O’tgan 2015- yil bizning bosh maqsadimiz bo’lmish asosiy vazifa odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta



Download 2,83 Mb.
bet17/21
Sana14.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#671378
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
zarralar tabiatida maftunkorlik va maftunkor kvant soni

2.5. Maftunkor mezonlar

Maftunkor mezonlarning eng yengili bitta maftunkor kvark qc va antikvarkdan, yoki bitta kvark va maftunkor anti -kvarkdan iborat bo’lishi mumkin. Ma’lum spin va juftlikka ega bo’lgan bunday kvark va antikvarklarning sistemalari faqat oltitaginadir. Buning uchun 3, 4 va 8-jadvallarni taqqoslab ko’rish mumkin, Hozirgi vaqtda maftunkor mezonlar quyidagicha belgilanadi:


Do=qc , D+=qc , F+=qc ,
Do= qp, D= qn, F= qΛ,
Bu yerdagi (+, 0, –) – indekslari maftunkor mezonlarning elektr zaryadlarini ko’rsatadi. Maftunkor D- mezonlarning ba’zi kvant xarakteristikalarini keyinroq ko’rib chiqamiz. Hozircha, maftunkor mezonlarning massasi qancha, ular qancha vaqt yashaydi va qanday zarrachalarga parchalanadi degan savollarga javob berishga xarakat qilamiz.
Dastlabki paytlarda maftunkor mezonlarning massalari haqida aniq bir fikr aytish qiyin bo’ldi. Nazariyotchi fizik-olimlar maftunkor mezonlarning massalari 1,8 – 2 GeV orasida bo’lishi kerak, degan farazni o’rtaga tashladi. Keyinchalik, ularning bu farazlari olib borilgan tajriba natijalari bilan mos keldi.
Maftunkor mezonlarning yashash davrlari va qanday zarrachalarga parchalanishi haqidagi fikr har xil bo’ldi. Bu savollarga aniq javob berish uchun maftunkor qc - kvarklarning kuchsiz ta’sirlashuvlari haqidagi yangi farazni o’rtaga tashlashimiz kerak.
Bizga ma’lumki, tabiatda to’rt xil o’zaro ta’sir: kuchli, elek­tromagnit, kuchsiz va gravitatsion o’zaro ta’sirlar mavjud, Charmoniy kuchli yoki elektromagnit o’zaro ta’sirlar natijasida odatdagi yoki maftunkor mezonlarga parchalanadi. Bunday parchalanishlarda maftunkorlik saqlanadi. Lekin maftunkor mezonlar kuchli yoki elek­tromagnit o’zaro ta’sir ostida odatdagi zarrachalarga parchalana olmaydi, chunki bunday parchalanishda maftunkorlik saqlanmaydi, Natijada maftunkor zarrachalarning parchalanishi sekin sodir bo’lib, u taxminan 10-12–10-13 s davom etadi. Shuning uchun ham maftunkor zarrachalarning odatdagi zarrachalarga parchalanishi kuchsiz ta’sirlar ostida bo’lib o’tadi.
Maftunkor zarrachalarning kuchsiz o’zaro ta’sirlarining tabiatini tushunish uchun, odatdagi zarrachalarning kuchsiz o’zaro ta’sirlarining ba’zi xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
Kuchli va elektromagnit o’zaro ta’sirlarda bo’lganidek, kuchsiz o’zaro ta’sirlarda ham zarrachalarning o’zaro ta’siri yoki parchalanishi mumkin. Masalan, quyidagi neytrinoning neytron bilan o’zaro ta’siri reaksiyasini ko’raylik:
γe+np+e.
Bu reaksiya bir tomondan neytronning β- parchalanish reaksiyasiga
np+e+
o’xshab ketadi. Bunday reaksiyalarni ifodalovchi diagrammalar 10-rasmda ko’rsatilgan.

10-rasm
Zarrachalarning har qanday kuchsiz o’zaro ta’sirlarini ana shunday diagrammalar yordamida ko’rsatish mumkin. Neytronning β-parchalanishini kvarklar nuqtai nazaridan quyidagicha ta’riflash mumkin; Ma’lumki, n neytron ikkita qn- kvark va bitta qp- kvarkdan iborat. Bunda bitta qn– kvark, qp - kvark, e elektron va anti­neytrinolarga quyidagi sxema bo’yicha parchalanadi:
qnqp+e+
11-rasmda qn- kvarkning bunday parchalanishi diagramma yordamida ko’rsatilgan. Natijada, hosil bo’lgan ikkita qp- kvark va bitta qn-kvark protonni hosil qiladi. Yuqoridagi reaksiyalar kuchsiz o’zaro ta’sirlar ostida bo’lib o’tib, unda qatnashgan adronlarning yoki kvarklarning zaryadlari o’zgaradi. Shuning uchun ham bu reaksiyalarda qatnashgan vee va qnqp- sistemalar kuchsiz zaryadlangan tok deb ataladi; Bunday kuchsiz zaryadlangan toklardan yana μve va qΛ qp larni ko’rsatish mumkin. Masalan, bular quyidagi reaksiyada qatnashadi:
vμ+n→μ+p.
1973 yilda
vμ+N→vμ+ adronlar
reaksiyalarning mumkinligini isbot qilish bilan birga, tabiatda kuchsiz neytral toklar vμvμ, qpqp, q nqn va h. k.larning mavjudligi ham isbotlaidi.

11-rasm
Neytral toklar qpqp va qnqn ning reaksiyalarda qatnashish effektivligi xuddi qpqn va qpqA zaryadlangan toklardagidek bo’ladi. Lekin neytral qnqΛ tok kuchsiz o’zaro ta’sirlarda qatnashmaydi. Buni biz tabiatda
KoL+μ, K+→π+e+e, K+→πv
reaksiyalarning mavjud emasligidan bilamiz. Yuqorida aytilganlarni o’zaro taqqoslab, quyidagicha xulosa qilish mumkin: agar reaksiyalar­da adronlarning g’alatiligi o’zgarsa, ularning zaryadi o’zgarmasa, bun­day reaksiyalar adronlarning ham zaryadi, ham g’alatiligi o’zgaradigan
K+→μ+v, K+→πoe+v
reaksiyalarga qaraganda taxminan million marta sekinroq o’tadi. Ayniqsa,
KoL→μ+μ va K+→μ+v
reaksiyalar ko’ndalang kesimlarining nisbati juda ham kichikdir;
.
Xuddi shuning uchun Ko -mezon, neytral toklarga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra, parchalanmasmikan, degan savol tug’iladi.

12-rasm.
Lekin kvark modeli nuqtai nazaridan KoL reaksiyalarning μ+μ va μ+v sistemalarga parchalanishi diagrammalar yordamida 12-rasmdagidek ko’rsatiladi. Ana shunga qaraganda qnqΛ va qpqΛ toklar bir xil ta’sirlashish kuchiga ega. Bunda (40) nisbat ham tahminan 1 ga yaqin bo’lishi kerak edi. Bu esa o’z navbatida kvarklar va mezonlar o’rtasida simmetriyaning yo’qligiga bog’liq edi. Bunga qanoat hosil qilish uchun yana bir karra zaryadlangan toklarni ko’rib chiqamiz. Ushbu
μ+pn+v, e+pn+v
reaksiyalardan μv va ev toklar bir xil ta’sirlashish kuchlari bilan ishtirok etadi. Lekin, π+ va K+-mezonlarning
π+→μ++vμ, K+→μ++vμ
parchalanishlarida ishtirok etadigan va qp toklar (13-rasm) bir xil ta’sirlashish kuchiga ega emas. Ulardan birinchisi qpqn ikkinchisi ga qaraganda bir necha marta katta ta’sirlashish kuchiga ega. Haqiqatan ham, g’alati bo’lmagan adronlarning leptonli parchalanishi g’alati adronlarning leptonli parchalanishidan bir necha marta kuchliroq o’tadi. Bu tajribadan olingan faktdir.

13-rasm
Shunisi qiziqki, zaryadlangan va toklarning birgalikdagi ta’sirlashish kuchi eve tok yoki μvμ tokning ta’sirlashish kuchiga teng bo’lib chiqdi, go’yo zaryadlangan tok qpqn va qpqΛ larning kombinatsiyasidan iborat, ya’ni
(qncosθ+qΛsinθ)qp
bu yerda θ – Kabibbo burchagi deyiladi. Agar g’alati toklarning g’alati bo’lmagan toklarga nisbatan qanchalik kuchsizligini e’tiborga olsak, u holda θ=14° ekanligini topamiz. Shunday qilib, endi uchta kvarklar modelida leptonlar bilan kvarklar o’rtasidagi simmetriya quyidagicha yoziladi:

O’tkazilgan tajribalardan ma’lumki, zarrachalarning kuchsiz o’zaro ta’sirlarida neytral ee, γeve, μμ, vμvμ toklar ishtirok qilar ekan.
Keyingi paytda massasi 9,5 GeV ga teng bo’ldan yangi γ-zarrachaning ochilganligi e’lon qilindi. Nazariyotchi fizik-olimlar γ-zarrachalar yangi qb - kvarklaridan tuzilgan deb aytmoqda, buni kelajak hal qiladi.



Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish