- o‘qitish maqsadi: Kommunikatsiya maqsadlarini rivojlantira olish
- o‘qitish maqsadi: Kommunikatsiya maqsadlari va kanaliga mos kontentni ishlab chiqish va rivojlantirishnibilish
Aloqa maqsadlari va aloqa kanallari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik mavzusiga kirish. O‘quvchilardan o‘zlari biladigan ba’zi tovar va xizmatlarni aytib berishlarini so‘rang va ularni targ‘ib qilish uchun foydalaniladigan kanallarni muhokama qiling. Bular o‘quvchilarga tanish bo‘lgan har qanday tovar va xizmatlar bo‘lishi mumkin.
Tashkilotning umumiy muvaffaqiyatiga mazkur tovar va xizmatlarni sotish uchun foydalaniladigan kanallarning qanday ko‘maklashishi to‘g‘risida muhokama o‘tkazing. Natijalarni sinf bilan muhokama qiling. • Sinfda o‘quvchilar marketingga oid integratsion (qismlari jamlangan) aloqalar va muvaffaqiyatli marketing uchun uning ahamiyatini muhokama qilishda ishtirok etishlari mumkin.
O‘quvchilardan tashkilot uchun aloqaviy maqsadlar haqidagi g‘oyalarini o‘rtoqlashishlarini va sinf bilan o‘rtoqlashish mumkin bo‘lgan misollarning ro‘yxatini tayyorlashlari uchun juftliklarda ish olib borishlarini so‘rang.
To‘g‘ri aloqa kanallaridan foydalanish tashkilotga o‘zining marketingga oid maqsadlariga erishishida qanday yordam berishi mumkinligi to‘g‘risida muhokama o‘tkazing.
Marketingga oid aloqalarni muhokama etish uchun spikerlar taklif etilishi mumkin. O‘quvchilar unga marketingga oid aloqalar va ulardan spikerning tashkilotida qanday foydalanilishi to‘g‘risida savollar berishlari mumkin bo‘ladi. Spiker tegishli misollarni keltirish orqali o‘zining tashkilotida marketingga oid aloqalardan qanday foydalanilishini tushuntirib berishi mumkin.
D - o‘qitish maqsadi: Kommunikatsion strategiyani baholay olish, kanal vaijodiy kontentni tanlash
O‘quvchilar bir qator tashkilotlarning aloqaga oid strategiyalarini, kanallar tanlovini va ijodiy kontentni baholash uchun kichik guruhlarda ish olib boradilar. Mazkur tashkilotlar tijoriy yoki notijoriy bo‘lishlari mumkin (masalan, hayriya yoki nodavlat tashkilotlari).
O‘quvchilar o‘zlarining baholanuvchi hisobotlari uchun mos keladigan keys-stadini o‘rganishlari lozim bo‘ladi. O‘zlarining dastlabki mulohazalari bilan o‘rtoqlashish, keyin esa o‘z xulosalarini sinfga taqdim etish uchun o‘quvchilar juftliklarda yoki kichik guruhlarda ish olib borishlari mumkin.
Har bir o‘quvchi aloqaga oid strategiyani, kanal tanlovini va ijodiy kontentni o‘z ichiga oladigan keys-stadini tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini namoyish etuvchi mustaqil hisobotni baholash uchun taqdim etishi lozim. O‘quvchilarning baholash uchun o‘z hisobotlarini yozishga kirishishlaridan avval turli tashkilotlarning marketingga oid aloqalarini o‘rganish va tanqidiy ta’rifni amalda sinab ko‘rishlari uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lishlari muhim hisoblanadi.