Osnovi Web-texnologiy


Tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/55
Sana13.06.2022
Hajmi1,36 Mb.
#661308
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Bog'liq
Elektron tijorat 2 qism

Tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish. 
Logistikada 
tizimli yondashish xo‘jalik yurituvchi subyektlarni o‘zaro bog‘liq 
tizimostilar kompleksi - ishlab chiqarish, sotish va xarid qilish 
bo‘linmalari sifatida ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. Ular tashqi 
muhitdan olinadigan va uzatiladigan ma’lumotlar asosida boshqariladi. 
Logistik tizimlarning faoliyati murakkab “asos-natija” aloqalarining 
ham tizimlar ichida, ham tashqi muhit bilan munosobatlarida vujudga 
kelishi bilan xarakterlanadi. Bunday sharoitlarda tizimlar faoliyatining 


27 
umumiy maqsadlarini hisobga olmasdan, alohida qarorlar qabul qilish 
yetarli emas yoki xato bo‘lishi mumkin. Masalan, korxonaning 
boshqaruv bo‘limi shakarni qog‘oz paketlarga joylashtirish haqida qaror 
qabul qiladi. Qoplarga qadoqlangan shakarni tashishga, yuklashga va 
boshqa texnologik amallarni bajarishga moslashtirilgan umuman tovar 
harakati tizimi bu qarorga qanday munosabatda bo‘ladi.
Tizimli yondashishga binoan ishlab chiqaruvchi korxonada 
shakarni qadoqlash haqidagi qarorlar transport va savdo-sotiq 
tashkilotlarining talablarini hisobga olgan holda qabul qilinishi zarur va 
maqsadi moddiy oqimni optimallashtirishdan iborat bolishi kerak. 
Iqtisodiy kelishuvlar asosida qarorlar qabul qilish -
iqtisodiy 
kelishuvlarni ishlatish hamda logistik jarayonda qatnashuvchi hamma 
ishlab chiqarish tashkilotlarimng qiziqish doirasini namoyon qiluvchi 
hisobotlarda aks etadi.
1.4. Raqamli logistikaning O‘zbekiston iqtisodiyotini 
rivojlanishida tutgan o‘rni va ahamiyati 
 
Zamonaviy axborot texnologiyalari va boshqaruvning aqlli 
tizimlaridan foydalanishga asoslangan raqamli logistika transport 
yaxshilanishining asosiy sohasidir. Shu bilan birga, raqamli logistikani 
amalga oshirish an’anaviy tamoyillarga muhim qo‘shimcha talab qiladi -
kerakli ma’lumotlarni kerakli vaqtda va joyda olish bilan bog‘liq 
talablar. 
Logistika sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish transport 
tizimining ayrim elementlarining ishlash xususiyatlarini hisobga olgan 
holda yuklarni eshikdan eshikka yetkazib berish zanjirini maqbul 
ravishda tashkil etish imkonini beradi. Aqlli tizimlardan foydalanish va 
katta hajmdagi ma‘lumotlarga ishlov berish orqali individual 
rejalashtirishdan o‘tish amalga oshiriladi, bunda to‘liq yetkazib berish 
rasmini ko‘rish imkonsiz, transport tizimi faoliyatining umumiy 
jihatidan har xil turdagi transport vositalarining ishlashini baholashga 
imkon beradigan integral rejalashtirish lozim. Masalan, transport 
infratuzilmasida tiqilib qolish holatini baholash transportning asosiy 


28 
ko‘rsatkichlariga ushbu ta’sir prognozini hisobga olgan holda transport 
turini tanlashni belgilaydi. Ushbu yondashuv xarajatlarni tejashga imkon 
beradi. Tovarlarni yetkazib berish uchun, shuningdek transport 
xizmatlari iste’molchilari (masalan, savdo korxonalari) va transport 
kompaniyalari o‘rtasida yagona axborot makonida integratsiyani 
ta’minlash uchun aqlli tizim ehtiyojni baholaydi va elektron ariza 
shakllanishini amalga oshiradi. Rejalashtirish jarayoni amalga oshirishda 
tizimda elektron shaklda tovarlarni yetkazib berish to‘g‘risida ariza 
olinganda, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshirish 
lozim. Zotan juda ko‘p bulutli xizmatlar mavjud bo‘lib, kelajakda biz 
ulardan kengroq foydalanishni amalga oshirilishini kutishimiz kerak.
Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar asosida rivojlanayotgan 
globalizatsiya va kuchli integratsiya iqtisodiyotni yanada tez va keskin 
tarzda shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Faqat ana shu jarayonlarga 
moslashgan holda uning tashkil qiluvchi elementlari hisoblangan asosiy 
sohalarini rivojlantirish bilan hozirgi vaziyatda raqobatbardoshlikni 
saqlab qolish mumkin. Hozirda ixtisoslashgan ishlab chiqarishni va 
jahon miqyosida hamkorlik aloqalarini chuqurlashishini shakllantiruvchi 
multimodal logistika markazlari va logistika sohasi muhim rol o‘ynaydi. 
Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida 
yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab 
bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, 
birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan 
o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori 
texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish 
tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash eng dolzarb vazifalardan 
biriga aylanmoqda. 
Shu o‘rinda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ma’ruzalarida ta’kid-
laganidek: “..hamma sohada aniq tartib va qattiq intizomni 
ta’minlashimiz darkor. Yana bir bor ta’kidlayman, ishni birgalikda 
bajaramiz, natija uchun esa har birimiz shaxsan javob beramiz”. 
Shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoev 
tomonidan “Yo‘l-transport, 
muxandislik-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va 
modernizatsiya qilish bo‘yicha dasturlarning prognoz parametrlarini 


29 
ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish hamda ularga 
erishishning asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab bergan. 
Mamlakatimizda ham bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish, 
qulay biznes muhitini yaratish va iqtisodiyotimizni 
modernizatsiyalashning yangi talablari eng avvalo logistikani 
rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Yurtimiz iqtisodiyotini yanada 
rivojlantirishda logistikaning o‘rni katta. Chunki bu soha rivojlangan 
hamda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti rivoji uchun dolzarb 
bo‘lib kelmoqda . 
O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasining 
iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishariga 
bag‘ishlangan bandida “Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, 
milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va 
diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, 
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil 
etish, amaldagi zonalarning samaradorligini oshirish, xizmatlar 
ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni 
shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan 
xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori 
texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish, yo‘l-transport 
infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, 
boshqarish tizimiga informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni joriy 
etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni saqlash, transportirovka qilish va 
sotish, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlarni ko‘rsatish 
infratuzilmasini yanada kengaytirish” kabi vazifalar keltirilgan. 
Shulardan kelib chiqqan holda, bugun mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish va yangilash, iqtisodiyotimizning sifat jihatdan 
yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni 
kompleks rivojlantirish bo‘yicha barcha rejalarimizning muvaffaqiyatli 
amalga oshirilishi yo‘l-transport va kommunikatsiya infratuzilma 
tarmoqlarini yuksak sur’atlar bilan rivojlantirishga uzviy bog‘liqdir. 
2018-2021 yillarda chegaradosh mamlakatlar bilan logistik 
marshrutlarni diversifikatsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, unga ko‘ra 
kelishuv bitimlari imzolanadi. Bunda chegaradosh mamlakatlar bilan 


30 
amaliy muzokaralar o‘tkazish, qo‘shni davlatlarning infratuzilmalarini 
rivojlantirishga investitsiyalar kiritish tashabbusi bilan chiqish orqali 
mahsulotlarning eksport-importidagi logistik muammolarni hal etishga 
qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi. O‘zbekistonda 
tashqi iqtisodiy va boshqa xalqaro aloqalar, shu jumladan yuklar 
(yo‘lovchilar)ni xalqaro tashishlar yuqori suratlar bilan rivojlanmoqda. 
Buni yangi ishlab chiqilgan qonunlar, qarorlar logistik markaz hamda 
kompaniyalarga yaratilayotgan turli imkoniyatlar va yangi ochilayotgan 
logistik markazlar misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining yagona transport bozorini tashkil 
etish transport strategiyasining asosiy maqsadlaridan biridir. Mamlakat 
transport yo‘nalishlarining g‘arbdan-sharqqa kesishgan geografik 
hududda joylashuvi milliy transport infratuzilmasining intensiv 
rivojlanishini ta’minlash maqsadida logistik boshqaruv yondashuvini 
amalga oshirish asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Transport tizimining muhimligi iqtisodiy rivojlanish uchun 
maqsadli dasturni amalga oshirishni, har xil transport turlarini 
rivojlantirishga qaratilgan kompleks maqsadli dasturni amalga oshirishni 
taqozo etadi. Transport muammolari tizimli yondashuv nuqtai nazardan 
kelib chiqqan holda o‘z yechimini topadi va maxsus dastur ishlab 
chiqishni taqozo etadi. Bu dasturning tarkibiga quyidagi asosiy 
tamoyillarni kiritish maqsadga muvofiqdir: 
- transport infratuzilmasini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish;
- yo‘lovchi va yuk transporti xizmatlarini takomillashtirish; 
- xalqaro transport aloqalari, transport yo‘laklari, qo‘shni davlatlar 
bilan hamkorlik va jahon transport tarmog‘iga integratsiyalashuv; 
- transport tizimlarining integratsiyalashuvi;
- barcha xil transportlarda harakat xavfsizligini ta’minlash;
- transport va uning infratuzilmasi rivojlanishida ekologik 
masalalar; 
- transport statistikasi va axborot infratuzilmasi; 
- transport sohasida qonunchilik; 
-fan va ta’lim. 
Bunday ulkan kompleks masalalar ilmiy, texnologik, tashkiliy 
yechimlar bilan bog‘liqdir. Transport muammolarining rivojlanishi, 


31 
intermodalligi va umumiy axborot muhitini shakllantirish, hattoki 
transport tizimida qo‘llaniladigan terminlarda ham har-xil talqin 
etilmoqda. Bunday sharoitda hamkorlik sari birinchi qo‘yiladigan 
qadamlar ushbu masalalarni yechish va muammolarni bir tizimga 
keltirishdan iborat bo‘ladi. 
Hozirgi jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bozor 
iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning ko‘pgina sohalarini qaytadan 
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. 
Xalqaro yuklarni tashishda faol ishtirok etayotgan milliy transport 
va ekspeditorlik tashkilotlar birinchilardan bo‘lib, yuklarni tashishni 
zamonaviy holda tashkil etish va yuklarni qayta ishlash logistikasini 
muhimligini anglab yetgan holda inter, multimodal va yuklarni 
tashishning terminal tizimlarini, yuklarni tashish texnologiyasi, 
zamonaviy telekommunikatsiyalar, ya’ni yukni kuzatishning va 
boshqalarning ham logistikaga ehtiyoji sezildi. O‘zbekistonda yirik 
transport va ekspeditorlik tashkilotlari o‘zlarining terminal tizimlarini, 
tashkil eta boshladilar, shuning uchun yuk tarqatuvchi va logistik 
markazlar, logistik servis ko‘rsatish ishlarini qo‘llab-quvvatlab turuvchi 
axborot - kompyuter tizimlarini tuzishga ehtiyoj sezilmoqda. 
Logistika konsepsiyasini tatbiq etish, korxonalardagi umumiy 
xarajatlarni kamaytirish uchun asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri 
hisoblanadi. 
Logistik faoliyat integratsiyali ahamiyatga ega bo‘lib, u tovar 
(xizmat)larga ehtiyoj paydo bo‘lgandan, to uni qoniqtirgungacha bo‘lgan 
oraliqni o‘z ichiga oladi. Makrodarajadagi logistika turli xil 
tashkilotlarning integratsiyalashuvi orqali biznes maqsadiga 
erishgungacha bo‘lgan birgalikdagi faoliyatini aks ettiradi. 
Barcha faoliyat va operatsiyalar rejalashtirilishi, boshqarilishi va 
muvofiqlashtirilishi lozim. Logistikaning asosiy integratsiyalashgan 
tizimini shunday muhim biznes sohalari, ya’ni xomashyo va 
materiallarni sotib olish, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish, transport, 
axborot va boshqalar tashkil etadi. 
Logistikaning maqsadi deb, globalizatsiyalashtirish, inson 
faoliyatining kattagina sohasini o‘z ichiga olgan tovarlar, xizmatlar, 


32 
xomashyo va materiallar harakatining barcha yo‘llarini tushunish 
mumkin. 
Hozirgi kunda logistika transport - ekspeditsiya faoliyati doirasida 
qizg‘in rivojlanayapti. Logistik zanjirning tuzilishiga e’tibor bersak ba’zi 
bo‘g‘inlarda mahsulotlarni ortiqcha ishlatish, boshqa hollarda esa iqtisod 
qilinganini ko‘ramiz. Afsuski, bu iqtisodiy, murosalar hozircha muhim 
rol o‘ynamaydi. Transport-ekspeditsiya firmalari logistik zanjir 
tuzilishida sheriklarning qiziqishini hisobga olishlari kerak. “Zanjir, eng 
kuchsiz bo‘g‘inga qaraganda kuchli bo‘lishi mumkin” - bu logistikaning 
asosiy tamoyillaridan biridir. 
Logistikaning asosiy xususiyatlaridan biri har xil korxonalarning 
tovarlari iste’molchiga yetib borgunga qadar ularning birgalikdagi 
faoliyatidir. Bunday faoliyatga mablag‘ni pasaytirish zaxira manbalarini 
ochishga yordam beradi. Shu bilan birga logistik sheriklar o‘rtasida 
umumiy foydani taqsimlash mexanizmining yo‘qligi bu ishni amalga 
oshirish samaradorligini birmuncha pasaytiradi. 
O‘zbekistonda logistikaning sekin rivojlanishiga sabab bo‘layotgan 
quyidagi muammolarni alohida ajratishimiz mumkin: 
Birinchidan logistika tushunchasi ko‘pgina ishbilarmon va 
menejerlar uchun yangilik O‘zbekistonda malakali mutaxassislar talab 
darajasida yetishmaydi, logistika sohasida menejerlar, ishbilarmonlar 
kam, bu esa logistikaning mohiyatini tushunishni qiyinlashtiradi. 
Ikkinchidan, tashkilotlarida logistika tamoyillarini amalga oshirish 
uchun sharoit yetishmaydi. Ko‘pgina tashkilotlar iqtisodiyot rejasi 
oldida “tizzagacha botishgan”. Ko‘pgina korxonalarda logistika 
xizmatini shakllantirishda qiyinchiliklar mavjud bo‘lib turibdi. 
Xususiy firmalar xodimlari bajarilishi kerak bo‘lgan funksiyalari 
va bu bo‘linmalarning faoliyati haqida past tasavvurga egadirlar.
Uchinchidan, milliy qonunchilik xalqaro qonunchilikda, xalqaro 
savdo sohasida, harakat, xalqaro tashish, milliy tashish va ichki tashish 
shuningder, aralash tashish masalalari hali yetarlicha o‘zaro 
moslashtirilmagan. Tovarlar harakatini to‘sib turishga olib keladigan 
omillar oqibatida logistik zanjirning uzoq muddatga uzilishiga olib 
keladi va u ma’lum vaqtgacha cho‘zilishi mumkin. Shu sababli korxona 


33 
rahbarlari va xodimlari o‘z maqsadlarini amalga oshirishlarida 
logistikani tatbiq etishga ishonchsizlik bilan yondashishlari mumkin. 
To‘rtinchidan, chet el logistik tashkilotlari bilan yaxshi 
aloqalarning yo‘qligi, xalqaro logistik uyushmalari bilan davlatlararo 
huquqiy aloqalarni belgilash, soliq, bojxona, ba’zi vazirliklar, 
departament va boshqalar tomonidan korxonalar ishbilarmonlik 
faoliyatining olib borilishi darajasi yetarli emasligi.
Hozirda logistika sohasiga qaratilayotgan e’tibor yaqqol ko‘zga 
tashlanmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar hech birimizga sir emas. 
Eksport qilinadigan asosiy yuklarni quyidagi hududlar orqali temir 
yo‘l transportida tranzit tashishda tarif preferensiyalarini olish 
choralarini ko‘rish: Turkmaniston va Eron hududlari orqali – Bandar-
Abbos bandargohiga va keyinchalik Janubiy, JanubiSharqiy Osiyo va 
Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga chiqish uchun; Ozarbayjon va Gruziya 
hududlari orqali – Qora dengizdagi Poti, Batumi va Ilichevsk 
bandargohlari, O‘rta Yer dengizidagi Mersin bandargohiga, keyinchalik 
Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlariga, shuningdek, Marmaray 
dovoni orqali Yevropa Ittifoqi davlatlariga chiqish uchun; Qozog‘iston 
va Rossiya hududlari orqali – Boltiqbo‘yi va Qora dengiz hamda Uzoq 
Sharq bandargohlariga chiqish uchun “Yo‘l xaritasi” va chora-tadbirlar 
dasturini ishlab chiqish, bunda: 
- tegishli davlatlar temir yo‘l ma’muriyatlariga murojaatlar 
yuborish;
- masalalarni ikki tomonlama muzokaralar va uchrashuvlar 
davomida ko‘rib chiqish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 
chora-tadbirlarni aniq belgilash; 
- chet el davlatlaridagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari 
vakillarini keng jalb qilish;
- loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy manbalarni 
aniqlash, xorijiy davlatlar hamda xalqaro moliya institutlari 
mablag‘larini jalb qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish nazarda 
tutiladi. 
Milliy yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarga 
qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida “Milliy logistika portali”ni 
tashkil etish lozim ekanligi ta’kidlanmoqda. Xalqaro tranzit yo‘llarini 


34 
ochish, kengaytirish va zarurlarini qayta qurish hamda rekonstruksiya 
qilish zarur. Kelgusi yilda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha 
muzokaralarni qayta boshlanishi ham quvonarli hol. Eksportni yanada 
rag‘batlantirish maqsadida texnik jihatdan tartibga solish tizimini 
xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish lozim. Asosiy maqsadlarimizdan 
biri – tashqi bozorga sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni “o‘zbek 
brendi” nomi bilan olib chiqishga erishish kerak. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish