushi yangradi. So‘ng unga qo‘sh naqora tovushi jo‘r bo‘ldi. Ushbu surnay va naqora saroy ahlini nimaga chorlar edi?
J.: saharlik qilishga
Umarshayx mirzo necha yoshda tasvirlangan?
J.: 39 yoshda
Umarshayx mirzoning birinchi xotini kim?
J.: Fotima sulton
Umarshayx mirzoning ikkinchi xotini kim?
J.: Qutlug‘ Nigor xonim
Umarshayx mirzoning uchinchi xotini kim?
J.: Qorako‘z begim
Ilik (qo‘l) o‘z o‘rnida aziz. Ko‘z o‘z o‘rnida mo‘tabar. Agar ko‘z bilan ilik birbiriga nizo qilsa, bundan har ikkisi jabr ko‘rur.
Ushbu hikmat qaysi asardan olingan?
J.: “Yulduzli tunlar”
Podshohning dasturxoniga qaraydigan xodimakim deb atalgan?
J.: Choshnagir
Ziravor va dorivor giyohlardan ko‘pincha afyunqo‘shib tayyorlangan mahsulotning nomi nima?
J.: Ma’jun
Podshoh oshxonasining javobgar xodimi kimdeb atalgan?
J.: Bakovul
Rikobdor deganda kim tushuniladi?
J.: Uzangichi
Xonzodabegim otasiga qaysi Sharq shoiriningumridek uzun umr tilaydi?
J.: Shayx Sa’diy
Xonzodabegimga kimdan sovchilar kelgani vaUmarshayxning rozi bo‘lmagani aytilgan?
J.: Samarqand podshosining o‘g‘li Boysunqur mirzodan
Yosh Boburning bek atkasi kim?
J.: Mazidbek
Bek atka lavozimi qanday lavozim?
J.: Hali balog‘atga yetmagan mirzolarga homiylik qilish uchun podshoh tomonidan tayin etiladigan mas’ul bek
Arabcha ”Bobur” so‘zining ma’nosi nima?
J.: Sher
Boburning opasi bilan bir onani emib o‘sgano‘n yetti yoshli mulozim kim?
J.: No‘yon Ko‘kaldosh
Eson Davlatbegim kim?
J.: Boburning buvisi
”Mardlikni jahon mardlaridan o‘rgan” mazmunidagi forscha ”Zi mardoni jahon mardi biyomuz!” misrasi qaysi asarda uchraydi?
J.: ”Yulduzli tunlar”
”O‘zi ham, soqol-mo‘ylovi ham qop-qora, katta olim bo‘lishidan tashqari Andijon beklarining eng nufuzli piri kim?
J.: Xo‘ja Abdulla
Darvesh gov kim?
J.: Andijon miroblarining boshlig‘i
Kim ”badqovoq ko‘sa” deb ta’riflangan?
J.: Ali Do‘stbek
”Yasoqqa yetkazish” deganda nima tushuniladi?
J.: Xaloyiq oldida aybdorning boshini kesish 38. Kiyimlaridan zig‘ir yog‘ining hidi keladigan juvozkash yigit kim?
J.: Quva ko‘prigini yondirmoqchi bo‘lgan yigitlarning biri
Borgoh so‘zi qaysi ma’noda ishlatilgan?
J.: Podshohning xos chodiri
Xirgoh so‘zi qaysi ma’noda ishlatilgan?
J.: Podshohning taxti qo‘yiladigan va qabul marosimlari o‘tkaziladigan chodir 41. Qabo so‘zi qaysi ma’noda ishlatilgan?
J.: Asilzoda ayollar kiyadigan uzun yengli ustki kiyim
Chavgon so‘zi qaysi ma’noda ishlatilgan?
J.: Hozirgi xokkey o‘yiniga o‘xshash o‘yin (faqat ochiq maydonda ot minib o‘ynaladi)
Pargor so‘zi qaysi ma’noda ishlatilgan?
J.: Sirkul
Toqi so‘zi qaysi ma’noda ishlatilgan?
J.: Cho‘qqisimon zaifona bosh kiyim 45. Sakarlot chakman so‘zi qaysi ma’noda ishlatilgan?
J.: Tuya junidan qilingan yengil, qimmatbaho chakmon
Soqollari ham, qoshlari ham oppoq, Navoiygatengdosh bo‘lsa ham o‘zini uning shogirdi deb hisoblaydigan, Bobur Samarqandni egallaganida unga yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lgan shoir kim?
J.: Javhariy
Tohirga o‘zini o‘zbekning qo‘yanqulaq urug‘idan ekanini aytgan qahramon kim?
J.: Bir paytlar sarboz bo‘lgan Mamat
Boburning eng ishongan begi kim?
J.: Qosimbek
Boburga xiyonat qilgan beklar kim?
J.: Ahmad Tanbal, Uzun Hasan, Ali Do‘stbek 50. Bobur Samarqandni egallaganda Andijonga kimni hokim qilib tayinlaydi?
J.: Ali Do‘stbekni
Jahongir mirzoning onasi kim?
J.: Fotima Sulton begim
Andijon qozisi kim?
J.: Xo‘ja Abdulla
”Rosti — rasti” — ”Kuch — adolatda” degan yozuv nimada yozilgan?
J.: Xonzodabegim va onasi topib olgan Amir Temur qilichida
Xonzodabegim va onasi topib olgan Amir Temur qilichi kimga in’om qilingan edi?
J.: To‘xtamish ustidan qozonilgan g‘alaba munosabati bilan Mironshohga 54. ”Tarixi arbaa ulus” asari muallifi kim?
J.: Mirzo Ulugbek
Shayboniyxonning asl ismi nima?
J.: Shohbaxt
Shayboniyxon Chingizxonning qaysi o‘g‘li avlodi sanaladi?
J.: Jo‘jixon
Shayboniyxonning otasi kim?
J.: Shohbudoq
Shayboniyxonning bobosi kim?
J.: Abulxayrxon
Toshkent xoni Mahmudxon Chingizxonning qaysi o‘g‘li avlodi sanaladi?
J.: Chig‘atoyxon
Shayboniyxon mulozimlaridan biri, nayman urug‘ining boshlig‘i Qambarbiy kimni ”Xiyonat yo‘li bilan obro‘y orttirgan beqaroro turk” deb ta’riflaydi? J.: Muhammad Solihni
O‘z vaqtida Buxoroning masjidiga ot minib bostirib kirgan kishi kim edi?
J.: Chingizxon
”Ko‘taruvchi” laqabli qahramon kim?
J.: Mansur baxshi
Zuhra begim kimga tortiq qilinadi?
J.: Mansur baxshiga
Tohir Robiyani qayerdan topadi?
J.: Fozil tarxonning uyidan
Robiya Fozil tarxonga nechanchi xotin edi?
J.: Yettinchi
”Majma’ul g‘aroyib” qasidasi muallifi kim? J.: Binoiy
”Majma’ul g‘aroyib” qasidasi kimga bag‘ishlangan?
J.: Alisher Navoiyga
Bobur va Oyshabegimning farzandi kim edi?
J.: Faxriniso
Dabusiya qo‘rg‘oni nominining ma’nosi nima?J.: Temir qo‘rg‘on
”To‘n ilig‘ini egasi bilur” maqoli qaysi asarda qo‘llangan?
J.: ”Yulduzli tunlar”
”Yuz chumchuqqa bir kesak” iborasi qaysi asarda qo‘llangan?
J.: ”Yulduzli tunlar”
No‘yon Ko‘kaldoshning taqdiri nima bilan tugaydi?
J.: Ohangaronda jardan tashlab o‘ldiriladi 73. ”Isitmani yashirsang, ichga urar” maqoli qaysi asarda qo‘llangan?
J.: ”Yulduzli tunlar”
74. Ahmad tanbalning taqdiri nima bilan tugaydi?
J.: Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sulton Ahmad Tanbalni aka-ukalariga qo‘shib, qilich bilan chopib, burdalab tashlaydi 75. Chagraklar kimlar edi?
J.: Chorvadorlar
Lisonittayr nimaning nomi?
J.: Daraxtning
Tohir va Robiyaning farzandi kim?
J.: Safarbek
Bobur Hirotda qayerda yashaydi?
J.: Navoiyning uyi Unsiyada
Unsiya so‘zining ma’nosi nima?
J.: Do‘stlik uyi
Navoiy qurdirgan madrasaning nomi nima?
J.: Ixlosiya
Navoiy qurdirgan shifoxonaning nomi nima?
J.: Shifoiya
Navoiy qurdirgan xonaqohning nomi nima?
J.: Xalosiya
”Bo‘ladigan bola o‘n besh yoshida bosh bo‘lur, bo‘lmaydigan odam qirq yoshida ham yosh bo‘lur” iborasi qaysi asarda qo‘llangan?
J.: ”Yulduzli tunlar”
Navoiy ”Xamsa” yozib tugatganda Husayn Boyqaro uni qanday mukofotlaydi?
J.: Navoiyni o‘zining oq otiga mindirib, o‘zi jilovdorlik qilib Hirot ko‘chalarini aylantiradi 85.
Qaysi yulduzlar falak qozisi deb ta’riflangan?
J.: Mushtariy va Zuhro yulduzlari
”Riyoziyot” risolasi muallifi kim?
J.: Qozizoda Rumiy
Ali Qushchi ismidagi qushchi so‘zi qanday ma’no anglatadi?
J.: Mohir ovchi
Salohdor qanday vazifa sanaladi?
J.: Darvozabon
Ulug‘bek mirzo kimga ko‘pincha xaloskorim” deb hazillashardi?
J.: Ali Qushchiga
Ulug‘bekka yo‘lbars hujum qilganda kim qutqarib qoladi?
J.: Ali Qushchi
Samarqand shahri dorug‘asi kim?
J.: Amir Mironshoh
Samarqand shayxulislomi kim?
J.: Burhoniddin
Ulug‘bek mirzo ilm-fanda kimni o‘ziga ustoddeb biladi? J.: Qozizoda Rumiyni
310. Ulug‘bek Ali Qushchiga ko‘rsatgan sandiqdagi olmos, la’l, yoqut va boshqa qimmatbaho toshlarni bobosi Amir Temur qaysi jangda qo‘lga kiritgan edi? J.: Boyazid bilan jangda
313. Toki bu mushkul ishda suyangan bir tog‘im sen bo‘lsang, bir tog‘im... Ushbu gapda Ulug‘bek suyangan tog‘im deganda
kimlarni nazarda tutgan? J.: Ali Qushchi va mavlono Muhiddinni 12. Kimga nisbatan ”jismi nogiron, qalbi majruh” deyilgan?
J.: Shahzoda Abful’azizga
Naqshbandiylar jamoasining rahnamosi kim?
J.: Nizomiddin Xomush
Mirzo Ulug‘bekning suyukli navkari kim?
J.: Bobo Husayn
Kesh qal’asi dorug‘asi kim?
J.: Amir Kamoliddin
Kim “bu amirlarga ishonma, o‘g‘lim! Ularni sodiq bo‘lsin desang, qilichingni ilgingda mahkam ushla!” deb aytgan?
J.: Amir Temur
“Bu amirlarga ishonma, o‘g‘lim! Ularni sodiq bo‘lsin desang, qilichingni ilgingda mahkam ushla!” deb aytgan?
Amir Temur ushbu gapni kimga aytadi?
J.: Mirzo Shohruhga
U volidai mehriboniga nisbatan ko‘nglida bir iliq tuyg‘u uyg‘otishga harakat qildi. Lekin ko‘z oldiga uzun bo‘yli, ko‘ok ipakdan ko‘ylak kiyib, boshiga ko‘k ro‘mol o‘ragan, qo‘lidan tasbehi tushmaydigan kalondimog‘ bir xotin keldi. U qoshko‘zlari qop-qora, qirg‘iy burun, xushsurat xotin bo‘lsa ham, farishtasi yo‘q, chehrasi sovuq ayol edi. Ushbu ayol kim?
J.: Gavharshodbegim
311. Mirzo Ulug‘bekni kim “shohi sharir” (buzuq shoh) deb ataydi?
J.: Gavharshodbegim
Alouddavla va Abdullatifni bir-birga qayrabfitna chiqargan kishi kim edi?
J.: Gavharshodbegim
Mirzo Ulug‘bekning kenja xotini kim?
J.: Bibi Yulduz
Kitobdor laqabli qahramon kim?
J.: Miram Chalabiy
Ali Qushchi onasining ismi nima?
J.: Tillabibi
Tillabibining eng suyukli so‘zi nima?J.: Bo‘ta, bo‘talog‘im
”Kitob ush-shifo” asari muallifi kim?
J.: Ibn Sino
”Kitob un-najot” asari muallifi kim?
J.: Ibn Sino
”Al-Qonun-al-Mas’udiy” asari muallifi kim?
J.: Beruniy
Kim Mavlono Muhiddinning qizi Xurshidagako‘ngil qo‘yadi?
J.: Qalandar Qarnoqiy
Mavlono Muhiddin kimning o‘g‘li?
J.: Salohiddin zargarning
Mirzo Ulug‘bek kimni tamg‘a solig‘idan ozodqiladi?
J.: Salohiddin zargarni
Mirzo Ulug‘bek tushida qaysi xotinidan qochibYassaviy maqbarasi tepasiga chiqib ketadi?
J.: O‘g‘abegimdan
Qaysi asarda o‘z og‘li otasining ko‘zini o‘yibolgan hind podshosi haqida hikoyat keltirilgan? J.: ”Ulug‘bek xazinasi”
... bu bog‘ga olis Misriya xurmolari-yu, xushbo‘y xitoy olmalarini, Hindistondan esa ajoyib banan daraxtlarini keltirib o‘stirgan edi. Bog‘da, tog‘ etagidagi xushbo‘y archazorlarda shoxlari qulochga sig‘maydigan oq arxarlar, o‘ynoqi kiyikchalar, ko‘zlari ma’sum ohular gala-gala bo‘lib yurardi. Tiniq, shaffof buloqlarda, oq marmardan yasalgan hovuzlarda oltin baliqchalar suzardi. Ushbu bog‘ qaysi bog‘?
J.: Bog‘i Behisht
Samarqand qozisi kim?
J.: Xoja Miskin
Nigohim yo‘ldadur, kelgaymi deb, zinhor bilmaysen,
Ko‘ngil ohin bilurmi deb, kutarmen, yor, bilmaysen.
Topib yolg‘iz, dilim rozin bayon etmoqqa ojizmen,
Uzun tunlar xayolingda o‘tar bedor, bilmaysen.
Ushbu she’riy parcha qaysi asar berilgan?
J.: ”Ulug‘bek xazinasi”
Dunyo mening deganlar, Jahon molin olganlar. Karkas qushdek bo‘lubon Ul haromga botmishlar.
Ushbu misralar muallifi kim?
J.: Ahmad Yassaviy
Mullo, mufti bo‘lg‘onlar, Nohaq da’vo qilg‘onlar, Oqni qaro degonlar,
Ul tamuqqa kirmishlar.
Ushbu misralar muallifi kim?
J.: Ahmad Yassaviy
Mirzo Abdullatif qo‘shinlari bilan jangda kimjang maydonini tashlab qochadi?
J.: Sulton Jondor
Eng ishongan amiri Sultonshoh barlos sotqinlik qildi, amir Jondor qaygadir qochdi, suyangan tog‘im degan dorug‘a Mironshoh dorussaltana darvozasini bekitdi...
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: ”Ulug‘bek xazinasi”
Ulug‘bek kimga “Humo qushi kimning boshiga qo‘nur, buni yolg‘iz Haq taolo bilur. Humo qushi meni tark etsa — sening baxting” degan achchiq so‘zlarni aytgan?
J.: Sulton Jondorga
Shohruhiya qal’asi begi kim?
J.: Turkman begi Ibrohim Po‘lat
Darhaqiqat, bu odam kim o‘zi? Olis Yassidan kelib, oldin navkar bo‘ldi, keyin qilichni qalamga, suvoriy sovutlarini ilm ahlining kamtarin liboslariga almashtirib tolibi ilm bo‘ldi, so‘ng madrasani tark etib, xilvatga kirdi. Alhol, boshida echki terisidan tikilgan eski kuloh, egnida juldur janda...
Ushbu kishi kim?
J.: Qalandar Qarnoqiy
Bir paytlar uzoq Yassidan haqiqat izlab, Ulug‘bek taxtiga bosh urib kelgan va undan ko‘p yaxshiliklar ko‘rgan iste’dodli shoir, arslonyurak jangchi kim?
J.: Qalandar Qarnoqiy
Faqir bu chappa dunyodan haqiqat izlab topolmagan, adashgan bandadurmen... Yurtimdan ayrilib bevatan bir musofir, kulbasiz bir daydi it bo‘ldim. Haqiqat deb kirmagan ko‘cham, bosh urmagan eshigim qolmadi, axiyri ahli gadolarga ixlos qo‘ydim. Ushbu kishi kim?
J.: Qalandar Qarnoqiy
Qalandar Qarnoqiy “u qari tulki bu sirasrorlarni hazratga yetkazganlar” deganda xazina haqida sirlarni oshkora qilgan qaysi qahramon haqida so‘zlagan? J.: Xoja Salohiddin zargar
Amir Temur kimning inisini o‘zi yasagan qilichbilan chopib tashlaydi?
J.: Usta Temur Samarqandiyning
Qaysi asarda podsho patir ichiga solingan maxfiy xat orqali saltanatda sodir bo‘layotgan fitnadan xabardor qilinadi?
J.: “Ulug‘bek xazinasi”
Said Abbos xun talab qilganida uni kim radqiladi?
J.: Xoja Miskin
”Bo‘ta ko‘zli ma’yus kanizak” kim?
J.: Bibi Yulduz
Yo tavba! Bu toj-u taxtda ne sehr, ne sir-asror bor ekankim, unga o‘ltirgan har bir kimsa darhol o‘zgaradi! Odamiylikni, umr bebaqo bir faqiru haqir ekanini darhol unutadi? Bu toju taxt, bu saltanat hech bir kimsaga vafo qilmaslgini yodidan chiqaradi.
Parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Ulug‘bek xazinasi”
”Ot tepkisini ot ko‘taradi” maqoli qaysi asarda qo‘llanilgan?
J.: ”Ulug‘bek xazinasi”
”...lablarini qattiq qimtib: ”Burgut! — dedi ichida. — Qora burgut!”
Uning ko‘ngliga yopirilib kelgan mehr izg‘irin tekkan shamday so‘nib, yuragi yana muzladi. U ...egilgan boshni qilich kesmas deb, hamiyatini bukib kelgan edi, bu quzg‘un esa ...”
Farzandidan ranjib, shunday fikrlarni xayolidan kechirgan ota obrazi qaysi asarda uchraydi? J.: ”Ulug‘bek xazinasi”
Umri jovid yo‘qdir aslo ustivor olam aro, Ketdi ko‘plar, biz keturmiz, topqusen sen ham fano. Ushbu misralar muallifi kim?
J.: Umar Xayyom
Ulug‘bek xazinasi nechta sandiqqa joylangan?
J.: 16 ta sandiqqa
Ulug‘bek xazinasi qayerga yashiriladi?
J.: ”Ajdar g‘orga”
Bobongiz fath etib shuhrat qozong‘ay jumla dunyoni,
Bu olam ko‘rmagay emdi aningdek zoti a’loni.
Padari pokingiz umrin nuri rahmatga
to‘ldirdi,
Olib shohista otiga Xoqoni Said unvoni. Alarning shuhrati shoni muyassar o‘lmagan garchi,
Vale bul dam ko‘rur sizda hama Masih-u Musoni.
Boqingiz ko‘kda yulduzlar haram ichra kanizlarday,
Xoqonim ishqida yong‘ay munavvar aylab osmonni!..
Ushbu qasida misralar muallifi kim?
J.: Miryusuf Xilvatiy
Abdullatif tazyiqidan qo‘rqib darveshlikni ixtiyor qilgan shoir kim?
J.: Miryusuf Xilvatiy
Mirzo Ulug‘bekni haj safariga kimning yo‘ldoshlik qilishi belgilanadi?
J.: Xoja Muhammad Xisravning
Abubakir Tohir Abrahiyning ”Haqiqat — ilm, ilm — haqiqatdur” degan hikmati qaysi asarda keltirilgan?
J.: ”Ulug‘bek xazinasi”
Qaysi asarda ”Eski to‘n yangi xo‘jayinga to‘g‘ri kelmaydi” hikmati qo‘llanilgan?
J.: ”Ulug‘bek xazinasi”
”To‘rt ulus tarixi” kitobi muallifi kim?
J.: Mirzo Ulug‘bek
Mirzo Ulug‘bekni kim qatl etadi?
J.: Said Abbos
Said Abbosni kim qatl etadi?
J.: Sulton Jondor
”Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko‘r” maqoli qaysi asarda qo‘llanilgan? J.: ”Ulug‘bek xazinasi”da
Sulton Jondorga uzoq qarindosh bo‘lgan talaba kim?
J.: Mansur Koshiy
Shahzoda Abdul’azizni kim qatl etadi?
J.: Sulton Jondor
Burhoniddin o‘rniga kim shayxulislom qilib tayinlanadi?
J.: Nizomiddin Xomush
Mavlono Muhiddinning taqdiri nima bo‘ladi?
J.: Telba bo‘lib qoladi
Xurshida bonuning taqdiri nima bo‘ladi?
J.: O‘zini zaharlab o‘ldirdi
Qalandar Qarnoqiyni kim o‘ldiradi?
J.: Sulton Jondor
Bir qasidani uchta hukmdorga navbatmanavbat bag‘ishlagan shoir kim?
J.: Miryusuf Xilvatiy 70.
Do'stlaringiz bilan baham: |