Oilaning hissiy-emotsional muloqot funksiyasi – bu uning o‘z a’zolari o‘rtasida muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o‘rtasida mehroqibat, o‘zaro g‘amxo‘rlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishidir.
Oilaning tarbiyaviy funksiyasi – madaniy, ma’naviy merosni avloddan-avlodga uzatish, yosh avlodni tarbiyalash, jamiyatni madaniy merosini ta’minlab turishdan iborat.
Jismoniy quvvatni ta’minlash funksiyasi – oila a’zolarining jismonan sog‘, tetik va o‘zini yaxshi his qilishlarini ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan sharoitlarni nazarda tutad.
Ma’naviy muloqotni ta’minlash funksiyasi – odamning o‘z naslnasabi, ma’naviy-madaniy an’analari bo‘lishiga intilishidan kelib chiqadi.
Reproduktiv funksiya – bu oilaning nafaqat avlodlar, vorislarni yaratishga aloqador vazifasi, balki, shu orqali ota va ona bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘lish, davlatning esa tub aholi sonini muayyan miqdorda ushlab turishiga ham xizmat qiladi.
Baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtirish funksiyasi ham o‘ta muhim bo‘lib, aynan oila har bir a’zosining muammolarini yechish, uni tashqi turli ta’sirotlardan himoyalash, kerak bo‘lsa, unda himoya immunitetini shakllantirishga yordam beradi.
Iqtisodiy xo‘jalik funksiyasi – uy xo‘jaligini yuritish, oila a’zolarining moddiy, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish.
Er-xotin orasidagi emotsional munosabatlardan biri bo‘lgan erxotinning bir-biriga bo‘lgan muhabbat teng ko‘rinishda bo‘ladi. Lekin otaona va bola orasidagi munosabatlarda ota-ona va bola muhabbati har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Ota-ona tomonidan emotsional aloqa ota-ona (roditelskoy lyubvi) muhabbati, ya’ni onalik muhabbati mehri, otalik muhabbati ko‘rinishida, bola tomonidan esa avval bog‘lanish ko‘rinishda, so‘ng o‘g‘il yoki qiz (farzandlik) muhabbati ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Ota-onaning bolaga bo‘lgan muhabbati o‘zini tarixiga ega. XVIII asrgacha “roditelskaya lyubov” alohida xislat sifatida ko‘rilmagan. Ota-ona munosabatlari jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ijtimoiy-madaniy talablar ko‘rinishida bu tarbiya, bolani ruhiy va jismoniy sog‘lomligi, bolani nazorat qilish va jazolash ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Buning sababi tug‘ilish va bolalarni o‘limining yuqori bo‘lmaganligidadir. O‘rta asrlarda 5 yoshgacha bo‘lgan bola orasidagi o‘lim 30%ni tashkil etgan Yevropada. Bolalar ko‘p bo‘lganligi uchun ota-onalar har bitta bolaga alohida mehr bera olishmagan faqat XVIII asrdan boshlab Yevropada onalik mehri majburiy xislat deb tan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |