O‘SMIRLAR XULQ-ATVORNI SHAKLLANISHIGA OILAVIY
MUNOSABATLARNING O‘RNI
Karakulova UA
O’zMU Psixologiya yo’nalish 1 kurs magistranti
umida.karakulova @bk.ru
Mamlakatimiz kelajagi, ravnaqini mustahkamlaydigan avlod avvalo oilada
shakllanadi. Bola tarbiyasini amalga oshirish jarayonida maktab jamoachilik bilan
bir qatorda oila ham alohida, hal qiluvchi o‘rinni egallaydi.
YOsh avlod hayotning ko‘p qismi oilada o‘tadi. Shu boisdan bola turmushining
murakkab tomonlari bilan huddi shu jamoada tanishadi. SHuning uchun ham oila
jamiyatning muhim bo‘g‘ini sifatida bolalarning axloqi, yurish turishi, xatti-
harakatlari, e’tiqod va dunyoqarashiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi hamda ularni
turmush qurishga tayyorlab borishi lozim.
Ma’lumki, jamiyatda bo‘ladigan har qanday o‘zgarishlar kishining ruhiyatiga,
ichki kechinmalariga o‘zaro munosabatlariga bevosita ta’sir qiladi. Bu jarayonni
jamiyatning asosiy negizlaridan biri bo‘lishi oilaga, oila a’zolarining o‘zaro
munosabatlariga ham ma’lum darajada kirib borishi ham tabiiydir.
Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy
me’yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me’yor jamiyat bosharuvining ajralmas qismi bo‘lib,
shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga moslashtiruvchi
qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me’yorning bir necha turlari mavjud bo‘lib huquqiy,
ahloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me’yorlar shular jumlasidandir.
Deviant xulq-atvor jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan
insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik,
o‘g‘irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu
kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.
O‘smirlik davri shaxs shakllanishida eng nozik davr bo‘lib,aynan shu davrda
deviant xulq-atvor shakllanishi ko‘p uchraydi. Ayniqsa bu davrda oilaviy
munosabatlar o‘smir uchun muximdir. Oiladagi nizolar esa o‘smirlarda deviant
xulq-atvorning shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Deviant xatti-harakatlarning sababi bo'lgan asosiy omil - bu oilada ota-
onalarning salbiy namunasi borligi deb atash mumkin. Oilada axloqiy me'yorlar va
ijtimoiy hayot qoidalarining birinchi assimilyatsiyasi sodir bo'ladi. Undan odam
munosabatlar, aloqa va xulq-atvor modellarini oladi, ya'ni bu ijtimoiylashish
vositasidir.
Oiladagi o‘zaro munosabatlarda va turmushda go‘zalikka e’tibor berish ham
alohida ahamiyatga egadir. Agar ota-ona va oiladagi kattalar o‘zaro munosabatlarida
go‘zalikka e’tibor bersalar, oila muomalasida ahillik, samimiyat, hurmat bo‘lsa, shu
oilada tarbiyalanayotgan farzandlar hulqida ijobiy ahloq fazilatlar tarkib topib
boradi. Demak, oiladagi estetik tarbiya ota-onalar va boshqa katta kishilarning
o‘zaro to‘g‘ri munosabatidan boshlanishi kerak.
O‘smirlar kattalarning yurish-turishlarini, muomalasini, qo‘shnilari, o‘rtoqlari
bilan qanday gaplashishlarini kuzatadilar. Shuning uchun o‘smir bolalar oldida
maqtanish yoki boshqalarni g‘iybat qilish mutlaqo yomon odat bo‘lib, o‘smirlarga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Agar o‘smirning otasi yoki onasi boshqalarga nisbatan qo‘pol, badfe’l bo‘lsa,
serjahl bo‘lsa, arzimagan narsalar ustida g‘avg‘o ko‘tarsa, o‘z bolasining asabini
buzadi, bu hol bolaning psixikasiga yomon ta’sir etadi. Bunday sharoitda estetik
tarbiyaga o‘rin qolmaydi. Bolalarni estetik hislari barkamol kishilar qilib voyaga
etkazish uchun oiladagi kattalar o‘zlari estetika talablariga to‘la amal qiladigan
kishilar bo‘lishlari lozim.
Oilada bola tarbiyasining o‘ziga xos qoidalari mavjud bo‘lib ota-onalar ulardan
o‘rinli foydalanishlari lozim. xususan, ular quyidagicha:
1.oilada hissiy maslik, ruhiy xotirjamlik va iliq iqlim yaratish.
2. ota-ona obro‘sini saqlash.
3. tarbiyada ota-ona, kattalar o‘rtasida talabchanlik birligi.
4. bola shaxsini mehnatda tarbiyalash.
5. oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi.
6. bolani sevish va izzat qilish.
7. oilada qat’iy rejim va kun tartibi o‘rnatish.
8.tarbiyada bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
9. bola taraqqiѐtini aniqlab berish.
10.bolada mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini hosil etish va boshqalar.
Oilada bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etib, faqat farzandlarga
ruhiyat va ma’naviyat bilimidan saboq berish bilan qanoatlanib qolmasdan balki
o‘zlari ham tarbiya sehrlari, xususiyatlari, holatlari mohiyati va ma’nosi yuzasidan
yangi-yangi ma’lumotlardan xabardor bo‘lib turishlari kerak.
Ba’zi ota-onlr farzandlari bilan kamroq muloqotda bo‘lishi ulardan o‘zlarini
nariroq olib yurish bilan obro‘ orttirishni uylashadi. Ularning nazarida, go‘yo
farzand bilan qancha kam uchrashilsa, shuncha ko‘proq obro‘ qozonish mumkin. Bu
mutloqo noto‘g‘ri tushuncha, ota-ona o‘z farzandi bilan qancha kam muloqotda
bo‘lsa, ular o‘rtasida begonalashish, loqayd bo‘lish holatlari kelib chiqadi.
Oilaviy munosabatlar odatda oiladagi ota-onaning roli, er-xotin munosabatlari,
farzandlarning o‘zaro munosabati hamda ularning ota-onalariga bo‘lgan
munosabatlari, yaqin kishilar, qarindoshlar bilan muloqot qilish xususiyatlari
nazarda tutiladi. Hamisha uning inson tarbiyasiga bo‘lgan ta’siri borasidagi turli
masalalari doimo har bir davrning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Masalan,
Sharqda, oilaning e’zozlanishi, oilaviy munosabatlar, ayniqsa har bir oila a’zosining
o‘zaro muloqotiga jiddiy e’tirof berilishi haqida juda ko‘pgina manbalarda izoh
berilgan.
Oilada ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamjihatlik, mehr-oqibat,
o‘zaro hurmat, shirinsuhanlik, bir-biriga g‘amxo‘rlik kabi sifatlar, ѐsh avlodni
maqsadga xos tarzda tarbiyalashda samaradorlikni oshiruvchi usullardan biri bo‘lib,
taqlid qilish borasida yaxshi namuna hisoblanadi. Oiladagi o‘zaro munosabatlarni,
yuz beradigan voqea ilg‘ab oladi. SHuning uchun ham namuna sifatida ota-ona
shunday hislatlarga ega bo‘lishi kerakki, bulardan:
1. mehnatkash;
2. tartib intizom;
3. mehr-muhabbatli;
4. sabr toqatli;
5. savodxon kabi shunday fazilatlarga ega bo‘lgan har bir ota-ona obro‘li
farzandlarni tarbiyalash sohasidagi ta’sir kuchli bo‘ladi. Ota-ona obro‘sini
ta’minlaydigan eng muhim omil ularning kundalik hayotdagi ibratli insoniy
munosabatlari, mehnatdagi yuksak muvaffaqiyatlar, shuningdek ularning bilim
doirasi, dunyoqarashi va axloq-odob bilan aloqador bo‘lgan xususiyatlari
belgilovchi mezon hisoblanadi.
Shu sababdan ham o‘smirlarda xulq-atvoridagi salbiy illatlarni bartaraf etish,
oilalarda ijtimoiy, psixologik bilim darajasini oshirish dolzarb muammolardan
sanaladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.Ahliddinov R. «O‘zbek oilasi fazilatlari» «Xalq ta’limi» jurnali. Toshkent
1998 y. 1-son, 51-56 b.
2. Uzoqov X., G‘oziyev E., Tojiev A. «Oila etikasi va psixologiyasi» Toshkent;
«O‘qituvchi» 1992 y, 125 b.
3. Qurbonova Z. Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi. Ma’ruzalar matni.
Namangan .1-6-35-40 b
4. Egamberdieva N. Ijtimoiy pedagogika. T.2009 y. 163-195 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |