Tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish.
Logistikada
tizimli yondashish xo‘jalik yurituvchi subyektlarni o‘zaro bog‘liq
tizimostilar kompleksi - ishlab chiqarish, sotish va xarid qilish
bo‘linmalari sifatida ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. Ular tashqi
muhitdan olinadigan va uzatiladigan ma’lumotlar asosida boshqariladi.
Logistik tizimlarning faoliyati murakkab “asos-natija” aloqalarining
ham tizimlar ichida, ham tashqi muhit bilan munosobatlarida vujudga
kelishi bilan xarakterlanadi. Bunday sharoitlarda tizimlar faoliyatining
27
umumiy maqsadlarini hisobga olmasdan, alohida qarorlar qabul qilish
yetarli emas yoki xato bo‘lishi mumkin. Masalan, korxonaning
boshqaruv bo‘limi shakarni qog‘oz paketlarga joylashtirish haqida qaror
qabul qiladi. Qoplarga qadoqlangan shakarni tashishga, yuklashga va
boshqa texnologik amallarni bajarishga moslashtirilgan umuman tovar
harakati tizimi bu qarorga qanday munosabatda bo‘ladi.
Tizimli yondashishga binoan ishlab chiqaruvchi korxonada
shakarni qadoqlash haqidagi qarorlar transport va savdo-sotiq
tashkilotlarining talablarini hisobga olgan holda qabul qilinishi zarur va
maqsadi moddiy oqimni optimallashtirishdan iborat bolishi kerak.
Iqtisodiy kelishuvlar asosida qarorlar qabul qilish -
iqtisodiy
kelishuvlarni ishlatish hamda logistik jarayonda qatnashuvchi hamma
ishlab chiqarish tashkilotlarimng qiziqish doirasini namoyon qiluvchi
hisobotlarda aks etadi.
1.4. Raqamli logistikaning O‘zbekiston iqtisodiyotini
rivojlanishida tutgan o‘rni va ahamiyati
Zamonaviy axborot texnologiyalari va boshqaruvning aqlli
tizimlaridan foydalanishga asoslangan raqamli logistika transport
yaxshilanishining asosiy sohasidir. Shu bilan birga, raqamli logistikani
amalga oshirish an’anaviy tamoyillarga muhim qo‘shimcha talab qiladi -
kerakli ma’lumotlarni kerakli vaqtda va joyda olish bilan bog‘liq
talablar.
Logistika sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish transport
tizimining ayrim elementlarining ishlash xususiyatlarini hisobga olgan
holda yuklarni eshikdan eshikka yetkazib berish zanjirini maqbul
ravishda tashkil etish imkonini beradi. Aqlli tizimlardan foydalanish va
katta hajmdagi ma‘lumotlarga ishlov berish orqali individual
rejalashtirishdan o‘tish amalga oshiriladi, bunda to‘liq yetkazib berish
rasmini ko‘rish imkonsiz, transport tizimi faoliyatining umumiy
jihatidan har xil turdagi transport vositalarining ishlashini baholashga
imkon beradigan integral rejalashtirish lozim. Masalan, transport
infratuzilmasida tiqilib qolish holatini baholash transportning asosiy
28
ko‘rsatkichlariga ushbu ta’sir prognozini hisobga olgan holda transport
turini tanlashni belgilaydi. Ushbu yondashuv xarajatlarni tejashga imkon
beradi. Tovarlarni yetkazib berish uchun, shuningdek transport
xizmatlari iste’molchilari (masalan, savdo korxonalari) va transport
kompaniyalari o‘rtasida yagona axborot makonida integratsiyani
ta’minlash uchun aqlli tizim ehtiyojni baholaydi va elektron ariza
shakllanishini amalga oshiradi. Rejalashtirish jarayoni amalga oshirishda
tizimda elektron shaklda tovarlarni yetkazib berish to‘g‘risida ariza
olinganda, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshirish
lozim. Zotan juda ko‘p bulutli xizmatlar mavjud bo‘lib, kelajakda biz
ulardan kengroq foydalanishni amalga oshirilishini kutishimiz kerak.
Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar asosida rivojlanayotgan
globalizatsiya va kuchli integratsiya iqtisodiyotni yanada tez va keskin
tarzda shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Faqat ana shu jarayonlarga
moslashgan holda uning tashkil qiluvchi elementlari hisoblangan asosiy
sohalarini rivojlantirish bilan hozirgi vaziyatda raqobatbardoshlikni
saqlab qolish mumkin. Hozirda ixtisoslashgan ishlab chiqarishni va
jahon miqyosida hamkorlik aloqalarini chuqurlashishini shakllantiruvchi
multimodal logistika markazlari va logistika sohasi muhim rol o‘ynaydi.
Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida
yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab
bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish,
birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan
o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori
texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish
tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash eng dolzarb vazifalardan
biriga aylanmoqda.
Shu o‘rinda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ma’ruzalarida ta’kid-
laganidek: “..hamma sohada aniq tartib va qattiq intizomni
ta’minlashimiz darkor. Yana bir bor ta’kidlayman, ishni birgalikda
bajaramiz, natija uchun esa har birimiz shaxsan javob beramiz”.
Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
Sh.M.Mirziyoev
tomonidan “Yo‘l-transport,
muxandislik-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va
modernizatsiya qilish bo‘yicha dasturlarning prognoz parametrlarini
29
ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish hamda ularga
erishishning asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab bergan.
Mamlakatimizda ham bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish,
qulay biznes muhitini yaratish va iqtisodiyotimizni
modernizatsiyalashning yangi talablari eng avvalo logistikani
rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Yurtimiz iqtisodiyotini yanada
rivojlantirishda logistikaning o‘rni katta. Chunki bu soha rivojlangan
hamda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti rivoji uchun dolzarb
bo‘lib kelmoqda .
O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasining
iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishariga
bag‘ishlangan bandida “Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish,
milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va
diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish,
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil
etish, amaldagi zonalarning samaradorligini oshirish, xizmatlar
ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni
shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan
xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori
texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish, yo‘l-transport
infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga,
boshqarish tizimiga informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni joriy
etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni saqlash, transportirovka qilish va
sotish, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlarni ko‘rsatish
infratuzilmasini yanada kengaytirish” kabi vazifalar keltirilgan.
Shulardan kelib chiqqan holda, bugun mamlakatimizni
modernizatsiya qilish va yangilash, iqtisodiyotimizning sifat jihatdan
yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni
kompleks rivojlantirish bo‘yicha barcha rejalarimizning muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi yo‘l-transport va kommunikatsiya infratuzilma
tarmoqlarini yuksak sur’atlar bilan rivojlantirishga uzviy bog‘liqdir.
2018-2021 yillarda chegaradosh mamlakatlar bilan logistik
marshrutlarni diversifikatsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, unga ko‘ra
kelishuv bitimlari imzolanadi. Bunda chegaradosh mamlakatlar bilan
30
amaliy muzokaralar o‘tkazish, qo‘shni davlatlarning infratuzilmalarini
rivojlantirishga investitsiyalar kiritish tashabbusi bilan chiqish orqali
mahsulotlarning eksport-importidagi logistik muammolarni hal etishga
qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi. O‘zbekistonda
tashqi iqtisodiy va boshqa xalqaro aloqalar, shu jumladan yuklar
(yo‘lovchilar)ni xalqaro tashishlar yuqori suratlar bilan rivojlanmoqda.
Buni yangi ishlab chiqilgan qonunlar, qarorlar logistik markaz hamda
kompaniyalarga yaratilayotgan turli imkoniyatlar va yangi ochilayotgan
logistik markazlar misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining yagona transport bozorini tashkil
etish transport strategiyasining asosiy maqsadlaridan biridir. Mamlakat
transport yo‘nalishlarining g‘arbdan-sharqqa kesishgan geografik
hududda joylashuvi milliy transport infratuzilmasining intensiv
rivojlanishini ta’minlash maqsadida logistik boshqaruv yondashuvini
amalga oshirish asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Transport tizimining muhimligi iqtisodiy rivojlanish uchun
maqsadli dasturni amalga oshirishni, har xil transport turlarini
rivojlantirishga qaratilgan kompleks maqsadli dasturni amalga oshirishni
taqozo etadi. Transport muammolari tizimli yondashuv nuqtai nazardan
kelib chiqqan holda o‘z yechimini topadi va maxsus dastur ishlab
chiqishni taqozo etadi. Bu dasturning tarkibiga quyidagi asosiy
tamoyillarni kiritish maqsadga muvofiqdir:
- transport infratuzilmasini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish;
- yo‘lovchi va yuk transporti xizmatlarini takomillashtirish;
- xalqaro transport aloqalari, transport yo‘laklari, qo‘shni davlatlar
bilan hamkorlik va jahon transport tarmog‘iga integratsiyalashuv;
- transport tizimlarining integratsiyalashuvi;
- barcha xil transportlarda harakat xavfsizligini ta’minlash;
- transport va uning infratuzilmasi rivojlanishida ekologik
masalalar;
- transport statistikasi va axborot infratuzilmasi;
- transport sohasida qonunchilik;
-fan va ta’lim.
Bunday ulkan kompleks masalalar ilmiy, texnologik, tashkiliy
yechimlar bilan bog‘liqdir. Transport muammolarining rivojlanishi,
31
intermodalligi va umumiy axborot muhitini shakllantirish, hattoki
transport tizimida qo‘llaniladigan terminlarda ham har-xil talqin
etilmoqda. Bunday sharoitda hamkorlik sari birinchi qo‘yiladigan
qadamlar ushbu masalalarni yechish va muammolarni bir tizimga
keltirishdan iborat bo‘ladi.
Hozirgi jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bozor
iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning ko‘pgina sohalarini qaytadan
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi.
Xalqaro yuklarni tashishda faol ishtirok etayotgan milliy transport
va ekspeditorlik tashkilotlar birinchilardan bo‘lib, yuklarni tashishni
zamonaviy holda tashkil etish va yuklarni qayta ishlash logistikasini
muhimligini anglab yetgan holda inter, multimodal va yuklarni
tashishning terminal tizimlarini, yuklarni tashish texnologiyasi,
zamonaviy telekommunikatsiyalar, ya’ni yukni kuzatishning va
boshqalarning ham logistikaga ehtiyoji sezildi. O‘zbekistonda yirik
transport va ekspeditorlik tashkilotlari o‘zlarining terminal tizimlarini,
tashkil eta boshladilar, shuning uchun yuk tarqatuvchi va logistik
markazlar, logistik servis ko‘rsatish ishlarini qo‘llab-quvvatlab turuvchi
axborot - kompyuter tizimlarini tuzishga ehtiyoj sezilmoqda.
Logistika konsepsiyasini tatbiq etish, korxonalardagi umumiy
xarajatlarni kamaytirish uchun asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi.
Logistik faoliyat integratsiyali ahamiyatga ega bo‘lib, u tovar
(xizmat)larga ehtiyoj paydo bo‘lgandan, to uni qoniqtirgungacha bo‘lgan
oraliqni o‘z ichiga oladi. Makrodarajadagi logistika turli xil
tashkilotlarning integratsiyalashuvi orqali biznes maqsadiga
erishgungacha bo‘lgan birgalikdagi faoliyatini aks ettiradi.
Barcha faoliyat va operatsiyalar rejalashtirilishi, boshqarilishi va
muvofiqlashtirilishi lozim. Logistikaning asosiy integratsiyalashgan
tizimini shunday muhim biznes sohalari, ya’ni xomashyo va
materiallarni sotib olish, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish, transport,
axborot va boshqalar tashkil etadi.
Logistikaning maqsadi deb, globalizatsiyalashtirish, inson
faoliyatining kattagina sohasini o‘z ichiga olgan tovarlar, xizmatlar,
32
xomashyo va materiallar harakatining barcha yo‘llarini tushunish
mumkin.
Hozirgi kunda logistika transport - ekspeditsiya faoliyati doirasida
qizg‘in rivojlanayapti. Logistik zanjirning tuzilishiga e’tibor bersak ba’zi
bo‘g‘inlarda mahsulotlarni ortiqcha ishlatish, boshqa hollarda esa iqtisod
qilinganini ko‘ramiz. Afsuski, bu iqtisodiy, murosalar hozircha muhim
rol o‘ynamaydi. Transport-ekspeditsiya firmalari logistik zanjir
tuzilishida sheriklarning qiziqishini hisobga olishlari kerak. “Zanjir, eng
kuchsiz bo‘g‘inga qaraganda kuchli bo‘lishi mumkin” - bu logistikaning
asosiy tamoyillaridan biridir.
Logistikaning asosiy xususiyatlaridan biri har xil korxonalarning
tovarlari iste’molchiga yetib borgunga qadar ularning birgalikdagi
faoliyatidir. Bunday faoliyatga mablag‘ni pasaytirish zaxira manbalarini
ochishga yordam beradi. Shu bilan birga logistik sheriklar o‘rtasida
umumiy foydani taqsimlash mexanizmining yo‘qligi bu ishni amalga
oshirish samaradorligini birmuncha pasaytiradi.
O‘zbekistonda logistikaning sekin rivojlanishiga sabab bo‘layotgan
quyidagi muammolarni alohida ajratishimiz mumkin:
Birinchidan logistika tushunchasi ko‘pgina ishbilarmon va
menejerlar uchun yangilik O‘zbekistonda malakali mutaxassislar talab
darajasida yetishmaydi, logistika sohasida menejerlar, ishbilarmonlar
kam, bu esa logistikaning mohiyatini tushunishni qiyinlashtiradi.
Ikkinchidan, tashkilotlarida logistika tamoyillarini amalga oshirish
uchun sharoit yetishmaydi. Ko‘pgina tashkilotlar iqtisodiyot rejasi
oldida “tizzagacha botishgan”. Ko‘pgina korxonalarda logistika
xizmatini shakllantirishda qiyinchiliklar mavjud bo‘lib turibdi.
Xususiy firmalar xodimlari bajarilishi kerak bo‘lgan funksiyalari
va bu bo‘linmalarning faoliyati haqida past tasavvurga egadirlar.
Uchinchidan, milliy qonunchilik xalqaro qonunchilikda, xalqaro
savdo sohasida, harakat, xalqaro tashish, milliy tashish va ichki tashish
shuningder, aralash tashish masalalari hali yetarlicha o‘zaro
moslashtirilmagan. Tovarlar harakatini to‘sib turishga olib keladigan
omillar oqibatida logistik zanjirning uzoq muddatga uzilishiga olib
keladi va u ma’lum vaqtgacha cho‘zilishi mumkin. Shu sababli korxona
33
rahbarlari va xodimlari o‘z maqsadlarini amalga oshirishlarida
logistikani tatbiq etishga ishonchsizlik bilan yondashishlari mumkin.
To‘rtinchidan, chet el logistik tashkilotlari bilan yaxshi
aloqalarning yo‘qligi, xalqaro logistik uyushmalari bilan davlatlararo
huquqiy aloqalarni belgilash, soliq, bojxona, ba’zi vazirliklar,
departament va boshqalar tomonidan korxonalar ishbilarmonlik
faoliyatining olib borilishi darajasi yetarli emasligi.
Hozirda logistika sohasiga qaratilayotgan e’tibor yaqqol ko‘zga
tashlanmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar hech birimizga sir emas.
Eksport qilinadigan asosiy yuklarni quyidagi hududlar orqali temir
yo‘l transportida tranzit tashishda tarif preferensiyalarini olish
choralarini ko‘rish: Turkmaniston va Eron hududlari orqali – Bandar-
Abbos bandargohiga va keyinchalik Janubiy, JanubiSharqiy Osiyo va
Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga chiqish uchun; Ozarbayjon va Gruziya
hududlari orqali – Qora dengizdagi Poti, Batumi va Ilichevsk
bandargohlari, O‘rta Yer dengizidagi Mersin bandargohiga, keyinchalik
Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlariga, shuningdek, Marmaray
dovoni orqali Yevropa Ittifoqi davlatlariga chiqish uchun; Qozog‘iston
va Rossiya hududlari orqali – Boltiqbo‘yi va Qora dengiz hamda Uzoq
Sharq bandargohlariga chiqish uchun “Yo‘l xaritasi” va chora-tadbirlar
dasturini ishlab chiqish, bunda:
- tegishli davlatlar temir yo‘l ma’muriyatlariga murojaatlar
yuborish;
- masalalarni ikki tomonlama muzokaralar va uchrashuvlar
davomida ko‘rib chiqish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
chora-tadbirlarni aniq belgilash;
- chet el davlatlaridagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari
vakillarini keng jalb qilish;
- loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy manbalarni
aniqlash, xorijiy davlatlar hamda xalqaro moliya institutlari
mablag‘larini jalb qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish nazarda
tutiladi.
Milliy yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarga
qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida “Milliy logistika portali”ni
tashkil etish lozim ekanligi ta’kidlanmoqda. Xalqaro tranzit yo‘llarini
34
ochish, kengaytirish va zarurlarini qayta qurish hamda rekonstruksiya
qilish zarur. Kelgusi yilda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha
muzokaralarni qayta boshlanishi ham quvonarli hol. Eksportni yanada
rag‘batlantirish maqsadida texnik jihatdan tartibga solish tizimini
xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish lozim. Asosiy maqsadlarimizdan
biri – tashqi bozorga sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni “o‘zbek
brendi” nomi bilan olib chiqishga erishish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |