O’tibdo’ Sana 09 «Ona tili» 7-sinflar uchun 6-Sinfda o'tilganlarni takrorlash



Download 1,1 Mb.
bet200/219
Sana05.07.2022
Hajmi1,1 Mb.
#741330
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   219
Bog'liq
7-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
Modal so’zlar bayon qilinayotgan fikrga so’zlovchining ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish munosabatlarini yoki fikrning tartibi, xulosasini bildiradi.
280 -mashq. Jadvaldagi misollar bo’limini tegishli ma’no guruhiga mos modal so’zlar ishtirok etgan gaplar bilan to’ldiring.

Modal so'zlarning ma'nolari

Modal so'zlar

Misollar

Ishonch munosabati

Albatta, shaksiz




Gumon

Ehtimol, balki, chamasi, shekilli




Tasdiq

Darhaqiqat, haqiqatan




Fikrni xulosalash

Xullas, demak, umuman




Fikrning tartibi

Avvalo, avvalambor




Fikrning dalillanishi

Masalan, jumladan




Achinish

Attang, afsus




Quvonch

Xayriyat




281-mashq. Gaplarni ko’chiring, modal so’zlarning ma’no turlarini aniqlang.
1. Avvalo, insonning qalbi go’zal bo’lmog’i kerak. 2. Afsuski, besh qo’l barobar emas. Oramizda yomon niyatli kimsalar ham uchrab qoladi. 3. Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimiz, albatta. 4. Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda. 5. Xullas, biz ulug’ odamlarning farzandlarimiz. (A. Oripov)
282-mashq. Gaplarni yozing. Modal so’zlarni topib, ularning qanday ma’no anglatayotganini tushuntiring. 1. Xullas, ana shu ajriqzordan sal o’tgandan keyin qishloqcha boshlanadi. (Sh. Xolmirzayev) 2. Abduqodirning ham tomog’iga bir narsa kelib tiqildi, shekilli, gapirolmadi. (O’. Umarbekov) 3. — Opangiz «ukam qaynanasini boqib yotipti» deb o’ylaydi shekilli-da! (Abdulla Qahhor) 4. Lekin Me’morning, avvalo, raiyat, qolaversa, saltanat oldidagi mavqeyi, Xuroson-u Movarounnahrdagi shuhrati unga qarshi keskin chora ko’rishga yo’l qo’ymas edi. (Mirmuhsin) 5. Yomgir yog’yapti shekilli, deb o’ylab, boshini ichiga tiqib, yotaveradi, keyin bitta-bitta hiqildog’idan tutib xaltaga solaman. (G’afur G’ulom)

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish