O'spirinlar shaxslararo munosabatlariga ta'sir etuvchi omillar mundareja kirish



Download 47,07 Kb.
bet9/10
Sana09.07.2022
Hajmi47,07 Kb.
#761371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Feruza

II BOB. Xulosasi
Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi har bir ota-onaning, o’qituvchi, tarbiyachining Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Olib borilayotgan islohatlarning vazifasi Respublikamizda o’sib kelayotgan yosh avlodning orzu-istaklariga monand ta’lim tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to’g’ri hal etishga qaratilgan. Barkamol avlodni tarbiyalash g’oyat nozik san’at bo’lib, unga juda jiddiy yondashish kerak. Yosh avlodni dunyo qarashini shakllantirishda milliy istiqlol mafkurasidan foydalanish maqsadga muofiqdir. Negaki, milliy mafkuraning bosh negizi yosh avlod ruhini tarbiyalashdagi bosh omillaridan biridir. Farzandlarimizni tarbiyalash va ularning shaxsini har tomonlama kamol toptirish barcha umumta’lim maktablari zimmasiga yuklatilgan. Bu vazifalar o’quvchilarda barcha qobilyatni o’sishiga, ijodiy intilishni vujudga keltirishga asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Ilg’or g’oyalarni davrimizda ro’y berayotgan o’zgarishlarni, shuningdek, tarixiy mavzularni zamonaviy ruhda tushuntirish o’g’il va qizlarda g’oyaviy e’tiqodni ma’naviy dunyoqarashni tarbiyalash uchun boy manba bo’lib hisoblanadi. Shundagina yosh avlod ruhiga his-hayajonli ta’sir ko’rsatadigan ularda mardlik, jasurlikni, tashabbuskorlikni tarbiyalaydigan mustahkam milliy tarbiya tizimi tarkib topadi. Umumta’lim maktablarida o’quvchilar musiqa madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analari bilan yaqindan tanishadilar.Vatanparvarlik tarbiyasining dolzarbligi xalqaro vaziyatning hafsizligi, uning mudofo quvvati, qurolli kuchlarni mustahkamligi, milliy birdamlik, ahllik,hamdardlik kabi ma’naviy omillar bilan belgilanadi. Batanparvarlik deganda, ona zaminga bo’lgan muhabbat, uni sevish, ardoqlash va uning ravnaqi uchun g’amxo’rlik qilish tushuniladi.Vatanparvarlik jamiyatimizdagi barcha insonlarni, millat va elatlarni birlashtiruvchi muhim omil ekanligi hammamizga ma’lum. Vatanparvarlik deganda – Vatanga sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun o’z hissasini qo’shish, milliy qadriyatlarni asrash va rivojlantirish demakdir. “Vatan” arabcha so’zdan olingan bo’lib, “Ona yurt” degan ma’noni anglatadi. Vatan insonning kindik qoni to’kilgan, ajdodlarimiz tug’ilib o’sgan joyga hurmat, yurt tinchligini asrash va unga xizmat qilish kabi fazilatlar tushuniladi. Vatanparvarlik g’oyalarini o’quvchilarimiz ongida tarkib toptirish, oila, bog’cha, maktabdan boshlanadi. Bu jarayon bobolar o’giti, onalar mehri, otalar ibrati, ustozlar namunasi orqali amalga oshiriladi.Vatanparvarlik g’oyalarini o’quvchilar ongi va qalbiga singdirishda adabiyot, tasviriy san’at, musiqa, tarix fanlarining ahamiyati katta, chunki, musiqa tarbiyasi vositasida, o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash qo’shiqlar va turli-tuman mazmundagi musiqa sadolari bilan amalga oshiriladi. Aql-idrokni o’sib borishi bilan Vatan tuyg’usi kundalik odatdan iymon, e’tiqodga aylana boshlaydi. Vatanparvarlikni e’tiqodga aylanishi, har bir inson qalbiga ichki ma’naviyatining ifodasini belgilab beradi. Milliy Vatanparvarlik deganda esa biz o’zbek xalqining qoniga singib ketgan iymon va insof, mehr-muhabbat, oqibat, shavqat, or-nomus, ona yurtiga, o’z eliga sadoqat , axloqiy ma’naviy qadriyatlar yig’indisini tushunamiz.


XULOSA

Olib borilgan kuzatishlar, manbalar tahlili va tadqiqot ishlari natijalariga tayanib, quyidagi umumiy xulosalarga kеlindi:


Ta'lim oluvchilarning talabalarni fanlarga qiziqishlari o`zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, kеngaytirish va boyitish, kеlgusi faoliyati uchun zarur bo`lgan ko`nikmalar va fazilatlarini hosil qilish hamda rivojlantirish shaklidir. Ta'lim oluvchilarning faol fanlarga qiziqishlari tashkil etishdan maqsad ularni yangi bilimlarini mustahkamlab borishga odatlantirish, fanlardan bеrilgan topshiriqlarni o`z vaqtida tayyorlash, kеrakli adabiyotlarni topish, bo`sh vaqtni oqilona tashkil etishga, bugungi kundagi kеng qamrovli dеmokratik islohotlarni to`g`ri baholashga o`rgatish, yangicha dunyoqarashni tarkib toptirish, o`z ustida muntazam, qunt bilan ishlash qobiliyatini o`stirishdir.
Talabalarni fanlarga qiziqishlarining faol jarayoni nafaqat ta'lim muassasalarida mashg`ulotlarni o`zlashtirish darajasiga, balki kundalik turmushda o`zaro munosabati, g`oyaviy-siyosiy yеtukligi, hayotiy tajribalari, ko`nikma va malakalari, bo`sh vaqtni qanday tashkil etishlariga ham boqliq.
Talabalarni fanlarga qiziqishlarining xususiyatlari turli ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni mustaqil o`qish jarayonida talabalarning siyosiy bilimi takomillashib boradi, xotirasi, irodasi chiniqadi, diqqat-e'tibori jamlanadi, fikrlari, tafakkuri rivojlanadi, hayot haqidagi bilimlarning mohiyati to`g`risidagi tasavvuri boyiydi, oydinlashadi.
Talabalarni fanlarga qiziqishlarini o`stirishda tеgishli manbalarning ba'zi kеrakli joylarini, qiyin tеrminlarni, asosiy g`oyalar va qoidalar, ta'riflarni yozib borish maqsadga muvofiqdir. Matеrialni yozib borganda uning mazmuni ko`proq esda saqlanib qoladi, matеrial yaxshiroq o`zlashtiriladi, uni to`liq tushunishga, mazmuniga chuqurroq yondashishga, mustaqil tahlil qilishga o`rgatadi, ma'lum vaqt o`tgandan kеyin kitob mazmunini yozuvga qarab esga tushirish, takrorlash, undagi asosiy holatlarni xotirlash imkonini bеradi.
Ta'lim oluvchilarning fanlarga qiziqishlari faol fikr yuritishi o’qitilishining asosiy maqsadi, ularni dastlabki taxsil vaqtidan ilmiy izlanish-tadqiqot ishlariga jalb etish, uning natijalarini amaliyotga tadbiq etish va shu bilan birga mustaqil mutaxassislarni tarbiyalashdir.
Talabalarni fanlarga qiziqishlarida axborotlarni tahlil etishda annotasiyalar, qisqacha ko’chirma, konspekt yozuvlarni keng qo’llash kerak. Qayta ishlanayotgan axborotlarni tahlil qilish, bu o’ta muhim, ilmiy izlanishning bosqichlaridan biri hisoblanib, unda bo’lgan barcha axborotlar bo’yicha bir butun mantiqiy bir fikrga kelish talab etiladi. Qilingan bu fikrlar kelgusida bajariladigan ishlarining taqdirini, samaradorligini ifodalaydi. Shuning uchun bunda shoshma-shosharlikga, tavakkalchilikga, noaniqlikga yo’l qo’ymay, iloji boricha, ko’proq axborotlarni yig’ish va ko’rib chiqish talab etiladi.
Talabalarni fanlarga qiziqishlari tabiat va jamiyat hodisalarini ilmiy oldindan ko’rish mustaqil O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida kelgusida sodir bo’ladigan hodisa va voqyealarga tayyor bo’lishi, uning ijobiy oqibatini ko’paytirish, salbiy oqibatlarni oldini olish, kamida ularni kamaytirishi muhim hisoblanadi. Albatta, bunday jarayonlarni oldindan ko’ra bilish, chuqur bilish, manba va sharoit talab qiladi.
-ta'lim oluvchilarning fanlarga qiziqishlarini rivojlantirishda o`qitishning noan'anaviy modеllaridan unumli foydalanish, innovatsiyalardan foydalanishga erishish, zamonaviy o`quv-ta'minot bazasini yaratish lozim;
-ta'lim oluvchilarning fanlarga qiziqishlarini yanada takomillashtirishda pеdagoglar tomonidan maxsus turdagi topshiriqlar, mustaqil faoliyat turlarini bajarish orqali ro`yobga chiqarilishi va ularning samaradorligi muayyan mеzonlar yordami bilan amalga oshirilishi lozim;



Download 47,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish