“O‘tkan kunlar”



Download 0,66 Mb.
bet3/8
Sana16.06.2022
Hajmi0,66 Mb.
#676113
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“O‘tkan kunlar”

“SHUM BOLA”


  1. Quv, lofchi, ayyor, lekin ko‘ngli toza obraz kim?J.: Shum bola

  2. Qaymoq bozorining burilishida, mahkamaningboshidagi choyxona kimniki?

J.: Ilhom samovarchiniki

  1. Ilhom samovarchining choyxonasida nima chalinadi?

J.: Grammafon

  1. Ilhom samovarchining choyxonasidagi samovarchining ismi nima?

J.: Asra kal

  1. Ba’zi boyvachchalarning dasturxonida qorniga qaldirg‘och surati solingan, ustiga poxoldan to‘r to‘qilgan konyaklar ham ko‘rinar edi.

Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: ”Shum bola”

  1. Ustida oldi ochiq yaktak, oyog‘ida qala kavush, zangori shohi qiyiq bog‘lagan, yelkasiga xolparang ro‘mol tashlagan xushfe’l yigit edi.

Ushbu parchada kim tasvirlangan?
J.: Samovarchi Asra kal

  1. Patlarining rang-barangligi Oysha chevarning ish qutisidagi ipaklarday tovlanar edi. Ko‘k, qizil, zangori, sariq, oq, pushti, jigarrang, go‘los, pistoqi - boringchi, dunyoda qancha rang bo‘lsa, shu to‘tining patida bor edi.

Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: ”Shum bola”

  1. ”Asra, Asra! Mehmonga qara, bir choy, bir chilim. keling, mulla akalar, keling, boyvachchalar”.

Ushbu gaplarni kim aytgan?
J.: To‘ti

  1. Mulla jinni, Karim jinni, Maryamxon, Xol parang jip-jinni, Tojixon, Juft kaptar, Olim jinni, Eshon oyi, Ovoz jinni singari jinnilar haqida qaysi asarda so‘z yuritilgan?

J.: ”Shum bola”

  1. Unga na xudo, na payg‘ambar, na Shohidoyat hoji-yu, Orifxo‘ja eshon va Olim qoziyu, Sharifjon Duma — baribir so‘kaverardi.

Ushbu jinni kim?
J.: Karim jinni

  1. U ilgari bo‘zchi ekan, chit ko‘payib ketganidan bo‘z o‘tmay qolib, bozori kasodga uchrab, bola-chaqasini boqolmay, jinni bo‘lib qolibdi ...

Ushbu jinni kim?
J.: Karim jinni

  1. U qirq-qirq besh yoshlar chamasidagi qorachadan kelgan, xushqomat, qalamqosh bir xotin edi. Bu xotin aslida qalandarxonalik Mittixon to‘ram degan eshonning xotini bo‘lib, eshon shu xotinning singlisi bilan o‘ynashib turganida ustidan chiqib qolib, jinni bo‘lib qolgan ekan.

Ushbu jinni kim?
J.: Eshon oui jinni

  1. Nikoloy bormi, Kaufman bormi, Mochalov bormi, Nabi o‘g‘ri degan mirshab bormi — hammasini bir qozon qilib, martabasining pasti-balandligiga qaramay so‘kaverar edi. Ushbu jinni kim?

J.: Juft kaptar jinni

  1. ...tagi qo‘qonlik ekan, Qo‘qonda baxmal to‘qir ekan. Keyin do‘kon-dastgohiga o‘t tushib ketib, jinni bo‘lib qolibdi.

Ushbu jinni kim?
J.: Xol parang jinni

  1. Qaysi jinni haqida ”havaskor jinnilardan edi” deb yozilgan?

J.: Avaz jinni

  1. Qaysi jinnining asl ismi Mamatrayim edi?

J.: Mayramxon jinni

  1. U eskidan chilangar edi. Ketmonning zug‘otasi, eski tish, otashkurak, tunuka qaychi, shunga o‘xshagan eski-tuski temirtersaklarni bir simdan o‘tkazib, boshiga kiyib yurar edi. O‘z qo‘li bilan ovqat yemas edi.

Ushbu jinni kim?
J.: Mayramxon jinni

  1. Uning bozordagi mayda kosiblardan ixlosmandlari ko‘p edi. Beshikchilar, raroqchilar, dukchilar ...ni o‘z qo‘llari bilan ovqatlantirishni baxt deb bilar edilar.

Ushbu jinni kim?
J.: Mayramxon jinni

  1. Temir-tersak asboblar zavoddan chiqa boshlagandan keyin ...sinib jinni bo‘lib qolgan ekan. Ushbu jinni kim?

J.: Mayramxon jinni

  1. Har mahallaga bittadan shahar dumaxonasi o‘tkazgan xira fonuslarning ichida yettinchi pilikli kerosin chiroq yonar edi. Bu chiroqlarni har kuni kechqurun narvon ko‘targan chirog‘bon kerosinidan, piligidan xabar olib, shishasini artib o‘zi yoqib, azonda o‘zi o‘chirib ketadi. Bu ko‘cha fonuslarining yorug‘i uncha bo‘lmaydi.

Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Shum bola”

  1. Qaysi o‘yinlar oqshom o‘yinlari sanaladi?

J.: ”Kurash, ”botmon-botmon”, ”oq terakmi, ko‘k terak”, ”qushim boshi”, ”mindi-mindi”, ”o‘g‘ri keldi”, ”bekinmachoq”

  1. Qaysi o‘yinlar kunduzgi o‘yinlari sanaladi?

J.: Oshiq o‘yini, yong‘oq o‘yini, to‘p o‘yini, zumchillak o‘yini, yov-yov, o‘q-kamalak otish, yalang‘och poyga, ot o‘g‘risi

  1. “Qushim boshi” shunaqa o‘yin: bolalar ikki to‘daga ajralib, ular ichidan ikkitasi “onaboshi” bo‘ladi. Ular bitta laganni qushga o‘xshatib tugadi. Har ikki bola bir-biriga shivirlashib, bir qushning otini yashirishadi. Sutimi, baliqchimi, chittakmi, qumrimi, itolg‘imi, qirg‘iymi, miqqiymi — biror qushning nomini yashirishadi.

Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Shum bola”

  1. Xum-xum hazrati xum,

Umarali xon-u Madalibek,
Madalibekning zamonida
Tarala gijbang-u Tarala gijbang.
Ushbu ashula matni qaysi asarda qo‘llanilgan?
J.: “Shum bola”

  1. “Yalang‘och poyga” o‘yinimiz yaxshi o‘yin. Ikkita do‘ppini chakkalarimizga bog‘lab, otning qulog‘iga o‘xshatib orqa etaklarimizni tugib dum qilib, turli masofaga kim o‘zarga yuguramiz... Oldin kelgan bolalarga chapak chalib, barakalla aytib, hurmat ko‘rsatamiz. Ikkinchi poygagacha u zo‘r hisoblanib yuraveradi.

Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Shum bola”

  1. Machitning bittasi — Tikonli mozorda, ikkinchisi - Yettimachit, Qo‘rg‘ontagida. Har ikki machitning yonida maktab bor. Mahalla imomlari o‘z navbatida o‘qituvchi.

Tikonli mozor machitida Shamsi domla muallim, Qo‘rg‘ontagida Hasanboy domla o‘qitadi. Men Hasanboy domlada o‘qidim.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Shum bola”

  1. Karim qori degan gazlamafurush, Yoqub qovoq degan mumfurush, Abdullaxo‘ja degan bo‘yoqfurush boylar qaysi asarda tilga olingan?

J.: “Shum bola”

  1. Qoravoy qaysi domlada savod chiqaradi?

J.: Hasanboy domlada

  1. Kimning otasi qalamtarosh-pichoq yasaydiganusta edi?

J.: Omonning

  1. Kimning otasi yakanchi — eski-tuski yig‘uvchiedi?

J.: It Obidning

  1. Kimning otasi qin tikuvchi usta edi?

J.: Bit Obidning

  1. Kimning otasi g‘o‘zafurush edi?

J.: Turobboyning

  1. Kimning otasi ko‘n etik tikar edi?

J.: Yo‘ldoshning

  1. Kimning otasi bo‘yincha tikar edi?

J.: Husnibiyning

  1. Kimning otasi hofiz edi?

J.: Solihning

  1. Kimning otasi kerosinfurush bo‘lib, ot-aravabilan ko‘chama-ko‘cha yurib Nobel shirkatining kerosinini sotar edi?

J.: Abdullaning

  1. Kim haqida “otasi qal’a savdogari bo‘lib, besh-olti yillab Qashqarda, Irbitda savdogarchilik bilan yurgan yillarda onasining qornida “olti oylik yopishib qolib”, dadasi kelgan yili uch oydan keyin tug‘ilgan ekan” deb yozilgan?

J.: Po‘latxo‘ja

  1. Qoravoyning etikdo‘zlikdagi ustasi kim?

J.: Usta Miraziz

  1. Kim haqida ”Otasi Salimboy so‘fi qushxonadan so‘ngak olib kelib qaynatib, yog‘ini olib tirikchilik qilar edi” deb yozilgan? J.: Usta Miraziz haqida 40. Kim haqida ”1860-yillarda Yoqubbekning askari bo‘lib, Qashqar qo‘zg‘olonida bitta xitoy qizini o‘lja qilib ot orqasiga mingashtirib olib kelib, musulmon qilib nikohlab olgan ekan. Uning xitoycha otini Baxtibuvi deb o‘zgartirgan. Miraziz aka Baxtibuvining uch o‘g‘lidan eng kenjasi” deb yozilgan? J.: Salimboy so‘fi haqida

  1. Qoravoy va uning o‘rtoqlari uyushtirgan xalfanadagi oshda oshpazlik kimning chekiga tushadi?

J.: Husnibiyning

  1. Qoravoy va uning o‘rtoqlari uyushtirgan xalfanadagi oshda qozon, cho‘mich, tuz, qalampir, suv olib kelish kimning chekiga tushadi?

J.: Husnibiyning

  1. Qoravoy va uning o‘rtoqlari uyushtirgan xalfanadagi oshda guruch va sabzi olib kelish kimning chekiga tushadi?

J.: Yo‘ldoshning

  1. Qoravoy va uning o‘rtoqlari uyushtirgan xalfanadagi oshda go‘sht olib kelish kimning chekiga tushadi?

J.: Abdulla do‘lvorning

  1. Qoravoy va uning o‘rtoqlari uyushtirgan xalfanadagi oshda yog‘ olib kelish kimning chekiga tushadi?

J.: Qoravoyning

  1. Qoravoyning Sa’vondagi ammasining eri nimaish qiladi?

J.: Mo‘ynado‘z kosib

  1. Ovga kirishadigan sohibchangan qushlardan: qarchig‘ay, miqqiy, qirg‘iy; urishadigan qushlardan: dakangxo‘roz, oddiy xo‘roz, amirkon xo‘roz, kaklik, bedana (bu ikkisi sayrash uchun ham boqilib, cho‘p qafasda, to‘rqovoqda saqlanadi). Sayraydiganlardan: qumri, sa’va, bulbul, mayna va boshqalar.

Ushbu qushlarning egasi kim?
J.: Qoravoyning pochchasi (ammasining eri) 48. ...faqat uyning ziynati uchun boqiladigan bitta ov tozisi, bitta ko‘ppak, bitta laycha kuchuk, besh-oltita bolalari bilan ko‘ppak, bitta Buxoro baroq mushugi bor edi.
Ushbu kishi kim?
J.: Qoravoyning pochchasi (ammasining eri) 49. Ularning uyidagi gullarning-ku sonsanog‘i yo‘q: gulbeor, gulra’no, gulsafsar, gulhamishabahor, qo‘qongul, qalampirgul, namozshomgul, sambitgul, atirgul, kartoshkagul, qashqargul...
Ushbu uy kimniki?
J.: Qoravoyning ammasiniki

  1. Pochchasining avaylab boqayotgan qushlarigaqatiq, suzma ichirib, harom o‘ldirib qo‘ygan bola kim?

J.: Qoravoy

  1. ”Miqqiyning qulog‘i ostida qolgan edi” iborasi qanday ma’no ifodalaydi?

J.: Miqqiy o‘lgan edi

  1. Qoravoy pochchasinikidan qaysi qushni olib ketadi?

J.: Qumrini

  1. Men ketarman yo‘lda yig‘lab, sen qolarsan zor-zor,

Qumri qushning bolasidek ikkalamiz intizor.
Intizorlik torta-torta tanda toqat qolmadi, Yo‘l chivindek sarg‘ayib, yurarga holat qolmadi,
Yo‘l chivinning holini yo‘lda yo‘lda
yo‘lovchidan so‘rang,
Biz g‘aribning holini aqli rasolardan so‘rang.
Ushbu she’riy parcha qaysi asardan olingan?
J.: ”Shum bola”

  1. Qoravoy ”Achchabod degan shahri azim”dagibolalarga uch dona g‘alvir gardish, bitta yog‘och shaqildoq, ikki dona bolalar o‘ynaydigan yog‘och beshikcha, bittasi terisi va gardishi qizilga bo‘yalgan chirmandacha, bitta tutash dastalik kurak, ikki chaynam saqich va boshqalarga nimani almashadi?

J.: Pochchasinikidan olib ketgan qumrini

  1. Qoravoy ”qush uchsa, qanoti, odam yursa oyog‘i kuyadigan” cho‘lda kimni uchratadi?

J.: O‘rtog‘i Omonboyni

  1. Tursun pichoqchining o‘g‘li kim?

J.: Omonboy

  1. Kim ”yelkasida yetti yarim qadoqlik ketmon — mardikorlik qilib yurgan holatda” tasvirlanadi?

J.: Omonboy

  1. Saratonda jiyda mevalari danagiga alif yozdirish uchun Makkaga ketadi. Bir oydan keyin mevalar qaytib keladi. Ushbu gap qaysi asardan olingan?

J.: ”Shum bola”

  1. ”Shum bola” asarida bir yil hosil qilib, bir yil hosil qilmaydigan meva daraxtlarga nisbatan qanday so‘z qo‘llangan?

J.: Solkash

  1. Qoravoy va Omonboy ”mol-u jonni bir qilib, ahd-u paymon qilib” qaysi shaharga borishadi?

J.: Ko‘kterak shahriga

  1. Hay-hay, bozor bo‘lganda ham qanday bozor deng? Bu tomoni Eron-u Turon, Makka-yu Madina, Maymana-yu Maysara, Xito-yu Chin, Istanbul-u Mozandaron — na quyi, na past, na o‘ng-u na chap... Bay-bay, bunday bozor ”Qissasul-anbiyo”da ham, ”Huriliqo” degan kitobda ham yozilmagan, hech qayerda — tarixda yo‘q.

Ushbu bozor qayerning bozori?
J.: Ko‘kterakning

  1. Bir qator attorlar eski qop, yag‘ir sholcha, yirtiq bo‘z parchalardan qizil, oq, ko‘k, yashil laxtak quroqlardan turli-tuman soyabonlar yasab, mollarini bevosita yerning o‘ziga yoyib qo‘yibdilar.

Ushbu bozor qayerning bozori?
J.: Ko‘kterakning

  1. Bu mollar ichida jahondagi attorlikning hamma jihozi topiladi. Bit, burgaga qarshi ishlatiladigan o‘ldirilgan simob deysizmi, qo‘tirga qarshi indov yog‘i, yomon yaraga qarshi xuni dori, mozi, zanjabil, sanoyi makka, kuchala, ko‘zmunchoq, dumaloq upa, ko‘rpa igna, soqol taroq, halilai zang degan quvvat dori, ishtonbog‘, ishton pocha buxor saqich, qora saqich, har qanday yaraga dori bo‘lgan balzammoy, qalampirmunchoq, tomir dori — qo‘ying-chi, hamma narsa bor. Ushbu bozor qayerning bozori?

J.: Ko‘kterakning

  1. Bir tomonda kulollik mollari, bir tomonda sovungarlik. Sopol tog‘ora deysizmi, tog‘orocha deysizmi, xumdondan yangi chiqqan xum deysizmi, xurmacha, ho‘qacha deysizmi? Chertib ko‘rishga maxtal jaranglab ketadi. Ushbu bozor qayerning bozori?

J.: Ko‘kterakning

  1. Bir tomonda kulcha sovun, yaxnak sovun, mum sham... Dunyodagi hidlar ichida sovunbozorning hididay ”xushbo‘ylik” jahonda bo‘lmasa kerak. Kimga nima yoqadi? Omonga sovun bozor yoqar edi. Ushbu bozor qayerning bozori?

J.: Ko‘kterakning

  1. Omonga qaysi bozor yoqadi?

J.: Sovun bozori

  1. Bu yerda joningizga orom beradigan hamma narsa topiladi: saldoti shim deysizmi, poyma-poy sag‘ri kavush deysizmi, biror yetti yilgina kiyilgan, asli matoi nima ekanligi ma’lum bo‘lmagan guppi deysizmi, Mallaxon zamonidan qolgan mursak deysizmi, chevar qizlar uchun rangorang quroqlar deysizmi, ot bo‘ktargisi, yolpo‘sh, gulchin bilan tagcharm qo‘yilsa hali kiysa bo‘ladigan nimdoshgina saxtiyon mahsi deysizmi, paytavabop mollarmimg va lungibop matolarning son-sanog‘i yo‘q.

Ushbu bozor qaysi bozor?
J.: ”Bit bozor”

  1. Bu mollarni yoyib o‘tirgan chayqovchilarning aft-basharasini aytmaysizmi? Betlariga bir hafta ichi suv tegmagan, soqollari ustaradan ozod, basharalaridan ”nur” yog‘ilib turadi. Biror molni so‘rab qolsangiz, eng avval xuddi ammasining o‘g‘li tirilib kelgandek, albatta, qo‘l olib so‘rashadi, keyin narx aytadi.

Ushbu kishilar qaysi bozorning sotuvchilari?
J.: ”Bit bozor”ning

  1. Qoravoy va Omon Ko‘kterakdagi bozorda kimni uchratib qolishadi?

J.: Husnibiyni

  1. Husnibiy kimning o‘g‘li?

J.: Bo‘yinchado‘z Omonbiyni

  1. Ko‘kterakning bozorida ota kasbini tashlab laxtakfurushlik qilib yurgan bola kim edi?

J.: Husnibiy

  1. Pul birligi sifatida bir paqir necha tiyin bo‘ladi?

J.: Ikki tiyin

  1. Laxtak so‘zi qanday ma’no anglatadi?

J.: Matoning gazlab-gazlab sotilgandan keyin to‘pning oxirida qolgan ozgina qoldig‘i 74. O‘z molini Ko‘kterakning bozorida ”Poplin deysizmi, xushvoq deysizmi, chidaganga chiqargan deysizmi, burga chit deysizmi, rohatbadan deysizmi, surp, tik, shayton teri deysizmi, kep qoling, xaridor” deb sotib yurgan bola kim edi?
J.: Husnibiy

  1. Kim Qoravoy va Omonni ko‘rib xuddi imom Hasan bilan imom Husanni tirik ko‘rgandek quvonib ketadi?

J.: Husnibiy

  1. Qoravoy necha yoshda tasvirlangan?

J.: 14 yoshda

  1. Qoravoyning amakilari qayerda yashashadi?

J.: Qoplonbekda

  1. Nabi mirshab qaysi asar qahramoni?

J.: ”Shum bola”

  1. Kim akasining to‘pponchasini o‘g‘irlab, qorovulning itini otib qo‘yadi?

J.: Po‘latxo‘ja

  1. Kimning machit tobutxonasidagi bedasi yonibketadi?

J.: Jalil baqqolning

  1. Qoravoyning qaysi o‘rtog‘i ”Nabi mirshabingdan ham, Mochalovingdan ham, ko‘r Rahim qorovulingdan ham qo‘rqmayman” deb maqtanib yuradi?

J.: Po‘latxo‘ja

  1. Shaqildoqni bir dehqon bolaga qanchaga sotishadi?

J.: Bir qovun, ikki tarvuzga

  1. Childirmani kimga va qanchaga sotishadi?

J.: Saman ot mingan xushmo‘ylov yigitga, bittangayi ashrafga

  1. Beshik va gardishni kimga va qanchaga sotishadi?

J.: Bir qozoq kampirga, yigirmata tuxum, bir do‘ppi so‘k, o‘nta tuya qurtga

  1. Qaysi asarda ”Oziqlik ot horimas”, ”Semizlikni qo‘y ko‘tarar” singari maqollar qo‘llanilgan?

J.: ”Shum bola”

  1. Sulton o‘g‘ri qayerlik edi?

J.: Qo‘g‘urmoch mahallalik

  1. ”Yo Ali” degan tamg‘ali uzuk kimniki?

J.: Sulton o‘g‘riniki

  1. Pul birligi sifatida miri kam ikki tanga nechatiyin bo‘ladi?

J.: O‘ttiz besh tiyinga

  1. Yaxshiqiz kim?

J.: Bo‘zagar kampir

  1. Oltmishlardan oshgan bir xotin, oq oralagan sochlari taralmagan boshida dakana, belida shol belboq. Ayolning orqa sochiga besh-oltita bir so‘mlik, yarim so‘mlik so‘lkavoylardan saqina osilgan.

Ushbu xotin kim?
J.: Yaxshiqiz (bo‘zagar kampir)

  1. ... suzishning o‘z qoidasi bor. U siqib suzilmaydi, balki ro‘molni sidirib suziladi. Nuqtalar o‘rniga qoyilishi kerak bo‘lgan so‘z qaysi so‘z?

J.: Bo‘za

  1. Bo‘za solinadigan idish nima deyiladi?

J.: Qovoq manak

  1. Bizning aslimiz Buxoroyi sharifdan... Dadam rahmatli ham ”kuf” desalar suvni teskari oqizib, ”suf” desalar ko‘rning ko‘zini ochib yuboradigan ulug‘ zot edilar.

Ushbu maqtanchoq kishi kim?
J.: Domla

  1. Avvaliga yigit-yalanglarning bazmida bachcha bo‘lib o‘ynab pul topdim. Nashapashalar ham chekib yurdim. Keyin unchamuncha kissavurlik ham qilib ko‘rdim. Ammo bu hunar bizday zotdor kishilarga to‘g‘ri kelmas ekan.

Ushbu maqtanchoq kishi kim?
J.: Domla

  1. Dalayi dashtlarda odamlarni kuf-suf qilib, ezibichki yozib berib, issiq-sovuq qilib binoyidek tirikchilik qilib yuribman. Ota kasbida gap ko‘p ekan, birim ikki bo‘lib boryapti.

Ushbu maqtanchoq kishi kim?
J.: Domla

  1. Za’far bilan duoyi tumor, ismi a’zam yozish qo‘limdan keladi... Ba’zilar meni ”eshon pochcha” deydi, ba’zilari ”qori aka” deydi, ba’zilari ”mulla aka” deydi.

Ushbu maqtanchoq kishi kim?
J.: Domla

  1. Kim o‘zini ”Muhammad Latif Muhammad

Sharif ibni G‘avsil a’zam” deb tanishtiradi?
J.: Domla

  1. Ko‘chmanchi qozoq ovulida o‘lik yuvib kimlarsharmanda bo‘ladilar?

J.: Qoravoy, Omon va domla

  1. Masjid imomining og‘ilxonasida o‘sallab qolgan ho‘kiz o‘rniga soppa-sog‘ eshakni so‘yib qo‘yib, rosa kaltak yegan qahramon kim?

J.: Qoravoy

  1. O‘choqdan chiqqan zangori tutun osmonga o‘rlab, tevarak atrofga ko‘rpadek yoyilar edi.

Ushbu o‘xshatish qaysi asardan olingan?
J.: “Shum bola”

  1. Ana u — Mezon yulduzining dumi, mana bu yulduz — Yetti qaroqchining boshlig‘i, mana bu — Hulkar, kecha shu tikka kelganda eshak so‘yilgan edi. Mana bu — Somonchining yo‘li, kecha shu kunbotarga yaqinlashib qolganda domla biqinimga tepgan edi.

Ushbu parchada Qoravoyning qaysi holati tasvirlangan?
J.: Tandirga tushib ketgandagi holati

  1. Qayerda kechasi samovarga tushgan chorvachi boyni o‘g‘rilar to‘nab, o‘zini o‘ldirib ketadi?

J.: Kalas bozorida

  1. O‘zim sog‘-salomatman. Qo‘lim ixtiyorimda. Oyog‘im ra’yim bilan yuradi. Ko‘zim ixtiyorimda. Xunuk narsalarga istamasam qaramayman. Og‘zim, jag‘im, tishim jodidek, istagan xashakni qirqib chiqarishga yaraydi. Ammo badanda bir sarkash a’zo bor, u mening ixtiyorimdan tashqari, o‘zboshimcharoq. Unga mening hukmim o‘tmaydi. Bilmaganlar bilsin va ogoh bo‘lsinki, u a’zo kamdan-kam kishilarga vafo qilgan — ...

Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying.
J.: Qorin

  1. U badan mulkining hokimligini ba’zan qo‘limdan olib qo‘yadi. Boshqa a’zolar ham uning isyonchi talablariga qo‘shila boshlaydi. Ko‘zim noshar’iy, harom luqmalarga tusha boshlaydi. Qo‘l ... hukmi bilan ba’zida eng past kishilarga tama kapgiriday cho‘ziladi. Oyoq kutmagan joylarga olib boradi.

Gap qaysi tana a’zosi haqida?
J.: Qorin

  1. Bu qaro ko‘zlar mudom yig‘lar, yotiq qosh ostida,

Ko‘zga olam ters ko‘ringay, mijjalar yosh ostida.
Ushbu misralar qaysi asarda uchraydi?
J.: ”Shum bola”

  1. Darbadarman, mehribon, issiq quchoqqa intizor,

Tonggacha yer —-ko‘rpa-yu, bir parcha g‘isht bosh ostida.
Ushbu misralar qaysi asarda uchraydi?
J.: ”Shum bola”

  1. Ey yurak, tirpinma, baxtning tonggi balkim tez otar,

La’l-u gavhar bir umr yashirinmagay tosh ostida.
Ushbu misralar qaysi asarda uchraydi?
J.: ”Shum bola”

  1. Charx tegirmon toshiday aylandi boshim ustida,

Parchai nondur nasibat shuncha bardosh ostida.
Ushbu misralar qaysi asarda uchraydi?
J.: ”Shum bola”

  1. ”Baxtli ul kishidirkim, u dunyoni tark qiladi, dunyo uni tark qilmasdan”.

Ushbu hikmat muallifi kim?
J.: Navoiy

  1. Bir mamlakatda g‘arib bo‘lsang, hurmatsizlansang, safarni ixtiyor qil.

Ushbu hikmat muallifi kim?
J.: Sa’diy (Sheroziy)

  1. Bugun bozorga o‘xshaydi, Yetimlar zor qaqshaydi,

Yo Ollo do‘st, yo Ollo, Haq do‘st, yo Ollo.
Ushbu qo‘shiqni kim kuylagan?
J.: 7 ta qalandar

  1. Yetimni holini so‘rsang, Otasi yo‘qqa o‘xshaydi,

Yo Ollo do‘st, yo Ollo, Haq do‘st, yo Ollo.
Ushbu qo‘shiqni kim kuylagan?
J.: 7 ta qalandar

  1. Kimning xotini ”no‘g‘ay qoshiq”qa o‘xshatilgan?

J.: Hast eshonning o‘n yetti yoshli to‘rtinchi xotini 114. Oyoq-qo‘ling chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir qarab turmasdan, boshqacharoq yo‘l bilan bo‘lsa ham tirikchilikning payidan bo‘lsang edi, o‘g‘lim... Axir kissa-karmon degan gaplar ham bo‘ladi. Naqdina pul – ham yengil, ham qimmat, ham yashirishga oson bo‘ladi. Naqdina bo‘lsin, bolam, naqdina bo‘lsin...
Ushbu parcha kimning nutqidan olingan?
J.: Hast eshon
115. Kimning xotini eshakning quloq qimirlatishiga boshqorong‘i bo‘ladi? J.: Hast eshonning o‘rtancha xotini 116. Yuzlab qalandarlarga yo‘lboshchi bo‘lib olib, har gapida qayta-qayta Xudoni tilga oladigan ikkiyuzlamachi Eshon obrazi qaysi asarida uchraydi?
J.: “Shum bola”

  1. Qoravoyni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘g‘irlik qilishgayo‘llaydigan, yuzlab qalandarlarga yo‘lboshchi bo‘lib olib, har gapida qayta-qayta Xudoni tilga oladigan ikkiyuzlamachi qahramon kim? J.: Eshon

  2. Daryo toshqin, suvlar to‘lqin, O‘tolmayman-a, yor-yor.

Otim oriq, manzil uzoq, Yetolmayman-a, yor-yor....
Ushbu qo‘shiq qaysi asarda kuylangan?
J.: ”Shum bola”

  1. Qoravoyni Kalas daryosidan biyasida kim o‘tkazib qo‘yadi? J.: Uzumchi chol

  2. Sariboy kim bilan qimor o‘ynab, uning mevazorlari, ichki-tashqi qo‘rg‘onchasi, butun dovdastgohining hammasini yutib olgandi? J.: Chuvalachidagi Yusuf kontor bilan 121. Qoravoyning mehnatiga oyiga xom-pishiq aralash, ona sutidan halol ikki pud o‘n yetti qadoqdan olma bermoqchi bo‘lgan boy kim?

J.: Sariboy

  1. Hech bo‘lmasa, bu yerda, tong azonda avrodchi so‘filarning qichqirib g‘o‘ldiraydigan har xil duolari kishini uyqudan bezovta qilmas edi.

Bu joy qaysi joy?
J.: Sariboyning olmozor bog‘i 122. Qoravoyning mehnatiga oyiga xom-pishiq aralash, ona sutidan halol ikki pud o‘n yetti qadoqdan olma bermoqchi bo‘lgan boy kim?
J.: Sariboy

  1. Bo‘lar-bo‘lmasga ”innaykeyin” deydigan boykim? J.: Sariboy

  2. Qoravoyning Sariboyga aytgan birinchi yolg‘oni nima?

J.: ”Haligi, dandon sopli pichog‘ingiz sinib qolib edi”

  1. Qoravoy Sariboyga yolg‘ondan kimning o‘lgani haqida xabar beradi?

J.: Kenja o‘g‘il Bo‘riboyvachchaning

  1. Qoravoy Sariboyga yolg‘ondan kimning ”dunyoga arziydigan o‘g‘il tuqqani” haqida xabar beradi?

J.: O‘rtancha qizi Adolning

  1. ”Dunyoga arziydigan o‘g‘il” kimga o‘xshaydi?

J.: Badal aravakashga

  1. Qoravoy Sariboyning xizmatida qancha muddat ishlagan edi?

J.: Bir oy-u o‘n to‘qqiz kun 129. Qoravoyning xizmatlari evaziga Sariboy qancha haq beradi?
J.: Yigirma ikki tiyin va sasigan, qurt tushgan 2 pud olma

  1. Kim ”Qo‘ndoqdan ajragan kakku bolasiday, qo‘narga shox-butoqsiz” holda tasvirlangan?

J.: Qoravoy

  1. Tuya suti nima deyiladi?

J.: Qimron

  1. Qoravoy Sariboy bergan olmalarni qaysi bozorda sotadi?

J.: Sariog‘ochning bozorida

  1. Sariog‘ochning qo‘y bozorida Qoravoy kimniuchratadi?

J.: Omonni

  1. Toshkentlik qo‘ychi boylardan bittasiga yiligaikki to‘qli-yu bir echkiga cho‘ponlikka yollangan bola kim edi?

J.: Omon

  1. Omon va Qoravoy haydab borayotgan qo‘ylarkimning paxtazoriga oralab payhon qiladi? J.: Azim puchuq degan boyning 136. Omon va Qoravoy haydab borayotgan qo‘ylar kimning qo‘ylari edi?

J.: Beshyog‘ochlik Qoraxo‘jaboyning

  1. Har ikkovimizning yuragimiz dard tekkan terak yaprog‘iday qaltirab turibdi. Ushbu o‘xshatishga asoslangan fikrda “har ikkovimiz” deyilganda kimlar nazarda tutilgan?

J.: Omon va Qoravoy

  1. Sabzifurush boyning sigiri qanday sigir edi?

J.: ”Otameros” ola sigir

  1. ”Maslahatli to‘n tor kelmas” maqoli qaysi asarda qo‘llanilgan?

J.: ”Shum bola”

  1. ”Egasi yo‘q mol afandiniki” iborasi qaysi asarda qo‘llanilgan?

J.: ”Shum bola”

  1. Nili sahrolardan karvon o‘tgan chog‘, Unga peshvoz chiqar hattoki sahar.

”Gul tong” deb, ”Gul tong” deb urgan
qo‘ng‘iroq Baxtli kelajakdan beradi xabar.
Ushbu she’r qaysi asarda uchraydi?
J.: ”Shum bola”

  1. Bu yulduzni ”Zuhro” deydilar, asli bir kambag‘al kishining qizi ekan. Otaoansi o‘lgandan keyin podsho unga sovchi qo‘ydiribdi. Zuhro qiz: ”O‘zimning sevganim bor, shunga tegaman”, debdi. Podsho qizning sevganini toptirib dorga osibdi. Dorning yog‘ochi uzun, juda-juda baland ekan. Qiz kechasi kelib sevgan yigiti osilgan dor yog‘ochiga tirmashib chiqaveribdi, chiqaveribdi, bosiga yetibdi, undan u yog‘i osmonga bir qadam yo‘l ekan.

Parcha qaysi asardan olingan?
J.: ”Shum bola”

  1. Bu mozorga sig‘ingan, bu buloq suvidan ichgan yoki cho‘milgan kishi pes bo‘lsa tuzaladi, shol bo‘lsa yuradi. ko‘r bo‘lsa ko‘zi ochiladi.

Ushbu mozor kimning mozori?
J.: Hasti Ukkoshaning

  1. Og‘zi qaro alomat, ichi qizil qiyomat” topishmog‘ining javobi nima?

J.: Tandir

  1. Yaxshi buzoq ikki onani emibdi maqoli qaysi asarda qo‘llanilgan?

J.: ”Shum bola”

  1. Jahannam uzra bir ko‘prik erur, oh, O‘shal ko‘prik sirot otliq guzargoh.

Qilichdin tez erur, qildin ingichka,
Pushaymonlar o‘shal kun tushgay ichka.
Ushbu she’riy parcha muallifi kim?
J.: So‘fi Olloyor

  1. Hoji boboning takyaxonasidagi ”mullavachchalar” qaysi kitobni o‘qishadi?

J.: ”Jangnomai Abu Muslimi sohibqiron”

  1. ”Shum bola”dagi qaysi qahramon nutqida ”haromi” so‘zi ko‘p ishlatiladi?

J.: Hoji bobo

  1. Hoji bobo ”har qachonki, hindining puli bir lakdan oshsa, tillani qizdirib manglayiga bosadi-yu, qizil nishon qiladi” deb kimga ishora qiladi?

J.: O‘zining hind mijoziga (Peshovarlik mijoziga)

  1. Kim ”har gapga bir maqol o‘qiydigan ezmaroq kishi” deb ta’riflangan?

J.: Hoji bobo

  1. Kim ”oltita narsani ketma-ket sanamoqchi bo‘lsa, to‘rtdan keyin yanglishib ketar edi” deb ta’riflangan?

J.: Hoji bobo

  1. ... non daraxtda pishadi, odamlari besh yuzga kirganda mo‘ylovi chiqadi. Hammasidan shunisi qiziqki, er-u xotin yalang‘och yuradi. Qish bo‘lmaydi, qo‘y tekin, onabola fil to‘rt tanga...

Ushbu ta’riflangan joy qayer?
J.: Hindiston

  1. ”Toshkentning dona-dona nosini emas, faqat Buxoroning xoki nosini chekadigan” qahramon kim?

J.: Hind sarrofi

  1. ”Oltita tomonida ko‘zi bor toifa emish” deb qaysi millat ta’riflanadi?

J.: Germon (nemislar, Germaniya) 155. Shunday qilib, siyosat to‘g‘risida borayotgan gap nima sababdandir to‘satdan parrandabozlikka aylanib ketar, kim qanday qilib to‘tini ”ahmoq” deyishga o‘rgatganini, kim zag‘chani chakidaxo‘r qilganini, kim tovuqqa qichqirishni mashq berganini, olato‘g‘anoq og‘zidan tuxum qilishini so‘zlay boshlaydilar. Bir nafasda bu gap ham o‘zgarib, ”yer nega qimirlaydi?” bahsi boshlanar edi.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: ”Shum bola”

  1. Baqqolning maymunidek kim ko‘ringanga ajuva bo‘lib yurma, pochtachining otidek har bir do‘konning oldida to‘xtab, ag‘rayma, qassoblikka kirib qolgan begona itdek ko‘ringan bilan yoqalashma. Hayitda qandolat bozorga tushgan qishloqidek badnafs bo‘lma, ko‘ringan narsani olib yeya berma.

Ushbu nasihatlar kim tilidan aytilgan?
J.: Hoji bobo

  1. Qoravoyning singillari nechta?

J.: 3 ta

  1. Attorlikdagi boyvachchalar bilan katta qanorto‘la yigirma puddan ortiq ko‘zmunchoqni aravadan yolg‘iz o‘zi ko‘tarib kimning beli chiqib ketadi?

J.: Qoraboy tojikning

  1. Shahar bozoridagi qorovullarning boshlig‘i Rahmatullo sarkor Qoravoyga nima sovg‘a qiladi?

J.: Bedana

  1. Chorsudagi sirkchilarning egasi kim?

J.: Yupatov

  1. Rafiq masxaraboz qaysi asarda uchraydi?

J.: ”Shum bola”

  1. Qoriq nima?

J.: Ho‘kiz yoki sigirning shoxidan ichini o‘yib tashlab ikki tomoni teshik qilingan qon oladigan asbob 163. Xafaqon — bosh og‘riq bo‘lganlarning tomiridan qon olish, zuluk solish, qoriq qo‘yish, tish sug‘irish, surgi dori berish ham bularning vazifasiga kirar edi, deb qaysi kasb egalariga ishora qilingan?
J.: Sartaroshlarga

  1. U yerda qo‘sh tabaqali, ko‘k moyga bo‘yalgan bag‘dodiy eshikdan bir necha norg‘ul yigitlar xipchadan kelgan qushsurat fo‘rum, qora soqol-mo‘ylovli, xitoy jujunidan beshmat kamzul kiygan, beliga pushtirang shoyidan belbog‘ bog‘lagan, soatining tilla zanjiri ko‘kragining o‘ngidan chapiga qarab salqi osilgan, amirkon mahsikavushli, chamandagul do‘ppili qirq yoshlardagi bir kishini sudrab chiqar edi.

Ushbu kishi kim?
J.: Rahmat hoji

  1. U yerda qo‘sh tabaqali, ko‘k moyga bo‘yalgan bag‘dodiy eshikdan bir necha norg‘ul yigitlar xipchadan kelgan qushsurat fo‘rum, qora soqol-mo‘ylovli, xitoy jujunidan beshmat kamzul kiygan, beliga pushtirang shoyidan belbog‘ bog‘lagan, soatining tilla zanjiri ko‘kragining o‘ngidan chapiga qarab salqi osilgan, amirkon mahsikavushli, chamandagul do‘ppili qirq yoshlardagi bir kishini sudrab chiqar edi.

Ushbu hovli kimning hovlisi?
J.: Oysha yallachining hovlisi

  1. ”Shum bola”da kimni qo‘shmachilikda ayblab, xalq toshbo‘ron qilib o‘ldiradi?

J.: Rahmat hojini

  1. Rahmat hojining toshkentlik xotini kim?

J.: Oysha yallachi

  1. Rahmat hoji Farg‘onada kimga uylangan?

J.: Marg‘ilonlik bir kosibning eri o‘lgan Latifaxon ismli qiziga

  1. Qaysi asarda Fotma yallachi, Risol yallachilarnomi tilga olingan?

J.: ”Shum bola”

  1. ”Sheriklik oshni it ichmas” maqoli qaysi asarda qo‘llanilgan?

J.: ”Shum bola”

  1. Salimboy so‘fi otaning erkak echkisi tug‘di, degan yolg‘onni kim ishlatadi?

J.: Turobboy

  1. Xom terini iylasang ulton bo‘lur, Nafsini tiygan kishi sulton bo‘lur.

Ushbu lapar qaysi asardan olingan?
J.: ”Shum bola”

  1. Qoravoyning qaysi o‘rtog‘i Abdulla qoraqoshga shogird tushib, uyiga suv tashib, ot boqib yuradi?

J.: Omon

  1. Qoravoyning qaysi o‘rtog‘i haqida ”o‘rischa so‘kishni o‘rganib olgan” deyiladi?

J.: Omon

  1. ”...oyog‘ida eski xrom etik, belida salloti kamar. Piyonbozorga xo‘jayinning oldiga osh ham olib borib turadi. O‘rischa so‘kishlarni o‘rganib olgan” bola kim?

J.: Omon

  1. Kim Qoravoyni Eron podshosi Ahmadali kalga o‘xshatadi?

J.: Hojibobo

  1. Hoji boboning takyaxonasidagi qo‘sh ko‘zoynakli qahramon kim?

J.: Usta Mirsalim

  1. ”Shum bola”da durbin surat namoyish qiladigan kishi kim?

J.: Ilhom samovarchining ukasi Ibroy

  1. ”Toshkentning, Toshkentninggina emas, butun O‘rta Osiyo muzofotining voizi” deb ta’riflangan kishi kim?

J.: Ko‘sa maddoh

  1. ...malla to‘nli, boshida oq salla, jiyak yoqa ko‘ylakli, past bo‘yli, semiz, qo‘liga hassa tutgan, oq yuzli, soqol-mo‘ylovsiz yuzlari burishgan sakson yoshlar chamasidagi bir chol...

Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Ko‘sa maddoh

  1. Aslim Buxoroning Qo‘zagaron mahallasidandurman. Ismim Hoji Najmiddin ibn Salohiddin, padari buzrukvorimiz ham amiri Muzaffar zamonasining zabardast voizlaridan erdilar. O‘n yetti nasab bilan Mavlono Husayn voiz Samarqandiyga vobasta bo‘lurmiz. Padari buzrukvorimiz oliy temuriylardan Husayn Boyqaro zamonasida nash’u namo topib, umrguzaronlik qilibdurlar. Ushbu kishi kim?

J.: Ko‘sa maddoh

  1. Kitobi ”Axloqi Muhsinin” u janobning tafnislaridur. kamina ul hazratga o‘n yettinchi nabira bo‘lurman. Har kim bunga shak keltirsa, yuzi qozonday qora bo‘lib, dili tandurday otashlarga kuygay, omin!

Ushbu kishi kim?
J.: Ko‘sa maddoh

  1. ”Shum bola”da qanday choy turi tilga olingan? J.: ”Kuznetsov”

  2. Qoravoy kimga qorxat yozadi?

J.: Hoji boboga

  1. Qorni yog‘dirgan xudoyimning o‘zi, Xat borib tegsin, kiyim-boshning so‘zi. Ushbu bayt bilan boshlanadigan masnaviy muallifi kim?

J.: Qoravoy

  1. ...oyog‘imda oporka, boshimda namozlik qalpoq, egnimda ustidan qayish bilan bog‘langan keng hindcha to‘n — abo, oshqovoq polizning go‘ngqarg‘a tegishidan qo‘rqib o‘tkazilgan qo‘riqchisi kabi...

Ushbu parchada kim tasvirlangan?
J.: Qoravoy

  1. ”Saddi Battol G‘oziy” kitobini o‘qigan kishikim?

J.: Usta Mirsalim

  1. Kimning nutqida ”Yetim qo‘zi asrasang, og‘zi-burning moy etar, yetim bola asrasang, og‘zi-burning qon etar” degan maqol qo‘llanilgan?

J.: Hoji boboning

  1. Hoji boboning dargohidan ketayotganda Qoravoyning jami ”daromadi” qancha edi? J.: Qirq ikki so‘m oltmish ikki tiyin

  2. Qora-qurum bosgan sassiq takyaxonadan tashqariga chiqib, ko‘kragimni to‘ldirib nafas oldim. Endi men pok-pokiza, qushday yengil, ko‘nglim tongday tiniq. To‘rt tomonim qibla. Lekin qayoqqa qarab yo‘l olsam ekan?..

Ushbu parcha qaysi asarning yakuni sanaladi?
J.: ”Shum bola”

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish