Antikvarklarning kvant xarakteristikasi
Kvant sonlari
Kvarklarning turlari
|
ZB
|
Z
|
Y
|
TZ
|
T
|
S
|
qp
qn
qΛ
|
–1/3
–1/3
–1/3
|
–2/3
1/3
1/3
|
–1/2
–1/3
2/3
|
–1/2
1/2
0
|
1/2
–1/2
0
|
0
0
+1
|
Masalan, qp - kvarkning z elektr zaryadili topish uchun, biz Z ifodasidan foydalanishimiz mumkin. Bunda ZB=1/3, S=0 va Tz=1/2 ekanidan foydalanib, Z=2/3 ekanini topamiz. Shunday qilib, kvarklarning elektr zaryadlari karralidir. dr, dp va dA antikvarklarning Tz, Z, Y, ZB va S kvant sonlari kvarklarning ana shunday kvant sonlari bilan faqat ishoralari bilan farq qiladi. Antikvarklarning kvant sonlari 4-jadvalda ko’rsatilgan.
Yuqorida 3 va 4-jadvallardan ko’rinib turibdiki, ZB barion zaryadi, Z elektr zaryadi, Y giperzaryad (yoki g’alatilik S) va izotopik spin proeksiyasi Tg ning bunday kiymatlariga ega bulgan kvarklar-dan xar kanday adronlarni tuzish mumkin. Mezonlar kvark va anti-kvarklardan tashkil topsa, barionlar uchta kvarkdan tuziladi. Bu-ning natijasida fakat tabiatda uchraydigan unitar multipletlarni-gina tuzish mumkin bo’ladi.
5- jadval
Uchta kvarklardan iborat sistemaning kvant xarakteristikasi
Kvant sonlari
Kvarklarning
Turlari
|
Barion zaryadi ZB
|
Elektr zaryad Z
|
Giper-zaryad Y
|
Izotopik spin proyek-siyasi TZ
|
Izotopik spin proyek-siyasi T
|
G’ala-tilik S
|
Zarra-chalar
|
qp qp qp
qn qn qn
qΛ qΛ qΛ
qp qΛ qΛ
qn qΛ qΛ
qp qp qΛ
qn qn qΛ
qp qp qn
qp qn qn
qp qn qΛ
|
1
1
1
1
1
1
1
1
1
1
|
+2
–1
–1
0
–1
1
–1
1
0
0
|
1
1
–2
–1
–1
0
0
1
1
0
|
+3/2
+3/2
0
+1/2
–1/2
+1
–1
+1/2
–1/2
0
|
3/2
3/2
0
1/2
1/2
1
1
1/2
1/2
1
|
0
0
–3
–2
–2
–1
–1
0
0
–1
|
Δ++
Δ–
Ω–
Ξor
Ξ–r
Ʃ+r
Ʃ–r
Δ+
Δo
Ʃor
|
5-jadvalda uchta kvarklardan iborat sistemaning kvant xarakteristikasi berilgan. 10-jadvalda “r” indeksi, “barionli rezonanslar” degan ma’noni bildiradi.
Shunday qilib, 6-rasmda, SU (3) – simmetriya yordamida oldindan aytib berilgan barionlarning dekupleti ko’rsatilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki, dekuplet: kvartet Δ(1236), triplet Ʃz(1385), dublet Ξz(1530) va nihoyat singlet – Ω–(1672) lardan iborat. Bu dekuplet spin va juftligi (3/2)+ bo’lgan, tabiatda uchraydigan 159-rasmda ko’rsatilgan dekupletga juda ham mos keladi.
6-rasm
Xuddi shunga o’xshash, kvarklardan spin va juftliklari (1/2)+ bo’lgan barionlarning unitar singlet va oktetlarini ham tuzish mumkin. Kvarklardan tuzilgan unitar singlet va oktet quyidagi 6-jadvalda ko’rsatilgan.
6-jadval
Kvant sonlari
Kvarklarning
turlari
|
ZB
|
Z
|
Y
|
TZ
|
T
|
S
|
Zarrachalar
|
qp qn qΛ
|
1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
–1
|
Unitary singlet
|
qp qn qΛ
qp qn qΛ
qn qn qΛ
qp qp qΛ
qΛ qΛ qn
qΛ qΛ qp
qn qn qp
qp qp qn
|
1
1
1
1
1
1
1
1
|
0
0
–1
+1
–1
0
0
+1
|
0
0
0
0
–1
–1
+1
+1
|
0
0
–1
+1
+1/2
+1/2
+1/2
+1/2
|
0
1
+1
+1
+1/2
+1/2
+1/2
+1/2
|
–1
–1
–1
–1
–2
–2
0
0
|
Λo
Ʃo
Ʃ–
Ʃ+
Ξ–
Ξo
n
p
|
Agar jadvalga diqqat bilan nazar tashlasak, unitar singlet va oktetga kirgan singlet (Λ°) zarrachalarning kvark tarkibi bir xil ekanini ko’ramiz. Shu bilan birga bu zarrachalarning jadvalda berilgan kvant xarakteristikalari ham bir xil. Bu zarrachalar biz yuqorida ko’rib o’tgan U - spinlari bilan farq qiladi. Bundan tashqari, agar 5 va 6-jadvalda berilgan natijalarni o’zaro solishtirsak, bir xil kvark tarkibiga ega bo’lgan zarrachalar va rezonanslarni ko’rishimiz mumkin. Bu rezonanslar ma’lum mos zarrachalarning qo’zg’olgan holati bo’lishi mumkin.
Xuddi yuqoridagidek, mezonlarni ham kvarklardan tuzish mumkin. Lekin mezonlarning barion zaryadlari B=0 bo’lganligi sababli uchta kvarkdan emas, balki kvark va antikvarklardan tashkil topgan bo’ladi: kvark va antikvarklarning sistemalari va ularga mos keladigan mezonlar quyidagi jadvalda kursatilgan.
7-jadval
Kvant sonlari
Kvarklarning
turlari
|
Z
|
Y
|
TZ
|
T
|
S
|
Zarrachalar
|
qp qn qΛ
qp qn qΛ
qn qn qΛ
qp qp qΛ
qΛ qΛ qn
qΛ qΛ qp
qn qn qp
qp qp qn
|
0
0
0
+1
+1
–1
0
–1
0
|
0
0
0
0
+1
0
+1
–1
–1
|
0
0
0
+1
+1/2
–1
–1/2
–1/2
+1/2
|
0,1
0,1
0
1
1/2
1
1/2
1/2
1/2
|
0
0
0
0
+1
0
+1
–1
–1
|
η', η, πo
η', η, πo
η', η
π+
K+
π–
Ko
K–
Ko
|
Agar 7-jadvalda berilgan kvarklar sistemasini, ularning Y-giperzaryadlari (yoki g’alatiliklari) va T – izotopik spinlarining Z–o’qiga bo’lgan proyeksiyalari Tz bo’yicha TzY (yoki TzS) tekisligiga joylashtirsak, 7-rasmda ko’rsatilgan diagramamni hosil qilamiz. Shunisi diqqatga sazovorki, 7-rasmda ko’rsatilgan diagramma oldingi rasmda ko’rsatilgan diagrammaning o’zginasi. Bulardan ko’rinib turibdiki, haqiqatan ham, mezonlarni kvarklar va antikvarklardan tuzish mumkin ekan.
7-jadvaldan η', η va π° – mezonlarning kvark tarkiblari bir xil ekani ko’rinib turibdi. Lekin bu kvark sistemalar, xuddi mezonlardek o’zlarining T – izotopik spinlari yoki biz yuqorida ko’rib o’tganimizdek, U–spinlari bilan farq qilishini ko’rish qiyin emas, 6- va 7-rasmlarni taqqoslab, mezonlar unitar singlet va oktetlarni tashkil qilishini ko’rish mumkin. Xuddi shunga o’xshash mezonli rezonanslar ham, ana shunday unitar multipletlarni tashkil qiladi. Bu
natija, haqiqatan ham, barionlar uchta kvark sistemasidan, mezonlar esa kvarklar va antikvark sistemasidan iborat ekanini ko’rsatib turibdi. Bu esa shu vaqtgacha ma’lum bo’lgan adronlarni tuzish uchun uchtagina qp, qn va qΛ kvarklar yetarli degan fikrni tasdiqlaydi.
7-rasm
Mezonning maftunkorligi nolga teng. Shuning uchun J/ψ mezon yashirin maftunkorlikka ega deb yuritiladi. Xuddi, mana shu sabablarga ko’ra, J/ψ- mezonning yashash davri odatdagi mezonlarning yashash davridan 1000 marta katta.
8-rasm
Endi J/ψ-mezonning hosil bo’lishi va elektron-pozitronlarga parchalanish sxemalarini ko’rib chiqishga xarakat qilamiz. Avval J/ψ-mezonning parchalanish mexanizmini ko’rib chiqaylik. Biz yuqorida ko’rganimizdek, J/ψ mezon qc va qc kvarklardan iborat ekan. Bu kvarklar o’zaro annigilyatsiyalanib, γ-kvantni hosil qiladi. O’z vaqtida γ-kvant electron-pozitron juftligini hosil qiladi. J/ψ -mezonning bunday parchalanish jarayoni 8-rasmda ko’rsatilgan. Bunda J/ψ-mezonning massasi elektron va pozitronlarning energiyasiga aylanadi. Shuning uchun J/ψ-mezonning parchalanishidan hosil bo’lgan elektronning yoki pozitronning energiyasi mJ/ψ c2/2 ga teng bo’ladi. S.Ting xuddi ana shu yo’l bilan mezonning mavjudligini isbotladi.
8-jadval
Kvant sonlari
Kvarklarning
turlari
|
ZB
|
Z
|
Y
|
TZ
|
T
|
S
|
C
|
qc
qc
|
1/3
–1/3
|
+2/3
–2/3
|
+2/3 2
–2/3 2
|
0
0
|
0
0
|
0
0
|
+1
–1
|
Faraz qilaylik, electron va pozitronlar bir-biriga qarab yo’naltirilgan bo’lsin. Bunday holda, agar electron va pozitron o’zaro to’qnashsa, biz yuqorida ko’rib o’tgan reaksiyaning teskarisi bo’lib o’tishi mumkin. Bunday jarayon 9-rasmda ko’rsatilgan: elektron va pozitron avval γ-kvantni hosil qilib, so’ngra J/ψ-mezon paydo bo’ladi. Xuddi ana shunday jarayonni B.Rixter boshchiligidagi bir guruh olimlar kuzatgan edi. Shunday qilib, J/ψ-mezonning mavjudligi ikkinchi usul bilan ham isbotlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |