O‘tilayotgan fanning asosiy nazariy materiali



Download 2,23 Mb.
bet28/105
Sana31.03.2022
Hajmi2,23 Mb.
#521803
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105
Bog'liq
2 5341807923053991311

2-ma’ruza.
1-masala
O`tgan ma’ruzada Biz siz bilan O`zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyatining qaror topishi, O`zbekistonda hokimiyat tizimining bo`linishi masalalari hamda davlat boshqaruvida sudlarning o`rni , roli, ahamiyati, hamda bu sohadagi yangi islohotlar haqida gaplashgan edik
Endigi ma’ruzada Mustaqillik yillarida O`zbekistonda fuqarolarni o`zini-o`zi boshqarish organlarining, ya’ni-mahallalarning tashkil topishi , ularning faoliyati haqida suhbatlashamiz. Tariximizdan ma’lumki mamlakatimizda mahallalarning tashkil topishi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Manbalarning guvohlik berishicha o`lkamizda dastlabki mahallalar IX-X asrlarda paydo bo`lgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy o`z asarlarida yozib qoldirgan.
O`zbekistonda yangi jamiyat qurish-adolat va haqiqat g`oyasiga asoslanadi. Bunda insonlar o`z qobiliyatini, ehtiyojlarini to`la namoyon qiladi. Buning uchun jamiyatda uni amalga oshirish uchun to`la huquqiy mexanezim yaratilishi lozim. Bu tizim huquqiy jihatdan kafolatlanishi kerak. Shu sababli Respublikada mahalla institutlarini joriy etishda 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o`zini-o`zi organlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Mahalla mexanizmi shu Qonun asosida joylarda tashkil etila boshladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsuyasining 105-moddasida “Shaharcha, qishloq va ovullarda, uning tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari bo`lib, ularning rayisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari 2,5 yil muddatga saylanadi ” deyilgan.
Mahallaning huquqiy asoslari 1993-yil 2-sentabrdagi qabul qilingan Qonun bilan mustahkamlangan. Ushbu Qonun yuqorida nomi keltirilgan. Bu Qonunda mahallaning vazifalari, vakolatlari hamda oqsoqolning vazifalari qat’iy belgilangan. 1999-yil 14-aprelda 29 moddadan iborat ushbu Qonunning yangi tahriri chiqdi.
Qonunning 7-moddasi, Konstitutsiyaning 105-moddasiga moslashtirildi va unda fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari tushunchasi quyidagicha konkretlashtirildi: “Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolar yig`inlari Fuqarolarning o`zni-o`zi boshqarish organlari”dir deyildi.
2013-yil 22-aprelda O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o`zini-o`zi organlari to`g`rida”gi Yangi tahrirdagi, hamda “Fuqarolar yig`ni rayisi va uning maslahatchilari saylovi to`g`risidagi Qonunlar qabul qilindi”
2017-yil 3- fevralda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonda MFY oldiga quyidagi vazifalar qo`yildi:

  • Jamiyat hayotidagi ularning mavqeyi belgilandi;

  • Ular joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va kumakdoshi bo`lishi lozim;

  • Yoshlarni tarbiyalovchi asosiy o`choq vazifasini bajaruvchi;

  • Hududlarda ma’naviy hayotning sog`lomlashtiruvchi asosiy bo`g`in bo`lishi va boshqa vazifalar belgilab berildi.

2018-yil 15-oktabrda O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig`inlari rayisi (oqsoqoli) saylovi to`g`risida ” Yangi Qonun qabul qilindi. Qonunga ko`ra mahalla oqsoqollari rayislarini saylovi har 3 yilda bo`lib o`tadigan bo`ldi. Ushbu Qonun asosida O’zbekiston Respublikasining Kostitutsiyasining 105-moddasining birinchi qismiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
2019-yilda Respublika Fuqarolar yig`inlari rayislarining navbatdagi sayovi bo`lib o`tdi, unda Respublikadagi 10 000 ga yaqin MFY rayislari navbatdagi muddatga saylandi.
Bu masala 2020-yil 29-dekabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqimizga va Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham ko`rib chiqildi. Ma’ruzada qayd etilishicha so`ngi uch yilda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida 5 mln. aholi yashaydigan 1200 ta mahalla va qishloqlar qiyofasi tubdan o`zgardi. Bu ishlar pandemiya sharoitida vaqtincha to`xtab qoldi. Xalqaro Moliya institutlari bu Dastur doirasida ishtirok etish uchun 270 mln. AQSH dollari miqdorida mablag` yo`naltirishga tayyor ekanligi bildirilmoqda. Bu ishlar 2021-yilda ham davom etishini Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlab o`tdilar.

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish