Samarqand shahar ShXTMFMTTEBga qarashli 14-umumta`lim maktabida o`tkazilgan yig`ilish BAYONNOMASIdan ko`chirma
Samarqand sh
28.11.2011 y
Qatnashdi:
Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha director o`rinbosari – Babayarova N.
Maktab xotin-qizlar qo`mitasi raisi- Kattaqulova M
Din tarixi o`qituvchisi- Aliyeva Sh
Pedagog xodimlar , 205 nafar o`quvchilar.
Ishtirok etdi:
Samarqand shahar prokurorining katta yordamchisi- X.Xamrayeva
Maktab VE noziri- Xamidova L
“X.Sulaymonova ” mahalla
KUN TARTIBI:
.
Oilada qiz bola va `g`il bolalarning o`rni va tarbiyasi.
Eshitildi:
Yig`ilishini maktab direktori Saydullayeva D.R ochib ,kelgan mehmonlar bilan yi`gilganlarni tanishtirdi.Shundan so`ng so`z navbatini maktab ma`naviy-ma`rifiy ishlari bo`yicha director o`rinbosari Babayarova N.A so`zga chiqib, bugungi yi`g`ilish kun tartibini tanishtirdi va so`z navbatini Samarqand shahar prokurorining yordamchsi- X.Xamroyevaga berdi. U -“Avvalombor , Vatan tushunchasi ,Vatanga bo`lgan mehr-muhabbat hissi oilada shakllanadi”- deya so`zini boshladi.Sog`lom oilada sog`lom fikr ,g`oyaga ega bo`lgan bolalar tarbiyalanadi. Shuing uchun oilalarni sog`lom fikrli qilib shakllantirishda mahallalarda notinch oilalar ,kam ta`minlangan oilalar bilan e`tiborli bo`lish ,nazoratni yo`qotmaslik ,ular bilan tushuntirish ishlarini olib boorish lozim.Maktabda esa ana shunday oila farzandlari bilan sinf rahbari alohida tushuntirish ishlari olib boorish kerak ,ular bilan psixolog yordamida undividual suhbatlar tashkil etish zarur. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi 451-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Ona Vatanga muhabbat , vatanparvarlik hissini uyg`otish uchun Milliy bayramlarimizni keng qamrovli tarzda ,urf-odatlarimizni ular ongiga singdirgan holda ,ajdodlarimizning Vatan uchun jon-fidoligini misol keltirgan holda kelajakka poydevor qo`yilishi haqida tushuntirish ishlari tarbiyaviy soatlarda va sinfdan tashqari tadbirlarda yo`ritilshi lozim “- deb so`zini yakunladi.
Ikkinchi masala yuzasidan “Izvoshchilar” mahallasi maslahatchisi so`zga chiqib , oilada qizlarni va o`g`il bolalarni tarbiyasiga ota-ona alohida e`tabor qaratishi lozimligi ,qiz bola tarbiyasi nozik masala bo`lgani uchun ko`proq onalar ,o`g`il bolalar uchun esa otalar ma`sul ekanligi ,qizlar bo`yiga yetganda sovchilar “Onasini ko`rib ,qizini ol” qabilida ish tutushlari bejizga emasligi ,buning uchun onalar ham o`zining yurish –turishi ,muomalasini ,atrofdagilar bilan munosabatini yaxshilashi kerakligi , o`gil bola ham otasida xususiyatlarni o`zlashtirishi ,shuning uchun otalar ham ,onalar ham o`zini xulq –atvori bilan farzandlariga o`rnak bo`lishlari ya`ni ,”Qush uyasida ko`rganini qiladi” maqoli bejizga aytilmaganini takidlab o`tdi.
Maktab xotin –qizlar qo`mitasi raisi ham har oyda maktabda bejizga “Qizlar yig`ilishi” o`tkazilmayotganligi qizlar tarbiyasi nozik masala bo`lganligi uchun uyda ham ota-onalar qizini qayga borayotganligidan, qaydan kelayotganligan xabardor bo`lishligi ,bundan tashqari ularning kiyinishi , muomalasi, uy-ro`zg`or ishlarini qay darajada o`zlashtirayotganligini nazoratga olish kerakligi ta`kidlab o`tildi. Yuqoridagilarni tinglab,
Do'stlaringiz bilan baham: |