“O‘tkan kunlar”



Download 0,66 Mb.
bet6/8
Sana16.06.2022
Hajmi0,66 Mb.
#676113
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“O‘tkan kunlar”

“RUHLAR ISYONI”


  1. “Ruhlar isyoni” dostoni epigrafi qanday?

J.: “Tug‘ilgansan ozod, mudom Ozod bo‘lib qol!” (Nazrul Islom)

  1. “Ruhlar isyoni” dostonining muqaddimasida nimadan qochishning yo‘llari dunyoda ko‘pligi haqida so‘z boradi?

J.: G‘amdan qochmoqlikning

  1. Kirish qismida qanday dardning sira chorasi yo‘qligi haqida so‘z boradi?

J.: Shoirning dilini ezgan iste’dod va istibdodning dardi

  1. “Abadiyat haqida rivoyat” qismida qaysi insoniy xislat to‘g‘risida so‘z yuritilgan?

J.: Sabr haqida

  1. Birinchi fasl nima deb nomlangan?

J.: “Shoir qalbi”

  1. Qaysi qismda tun bilan kunning, o‘t bilan suvning bir-biriga zolim ekani to‘g‘risida so‘z boradi?

J.: “Shoir qalbi”

  1. Qaysi qismda koinotda azaldan isyon ruhi hokim ekani ekani to‘g‘risida so‘z boradi? J.: “Shoir qalbi”

  2. ”Zamin uzra qor quyunin

Yog‘dirganda charx-falak, Qish qahriga egmay bo‘yin, isyon qilar
Boychechak”.
Ushbu parcha qaysi qismdan olingan?
J.: “Shoir qalbi”

  1. ”... Pok tilagi,

Imonidir basharning. Armon to‘la yurakdagi Isyonidir basharning”.
Ushbu parchada nima to‘g‘risda so‘z boradi?
J.: Shoir yuragi (qalbi)

  1. “Shoir qalbi” qismida qaysi mashhur Sharq shoirlari nomi tilga olingan?

J.: Xusrav Dehlaviy, Bobur, Bedil

  1. “Shoir qalbi” qismida kimlar “oq o‘rgimchak”ka o‘xshatilgan?

J.: Zobitlar

  1. “Shoir qalbi” qismida Hindistondagi qaysi daryolarning nomlari tilga olingan?

J.: Ganga, Jamuna (Jamna)

  1. “Isyon qo‘shig‘i” qismida nimaga nisbatan ”Sen chaqmoqsan”, ”Sen Indirasan”, ”Sen Shivasan”, ”Sen Gangasan”, ”Sen — Durganing tosh yuragi”, ”Sen — Krishna qo‘lidagi kuylagan naysan” singari tashbehlar ishlatilgan?

J.: Insonga

  1. “Fidoyilik to‘g‘risida rivoyat” qismida kim(lar)ning fidoyiligi to‘g‘risida so‘z yuritlgan?

J.: Bir mard jangchi yigitning

  1. Ikkinchi fasl nima deb nomlangan?

J.: “G‘alayon”

  1. “G‘alayon” faslida tasvirlangan hindmusulmon fojiasi qayerda sodir bo‘ladi?

J.: Kalkuttada

  1. “G‘alayon” faslida tasvirlangan hindmusulmon fojiasi nechanchi yilda sodir bo‘ladi?

J.: 1926-yilda

  1. “G‘alayon” faslida tasvirlangan hindmusulmon fojiasini derazadan kim kuzatib turadi?

J.: Oq tanli janob

  1. Quyidagi misralar qaysi asardan olingan?

Shoir bo‘lsang,
Bo‘lsin qalbing
Elga qurbon bo‘lgudek.
Shoir bo‘lsang, Bo‘lsin xalqing
Senga qalqon bo‘lgudek.
J.: “Ruhlar isyoni”

  1. “Jaholat to‘g‘risida rivoyat” qismida nima haqida so‘z yuritilgan?

J.: Ko‘r kishining ko‘zini ochgan tabibni o‘tda yoqqan johil kishilar haqida

  1. Uchinchi fasl nima deb nomlangan?

J.: “Tutqunlikda”

  1. Bobokalon ... der:

Quloq solgin so‘zimga.
Adolat deb bitdim-u she’r,
Nil tortdilar Ko‘zimga.
Yuqoridagi parcha tushirb qoldirilgan shoir nomini aniqlang.
J.: Rudakiy

  1. ... der:

Zulmat aro
Ko‘p izladim yo‘limni. Men o‘zimni qildim, fido yengolmadim zulmni.
Yuqoridagi parcha tushirb qoldirilgan shoir nomini aniqlang. J.: Navoiy

  1. Oxir

Shoir ko‘z oldiga Kelar Bobur siymosi Deydi:
— Tingla ogoh bo‘lib,
Gar sen bo‘lsang tutqunda,
Men bir yurtga podshoh bo‘lib, Umrim o‘tdi quvg‘inda. On ikkimda taxtga mindim,
Yosh ochildi ko‘zlarim.
Yuqoridagi parcha tushirb qoldirilgan shoir nomini aniqlang.
J.: Bobur

  1. “Ruhlar isyoni” dostonida qaysi shoirning birruboiysi to‘liq keltirilgan? J.: Boburning

  2. Pushkin she’ri

Qildi faryod,
O‘qqa tutdi o‘t qalbni.
Lermontovni otgan jallod
Dorga osdi
Mashrabni.
Shoirlarning —
Erkdir dini,
Erkka sajda qildilar.
Erk kuychisi
Nasimiyni Tovonidan shildilar...
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Ruhlar isyoni”

  1. Bedil yashagan paytda Hindistonda 31 yil hukmronlik qilgan Boburiyzodani aniqlang.

J.: Shoh Jahon

  1. Tushdi ishga

Sonsiz asir, Me’mor, naqqosh, sangtarosh. Zanji qullar og‘och tashir, Fillar tashir xarsangtosh.
Yigirma yil
Yigirma ming
Jon jabridan bir amal —
Mo‘jizasi bu olamning
Bino bo‘ldi Tojmahal.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Ruhlar isyoni”

  1. Tojmahal necha yil davomida qurilgan?

J.: 20 yil

  1. Hijriy 1069-yilning sha’bon oyida sodir bo‘lganvoqeani aniqlang. (“Ruhlar isyoni”) J.: Shoh Jahon zindonga tashlangan, Avrangzeb taxtga o‘tirgan 31. O‘yla o‘zing, Gunoh kimda?

Kimdan oldim tarbiyat?
Sen uyg‘otding yuragimda Toj-u taxtga muhabbat. Bu tuyg‘uni berib, nega Qaro qilding baxtingni?
So‘ng, qarib ham
Nechun menga
Bo‘shatmading taxtingni?
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Ruhlar isyoni”

  1. Qaysi asarda “tig‘ni avval o‘zingga ur, og‘rimasa birovga” maqoli qo‘llangan?

J.: “Ruhlar isyoni”

  1. To‘rtinchi fasl nima deb nomlanadi?

J.: “Sharpalar”

  1. “Sharpalar” faslida dunyodagi eng og‘ir qiynoqdeb nima tilga olingan?

J.: Tanholikning qiynog‘i

  1. Beshinchi fasli nima deb nomlanadi?J.: “Ozodlik”

  2. Nazrul Islom necha yil umr ko‘rgan?

J.: 75 yil

  1. Nazrul Islomning necha yoshida “bu dunyoni tashlagani” haqida yozilgan?

J.: 32 yoshida

  1. Qaysi asarda “Zohidlar va oriflar haqida hikoyat” uchraydi?

J.: “Ruhlar isyoni” dostonida

  1. Qaysi asarda zohidlar va oriflar bir-biriga zidqo‘yilgan?

J.: “Ruhlar isyoni”

  1. Qaysi asarda 1979-yil 20-martda Dehlida sodirbo‘lgan voqealar qalamga olingan?

J.: “Ruhlar isyoni”

  1. “Ruhlar isyoni” dostoni nechta fasldan iborat?J.: 5 ta fasl

  2. Qaysi asar ”Umring ado bo‘lmay turib Cho‘g‘ing ado bo‘lmasin” degan umidbaxsh niyat bilan tugaydi? J.: “Ruhlar isyoni”


  1. “DUNYONING ISHLARI”
    O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad qaysi asarhaqida “... dostondek o‘qiladi. Uni o‘qib o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz ...” degan e’tirof bildirgan? J.: “Dunyoning ishlari”

  2. Men uni qog‘ozga tushirib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar o‘qishini xohlayman.

Ushbu fikrlar qaysi muallifning o‘z asari haqidagi e’tirofi hisoblanadi?
J.: O‘tkir Hoshimov

  1. Qissaning birinchi hikoyasi qanday nomlangan?J.: “Oq, oydin kechalar”

  2. Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi...

Ushbu parcha qissaning qaysi hikoyasida uchraydi?
J.: “Oq, oydin kechalar” 5. “Oymomaxon xulla,
Qanotlari tilla.
Subhon Ollo sizga,
Umr bersin bizga...”
Ushbu xalq qo‘shig‘i qissaning qaysi hikoyasida keltirilgan?
J.: “Oq, oydin kechalar”

  1. “Oq, oydin kechalar” hikoyasida oy nimaga o‘xshatilgan? J.: Tillaqoshga

  2. Ochil-ochil, oq toshlar-a,

Men onamni ko‘rayin-a, Diydoriga to‘yayin-a.
Ushbu xalq qo‘shig‘i qissaning qaysi hikoyasida keltirilgan?
J.: “Oq, oydin kechalar”

  1. “Oq, oydin kechalar” hikoyasida Yetti og‘ayniyulduzlarining nechanchisi “yetimcha yulduz” deb ataladi? J.: To‘rtinchi yulduz

  2. “Oq, oydin kechalar” hikoyasida tilga olingan“yetimcha yulduz” kimniki edi?

J.: Onaniki

  1. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Ona — ona ekan. Unga boshqa sifat kerak emas.

Ushbu parcha qissaning qaysi hikoyasida uchraydi?
J.: “Tasalli”

  1. Qabriston jimjit. Faqat yo‘lakning ikki chetida saf tortgan mirzateraklar qabr ustiga bosh eggan farzandlardek onaga orom tilab alla aytadi. Ushbu parcha qaysi hikoyaning boshlanmasi hisoblanadi?

J.: “Tasalli”

  1. Ilgarilari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo‘lmas ekan. Ona — ona ekan. Unga boshqa sifat kerakmas.

Ushbu parcha qaysi hikoyaning tugallanmasi hisoblanadi?
J.: “Tasalli”

  1. “Tush” hikoyasida hikoyachining tushida onaqo‘lida nima ko‘tarib yuradi?

J.: chiroq

  1. Qissaning qaysi hikoyasida qoyalar ulkan novvot parchalariga o‘xshatiladi?

J.: “Haqqush”

  1. ...Onalar farzandlari hamisha birga bo‘lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi. Ushbu parcha qaysi hikoyaning tugallanmasi hisoblanadi?

J.: “Haqqush”

  1. “Haqqush” hikoyasida aka-ukalar haqidagi g‘alati cho‘pchakni hikoyachiga kim so‘zlab beradi?

J.: Onasi

  1. “Haqqush” hikoyasidagi g‘alati cho‘pchakdagiaka-ukalarning nomi nima?

J.: Ilhaq va Is’hoq

  1. “Haqqush” hikoyasidagi g‘alati cho‘pchakdagiaka-ukalarning taqdiri nima bilan tugaydi?

J.: Aka-ukalarining ko‘zlari ko‘rmay qoladi 19. “Qarz” hikoyasidagi Nilufar necha yoshda tasvirlanadi?
J.: 7 yoshda

  1. “Qarz” hikoyasidagi Nilufar hikoyachining onasini kim deb ataydi? J.: Poshsha buvi

  2. “Qarz” hikoyasidagi Bahoga ona nima sovg‘aqilgan edi? J.: Uch oyoqli velosiped

  3. “Qarz” hikoyasidagi Baxtiga ona nima sovg‘aqilgan edi? J.: Ko‘ylak

  4. Qissadagi qaysi hikoyada qissaning bosh qahramoni Hakima ayaning yana bir insoniy fazilati qalamga olingan, ya’ni, Hakima aya kamtargina nafaqasini ham qo‘shnilarining farzandlari xursandchiligiga sarflaydi. O‘tgan yili ularga tufli olib bergan bo‘lsa, bu yil uch oyoqli velosiped, ko‘ylak sovg‘a qiladi. O‘g‘illariga esa “qarz oluvdim, qarzimni uzyapman” deb bahona qiladi?

J.: “Qarz”

  1. Haqiqat havoga o‘xshaydi. Nafas olib turasiz-u o‘zini ko‘rmaysiz... Ushbu parcha qissaning qaysi hikoyasida uchraydi?

J.: “Ikki afsona”

  1. “Ikki afsona” hikoyasida kimning ishi “bir tomondan uloqchi, ikkinchi tomondan omoch tortadigan otga” o‘xshatilgan?

J.: gazetachining

  1. “Ikki afsona” hikoyasida kim haqida “Uloqchi otdek manzilga yuguradi-yu, yer haydaydigan otdek har kuni omoch tortadi...” deb yozilgan? J.: gazetachi haqida

  2. “Ikki afsona” hikoyasidagi farrosh kampirningismi nima?

J.: Vera

  1. Qissada hikoyachining onasi kim bo‘lib ishlagan?

J.: Bolalar oromgohida farrosh bo‘lib

  1. “Ikki afsona” hikoyasida hikoyachining “bir ko‘rpada tepishib yotadigan” o‘rtog‘i kim?

J.: Abduvohid

  1. “Ikki afsona” hikoyasida tilga olingan Qonqusnimaning nomi?

J.: Anhorning

  1. “Ikki afsona” hikoyasida mushukni muz bilanurgan bolaning ismi nima?

J.: Adham

  1. Qissadagi qaysi hikoyada ona o‘z jigarbandini kasallik xavfidan tezroq xalos qilish uchun har narsaga, hatto jonini ham berishga tayyor qiyofada tasvirlanadi?

J.: “Gilam paypoq”

  1. Kavkaz tomonlarda gilam paypoqni nima deyishadi? (“Dunyoning ishlari”)

J.: Juba, jurabi

  1. Qissaning qaysi hikoyasida hikoyachi o‘ziningbolaligida qizamiq, ko‘kyo‘tal, bezgak bilan ko‘p kasal bo‘lgani haqida hikoya qilgan?

J.: “Gilam paypoq”

  1. Qissaning qaysi hikoyasida Ona bolaning tomog‘ini achchiqtosh bilan chayib ko‘radi, turshak qaynatib suvini ichiradi?

J.: “Gilam paypoq”

  1. “Gilam paypoq” hikoyasida onaning sovuqdaqolgan oyoqlariga Hoji buvi nima surtishni tavsiya qiladi?

J.: Qarg‘aning miyasini

  1. “Eng og‘ir gunoh” hikoyasida nima haqida so‘zyuritiladi?

J.: Hikoyachining bolaligida tolqonni zarda bilan to‘kib yuborgani haqida

  1. “Eng og‘ir gunoh” hikoyasida birgalikda yong‘oq bilan soqqa o‘ynagan to‘rt bolaning nomi tilga olinadi. Ular kimlar edi?

J.: Hikoyachi, Xo‘ja, Toy, Vali

  1. Onalarning biz bilmaydigan, bizning o‘lchovlarga sig‘maydigan o‘z olami borga o‘xshaydi.

Ushbu parcha qissaning qaysi hikoyasida uchraydi? J.: “Bola yig‘isi”

  1. Qaysi hikoyada hikoyachi o‘zining xotirasidamustahkam saqlanib qolgan uch marta aldangani haqida so‘zlaydi?

J.: “Xiyonat”

  1. “Xiyonat” hikoyasidagi hikoyachining eng yaqin do‘sti, onasi “beshinchi o‘g‘lim” deb ardoqlaydigan qahramonning xiyonati nima? J.: Hikoyachi sevgan qizni o‘ziga og‘dirib olishi

  2. Onam bu gapni xuddi: “Qo‘shninikiga chiqib kelaman”, degandek ohangda aytdi. “Surat” hikoyasidan olingan ushbu jumlada Onaning qaysi gapiga ishora qilingan?

J.: “Yaqinda men o‘laman”

  1. Qissada “s”ni “ts”, “z”ni “dz” deb gapiruvchi obraz kim?

J.: Shayx

  1. To‘ylardagi xizmatlari evaziga “ko‘p emas, ikki shishagina pivo ichadigan” qahramon kim?

J.: Shayx

  1. O‘shandan buyon hech kim uning biron marta yiglaganini ko‘rmagan. Qachon qarasangiz, iljayib turadi. Iljayganda ham tilining uchi og‘ziga sig‘may doim chiqib turadi. Shundan bo‘lsa kerak, onda-sonda ustara tegadigan do‘rdoq labining ikki cheti oqarib yotadi. Ushbu parchada kim tasvirlangan?

J.: “Mahallaning shayxi” laqabli bola

  1. Qissada onaning “yigirma”sida yig‘lagan begona bola kim edi?

J.: Shayx

  1. Qissadagi “istolovoydagi sheppovar” kim? J.: Toy

  2. Qissa qahramonlaridan biri Toy qaysi qishloqda yashaydi? J.: Behqo‘rg‘on

  3. Qissa qahramonlaridan biri Toyning haqiqiyismi nima?

J.: Toyir

  1. Qissa qahramonlaridan biri Toyning onasi kim? J.: Niso xola

  2. — Bolalar, — dedi tantana bilan. — Endi Toyni hech kim Toy demasin. Bugundan boshlab uning oti — ... . Yana bir yil harakat qilsang, o‘sib ... bo‘lasan.

“Toy” hikoyasidan olingan ushbu parchada tushirib qoldirilgan so‘zlarni aniqlang.
J.: Xo‘tik, Eshak

  1. Hikoyachining ko‘kaldosh ukasi kim edi?

J.: Toyirjon

  1. Qissaning qaysi hikoyasida hikoyachi otasining jahli yomon ekani va soat tuzatishi to‘g‘risida hikoya qiladi?

J.: “Qanoat”

  1. Qissada kim haqida “Katta-yu kichik hamma uni Kelinoyi deb chaqiradi” deb yozilgan?

J.: Ketmonchi Mo‘min akaning xotini haqida 55. ”Ichida gap yotmaydi”gan, “uyida qaysi sholchaga xokandozdan cho‘g‘ tushib, qancha joyi kuygani, qaysi o‘gli sholg‘mni yomon ko‘rishi, qaysi qizining sochiga sirka oralagani — hammasini birpasda mahallaga yoyib chiqadi”gan xotin kim? J.: Ketmonchi Mo‘min akaning xotini 56. Qissadagi erini o‘xshatib qarg‘aydigan qahramon kim?
J.: Ketmonchi Mo‘min akaning xotini 57. Qissada hikoyachi bilan qassob qo‘shnining qizi Guli o‘rtasida eskilik sarqiti sifatida nima to‘g‘risida bahs bo‘lib o‘tadi?
J.: Sovchilik to‘g‘risida

  1. “Qushim boshi”, “O‘rta barmoqni topish”, “Oshxo‘rakam kaptar” singari xalq o‘yinlari qaysi hikoyada tilga olingan?

J.: “Sovchilar”

  1. Qissada hikoyachining opasiga kimnikidan sovchi kelgani voqealari eslanadi?

J.: Odilxo‘janing muallim o‘g‘lidan (Mahmud bukurning qo‘shnisidan)

  1. Qissada hikoyachining opasiga kimdan sovchikelgani voqealari eslanadi?

J.: Muallim To‘laganxo‘jadan

  1. Qissadagi Muborak chevar kim?

J.: “Zinger” mashinasi bor, hikoyachining opasiga sovchi qo‘ygan muallim yigitning onasi

  1. Shibilg‘oni deysizmi, shakarangur deysizmi, echkiemarmi — hammasi shu bog‘da bolardi.

“Sovchilar” hikoyasidan olingan ushbu jumlada nimaning navlari tilga olingan?
J.: Uzum navlari

  1. Mening buvam — dadamning otasi

“shz” bo‘lgan.
“Sovchilar” hikoyasidan olingan ushbu jumladagi “shz” nima?
J.: Shezofreniya kasalligi

  1. “Sovchilar” hikoyasidagi qassob qo‘shnining qizi kim edi?

J.: Guli

  1. Qissadagi qaysi qahramon haqida “O‘g‘il bolalarning hammasi uning uchun qoravoy, qizlarning hammasini oti popuk. Bundan tashqari hech kimni sen demaydi, hammani sizlab gapiradi” deb yozilgan?

J.: Ermon buva haqida

  1. Bolalarga ikki afsona — biri o‘zaro yovlashgan ikki qo‘shni yurt, ikkinchisi paxtaning jannat ne’mati haqidagi afsona so‘zlab bergan qahramon kim?

J.: Ermon buva

  1. Shamol laqabli qahramon kim?

J.: Brigadir Haydar

  1. Ermon buvaning sigirini suv tekinga olgan qahramon kim?

J.: Dalavoy

  1. Ermon buvaning ”tilagi” nima?

J.: Yurtda u dunyo-yu bu dunyo qirg‘inbarot
bo‘lmasligi

  1. Ermon buvaning taqdiri nima bilan tugaydi?

J.: Jinni bo‘lib qoladi

  1. Bolalar kimning uyiga “tut pishdi” deb tez-tezqatnab qoladilar?

J.: Ermon buvaning uyiga

  1. Agar dunyoda ikkita beozor odam bo‘lsa bittasi ... . Agar dunyoda ikkita beozor odam bo‘lsa yana bittasi — .... Ushbu parchada tushirib qoldirilgan so‘zlarni aniqlang.

J.: Ermon buva, Ermon buvaning kampiri — Habiba buvi

  1. Mabodo dunyoda ikkita yuvosh sigir bo‘lsa bittasi ... . Agar shunaqa sigir dunyoda bitta bo‘lsa shu sigirning o‘zi.

Ushbu parchada tushirib qoldirilgan so‘zlarni aniqlang.
J.: Ermon buvaning ola sigiri

  1. Oqsoqlanib yuradigan qahramon kim?

J.: Ermon buva

  1. “Shunaqa yuvosh sigirki, bolalar tagiga kirib emsa ham hoy, nima qilyapsan, deb qayrilib qaramaydi” deb ta’riflangan sigir kimning sigiri?

J.: Ermon buvaning

  1. “Sochi ham, soqoli ham, hatto ko‘ziga qayrilib tushgan o‘siq qoshlarigacha oppoq, yaktagining delvagay yoqasidan ko‘rinib turgan kokragidagi tuklariyam oppoq, faqat ikki yuzi qip-qizil” qahramon kim?

J.: Ermon buva

  1. Ermon buvaning kampiri kim?

J.: Habiba buvi

  1. U yonboshlab yotganicha yaktagining cho‘ntagidan nosqovog‘ini chiqarib bir otim nosni tili tagiga tashlaydi-da, ko‘zlarini qisib bahor oftobiga tikilgancha hassasini chertib xirgoyi qiladi:

Tolda chumchuq sayraydi, Ko‘rsam ko‘nglim yayraydi...
Ushbu parchada tilga olingan qahramon kim?
J.: Ermon buva

  1. Ermon buvaning o‘g‘li kim?

J.: Oltmishvoy

  1. Ermon buvaning urushda o‘lgan o‘g‘li kim?

J.: Oltmishvoy
81.Ammo ... boshqacha yigitda! Bittayam kasal bo‘lmagan. Menday paytida otni egarlab o‘zi choptirgan. Jo‘raboshimizday bolganida ketmon bilan bir tanob yerni hashpash deguncha ag‘darib tashlagan. ... ana shunaqa yigit!
Ushbu parchada kim ta’riflangan?
J.: Oltmishvoy

  1. Suratda dengizchilarning kokildor shapkasini kiygan qop-qora yigit jilmayib turibdi. Ushbu yigit kim?

J.: Oltmishvoy

  1. “Ot tepkisi otga o‘tmaydi” maqoli qaysi hikoyada keltirilgan?

J.: “Mening Acha xolam”

  1. Akasining urushdan kelishi haqidagi fol uchunona Acha xola (lo‘li)ga nima beradi?

J.: Kumush qoshiq

  1. Pochtachi xotin qaysi millat vakili sanaladi?

J.: Tatar

  1. Poraxo‘r vrach haqida qaysi hikoyada so‘z yuritilgan?

J.: “Imon”

  1. Achinska (Achinskiy) kim?

J.: Hikoyachining bolaligida butun badaniga yara chiqqanida davolagan vrach

  1. ...Bechora hayotda omadi yurishmagan xotin. Zavodda o‘ttiz yil ishlagan. Yoshligida beva qolgan. Yolg‘iz o‘glini deb umrini o‘tkazgan. Aytishlariga qaraganda, o‘glini rejim bilan ovqatlantirib, rejim bilan uxlatib o‘stirgan ekan. Bitta farzanddan ham buyurmadi. O‘g‘li uylanishi bilan xotininikiga ko‘chib ketdi.

Ushbu xotin kim?
J.: Klava xola

  1. —Obaki dandon

Lablari xandon
Chaynama, shimi, Chaynama-a-a!
Ushbu xalq qo‘shigi qissaning qaysi hikoyasida uchraydi?
J.: “Opamni topib oldim”

  1. Hikoyachining o‘gay opasining ismi?

J.: Bashor opa

  1. Ko‘p va uzoq kiyilgan etik qaysi hikoyada Nabi sartaroshning iyagiga o‘xshatilgan?

J.: “Bozor”

  1. Katta akamdan kichkina akamga, kichkina akamdan menga, mendan ukamga yetib borguncha, telpakmas, taqiri chiqqan bir parcha teri qoladi.

Ushbu jumla qaysi hikoyadan olingan?
J.: “Bozor”

  1. “Bozor” hikoyasida Qoraquloq laqabli echkinecha so‘mga sotiladi?

J.: 150 so‘mga

  1. Qissaning qaysi hikoyasida ikkiyuzlamachi dallol obrazi keltirilgan?

J.: “Bozor”

  1. Qissaning qaysi hikoyasida muallif o‘zining “pora” olganini yozgan?

J.: “Po‘stdumbali moshkichiri”

  1. “Po‘stdumbali moshkichiri” hikoyasida muallifNaim sartaroshdan nimani “pora” sifatida olganini yozgan?

J.: Bir kosa moshkichirini

  1. Bu hikoyada muallifning onasi ammasining qistoviga binoan folbinga borib qo‘shnisi Sepkilli xolani o‘g‘riga chiqarib qo‘yadi. Ammo onasining yo‘qotgan narsasi keyin topilib rosa uyatga qoladi. Aybini yuvish uchun Sepkilli xolaning o‘g‘li Hakimjonning to‘yida (to‘yga aytilmagan bo‘lsa ham) astoyidil xizmat qilib, “kelin salom” marosimida kelinga qimmatbaho sovg‘a berdi. Xullas, bu hikoyadan “folbinning gapiga kirib badnom bo‘lib qolish, eng yomoni begunoh insonlarning dilini jarohatlab qo‘yish mumkin”, degan xulosa chiqarishimiz mumkin.

Ushbu parchada qissadagi qaysi hikoya haqida fikr yuritilgan?
J.: “Oltin baldoq”

  1. “Oltin baldoq” hikoyasida “kambag‘albop kiyim” deb nima tilga olingan?

J.: Chiyduxoba shim

  1. “Oltin baldoq” hikoyasidagi Saida (Sai) kim?

J.: Sepkilli xolaning qizi

  1. “Oltin baldoq” hikoyasidagi Isroil mo‘ylov kim?

J.: Sepkilli xolaning eri

  1. “Oltin baldoq” hikoyasidagi baldoq onaga kimdan meros edi?

J.: qaynonasidan

  1. — Hmm! — Ammam shunday tahdidli bosh chayqadiki, qorong‘i bo‘lsa ham qoshi chimirilib ketganini aniq ko‘rdim. — Ketsa, boydan ketibdi, deng! Belingiz qayishib topmaganingizdan keyin joningiz achimaydi-da, kelinposhsha! Ushbu parchada gap nima haqida?

J.: Yo‘qolgan oltin baldoq haqida

  1. Sepkilli xolaning haqiqiy ismi nima?

J.: Sharofat

  1. Qissaning qaysi hikoyalarida folbinlik haqidaso‘z yuritilgan?

J.: “Mening Acha xolam”, “Oltin baldoq” 105. “Oltin baldoq” hikoyasida Sepkilli xolaning o‘g‘lining nikoh to‘yiga ona nima pishirib chiqadi? J.: Bir tog‘ora qushtili

  1. “Oltin baldoq” hikoyasida Sepkilli xolaningo‘g‘li kim?

J.: Hakim aka

  1. Karmonni katta ochgan Ayamay pulni sochgan,

Qorinlari qopday,
Mo‘ylovlari shopday
Qaynotasiga salo-o-m!
Ushbu xalq qo‘shig‘i qaysi hikoyada keltirilgan?
J.: “Oltin baldoq”

  1. Tili bilan teng aylanadigan,

Xizmatiga shaylanadigan,
To‘ydan quruq qaytmaydigan So‘zlari moyday, yuzlari oyday, Qaynonasiga salo-o-m!
Ushbu xalq qo‘shig‘i qaysi hikoyada keltirilgan?
J.: “Oltin baldoq”

  1. Dutorini sayratgan,

Dilimizni yayratgan,
Zebi opaga salo-o-m!
Ushbu xalq qo‘shig‘i qaysi hikoyada keltirilgan?
J.: “Oltin baldoq”

  1. “Oltin baldoq” hikoyasida kelinsalomda Isroilmo‘ylov keliniga nima sovg‘a qiladi?

J.: Namat

  1. “Oltin baldoq” hikoyasida kelinsalomda Sepkilli xola keliniga nima sovg‘a qiladi?

J.: Bir dasta chinni kosa

  1. “Oltin baldoq” hikoyasida kelinsalomda onakelinga nima sovg‘a qiladi?

J.: Oltin baldoq

  1. “Oltin baldoq” hikoyasida kelinsalomda Zebixola kelinga nima sovg‘a qiladi?

J.: Bitta tugun (ichida nima borligi noma’lum) 114. O‘ris bolaning haqiqiy ismi nima?
J.: Valentin

  1. Yor yurgan ko‘chalarni supuray sochim

bilan,
Changi chiqsa suv sepay, ko‘zdagi yoshim bilan misrali qo‘shiq kim tilidan xirgoyi qilinadi?
J.: Zebi xola

  1. Jon bolam, jonim bolam, qaylardasan, bergil xabar,

G‘amda boshim, ko‘zda yoshim, ichganim bo‘ldi zahar.
Za’farondek sarg‘ayurman, hasratingda qon yutib,
Ko‘zlarimning nuri ketdi, yo‘llaringga ko‘z tikib misrali qo‘shiq kim tilidan xirgoyi qilinadi?
J.: Zebi xola

  1. ...dan hayiqmaydigan bola yo‘q edi. Erkaklardek barvasta gavdali, qop-qora bu xotinning yo‘g‘on ovozi ham, uzun qirra burni, ketmonni yelkasiga tashlagancha etik kiyib g‘oz yurishi ham boshqa ayollarga o‘xshamas, hatto qoramtir siyrak mo‘ylovigacha bor edi.

Ushbu parcha qissadagi qaysi qahramon haqida?
J.: Zebi xola

  1. “Q” bilan “G‘”ni aytishga hech tili kelishmaydigan bola kim?

J.: Vali

  1. Zebi xolaning urushdan qaytmagan o‘g‘li kim?

J.: Kimsan

  1. Qissadagi qaysi qahramonning ham eri, hamo‘g‘lidan bir oyda “qora xat” keladi?

J.: Zebi xolaning

  1. Bolaligida hammaning ham tishi tushadi. Meniki g‘alatilik bo‘lgan: birinchi tishimni urib tushirishgan...

Qissaning davomida aytilishicha bunga kim sababchi bo‘lgan?
J.: Xo‘ja

  1. Qissadagi qaysi bolaning onasi dadasi urushga ketganida Chirchiq tomonlarga qochib ketadi?

J.: Xo‘janing

  1. Qissadagi qaysi qahramon “gapirganida duduqlanib qoladi”?

J.: Egamberdi aka

  1. “Suyak tishimni ol, tilla tishimni sol” iborasi qaysi hikoyada uchraydi?

J.: “Xo‘ja”

  1. Shishani zargarga berdim to‘tiyo bo‘lgaymi deb,

Chin ko‘ngilni yorga berdim oshno bo‘lgaymi deb...
Zebi xola ushbu qo‘shiqni kimning to‘yida kuylaydi?
J.: Xo‘janing dadasining to‘yida

  1. Xo‘janing taqdiri nima bo‘ladi?

J.: Cho‘ntakkesar o‘g‘ri bo‘lib ketadi

  1. “Ataladan suyak chiqibdi” maqoli qaysi hikoyada qo‘llanilgan?

J.: “Oy quyoshdan nur oladi”

  1. “Shapko‘r” laqabli qahramon, Risolat muallimning o‘g‘li kim?

J.: Vrach Orif

  1. Bir ko‘zi ko‘r qahramon kim?

J.: Xolposh xola

  1. Qissadagi doim “girgitton” deb gapiradigan qahramon kim? J.: Xolposh xola

  2. “Oy quyoshdan nur oladi” hikoyasida nimahaqida hikoya qilinadi?

J.: Uylanmagan Afzal akaning beva qolgan Risolat muallimga uylanmoqchi bo‘lgani

  1. U guzardagi bozorchaning kiraverishida, tagiga pastak kursicha qoyib o‘tiradi. Oldida ikkita xalta. Bittasida pista, bittasida ...

“Pistachi” hikoyasidan olingan ushbu jumlani to‘ldiring.
J.: Qurut

  1. Uning moli xuddi magazindagi singari qat’iy narx bilan sotiladi. Chumchuqning tuxumidek qurutning ikkitasi (1), pistaning stakani (2).

”Pistachi” hikoyasidan olingan ushbu jumlada raqamlar o‘rniga mos so‘zlarni belgilang.
J.: O‘n tiyin, yigirma tiyin

  1. O‘tgan-ketganga iljayib qaraydi. Silliqroq juvonlar o‘tsa sariq mo‘yiovini burib boshini sarak-sarak qilib qo‘yadi.

Yaqinroq kelgan kishi og‘zidan arzon vino hidi gupillayotganini sezadi... Bu —
Dalavoy.
Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan?
J.: “Pistachi”

  1. Qissada hikoyachining dadasini tomorqasidagi daraxtni kesgani uchun qamatmoqchi bo‘lgan, keyin pora so‘ragan qahramon kim?

J.: Dalavoy

  1. Yelkasidan oshirib tashlab olingan charm tasmali sumkasi, qolidagi qamchisi kishida qandaydir qo‘quvga o‘xshagan narsa uyg‘otardi. Odamlar uni ko‘rganda azbaroyi hurmat qilganidan emas, qo‘rqqanidan salom berardi. “Pistachi” hikoyasidan olingan ushbu parchada kim haqida so‘z yuritilgan?

J.: Dalavoy haqida

  1. Birinchi xotini ham, ikkinchisi ham tug‘magan, har ikkisini ham “qisir sigirsan” deb haqoratlaydigan qahramon kim?

J.: Dalavoy

  1. Pistachi laqabli qahramon kim?

J.: Dalavoy

  1. G‘irt chapani, ammo qo‘li gul yigit. To‘sin tashlash deysizmi, ustun qoyish, pol qoqishmi — hammasini o‘rinlatadi. Halol ishlaydi. Faqat bitta kamchiligi bor — ichadi, har kuni ichadi. Peshingacha amallab turadi-yu, tushlik paytida chidolmay qoladi.

Ushbu qahramon kim?
J.: “Usta” hikoyasidagi Abdujabbor

  1. Ichkilikka mukkasidan ketgan Abdujabbor obrazi qissaning qaysi hikoyasida keltiriladi? J.: “Usta” 141. Bog‘ aro-o-lab boraman, Gulshan aro-o-olab boraman...

Ushbu qo‘shiqni aytadigan qahramon kim?
J.: “Usta” hikoyasidagi Abdujabbor 142. “Kaltakesakning dumi”ga o‘xshatilgan qahramon kim?
J.: Huri satang

  1. Qissadagi qaysi hikoya qabriston tasviri bilanboshlanadi?

J.: “Alla”

  1. Nega shunaqa? Nahotki, go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Ehtimol, buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol, ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun ham ona — tabiatning eng buyuk ixtirosidir. Ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan?

J.: “Alla”

  1. “Alla” hikoyasida qayerning darvozasi “bir tomonda

  2. tilovat, bir tomonda alla yangrayotgan darvoza” deb ta’riflanadi?

J.: Qabristonning

  1. Qissadagi qaysi hikoya “Bahor devorlarning oftobro‘ya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor go‘ristondan boshlanadi” degan gaplar bilan boshlanadi?

J.: “Oq marmar, qora marmar” 147. Qissasidagi qaysi hikoyada “Onajon, sizni toabad unutmaymiz”, “Onajon, qildingiz bizga jon fido, e voh, taqdir sizdan ayladi judo”, “Onajon, xotirangiz qalbimizda mangu yashaydi” degan iltijolar bayon qilingan? J.: “Oq marmar, qora marmar”

  1. “Oq marmar, qora marmar” hikoyasida “Kim bilsin, tabiatning marhumlar ruhiga yilda bir marta ko‘rsatadigan marhamati, ehtimol, shudir...” deb nimaga ishora qilingan? J.: Qizg‘aldoqlarga

  2. Qissaning qaysi hikoyasida insonning Ona oldidagi burchi hech qachon to‘lab bo‘lmaydigan qarz ekani ta’sirchan ifodalangan?

J.: “Iltijo”

  1. Qissaning qaysi hikoyasida Ona “meni ham kitob qilib yozsang-chi, o‘g‘lim” deydi?

J.: “Iltijo”

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish