O'smirlar va yoshlar jinoyatchilik


Saʼy-harakatlar samarasi: Yoshlar jinoyatchiligi 39,1 foizga kamaydi



Download 480 Kb.
bet3/6
Sana01.07.2022
Hajmi480 Kb.
#724031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O

Saʼy-harakatlar samarasi: Yoshlar jinoyatchiligi 39,1 foizga kamaydi...
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2019-yilning iyul oyi holatiga koʻra yoshlar jinoyatchiligi 4 549-marta kuzatilgan boʻlib, oʻtgan yilga nisbatan 39,1 foizga kamaygan. Shuningdek, Toshkent shahrida 78,9, Andijon viloyatida 67,3 foiz, Samarqand viloyatida 51,9 foiz, Jizzax viloyatida 46,5 foiz, Namangan viloyatida 44,4 foizga, Sirdaryo viloyatida 39 foiz, Xorazm viloyatida 38,7 foiz, Navoiy viloyatida 33,7 foiz, Fargʻona viloyatida 33,3 foiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 25,7 foiz, Toshkent viloyatida 20,8 foiz, Buxoro viloyatida 14,5 foiz, Qashqadaryo viloyatida 9,4 foiz, Surxondaryo viloyatida eska 3,1 foizga kamaygan.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi esa oʻtgan davrga nisbatan 32,9 foizga kamaygan boʻlib, hududlar kesimida Xorazm viloyatida 76,9 foiz, Navoiy viloyatida 75 foiz, Namangan viloyatida 62,7 foiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 56 foiz,Buxoro viloyatida 46,9 foiz, Samarqand viloyati 46,7 foiz, Toshkent shahrida 38,5 foiz, Andijon viloyatida 36,6 foiz, Sirdaryo viloyatida 33 foiz, Qashqadaryo viloyatida 11,8 foiz, Surxondaryo viloyatida 10 foizga, Jizzax viloyatida 8 foiz , Fargʻona viloyatida 5,1 foizga kamaygan boʻlsa, joylarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qoniqarli tashkil etilmaganligi, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini jilovlashdagi ishlarning samarasizligi sababli Toshkent viloyatida 4,1 foizga oshgan.
Kelajagimiz yoshlarning qoʻlida ekanligini unutmagan holda ular tomonidan jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, ezgu va bunyodkorlik tashabbuslari chiqishini, shunday ishlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun barchamiz birdek harakatda boʻlmogʻimizni zamonning oʻzi talab qilmoqda.
Yoshlik oʻzining olijanob tashabbusi, sofdillikka, adolatga intilishi bilan taraqqiyotning buyuk kuchlaridan birini tashkil qiladi. Yoshlik, bu – orzu, ishonch, kelajakka tuzilgan ulkan rejalar va istiqbolning boshlanishidir. Agar yoshlik orzusi boʻlmaganda inson hayoti bir nuqtada toʻxtab qolgan boʻlardi.
Aleksandr Ostrovskiy aytganidek, «Bolalikdayoq barkamol boʻlishni judayam zarur deb hisoblamayman, odam maktabni tugatganidan keyin ham koʻp narsalarni oʻrganishi mumkin, ammo mashgʻulot koʻnikmasi va aqliy kamolotning asosi yoshlikda shakllanadi». Shu sababli bu neʼmatdan unumli foydalanib, oʻzining salohiyatini oshirib borgan, jamiyatda munosib oʻrin egallashga kirishgan insonning ertasi nurafshon.
Yoshlik shu narsa bilan baxtiyorki, uning kelajagi bor. Yoshlik paytida shunday ulugʻ fikrlar tugʻiladiki, bu fikrlar kelajakda insonni koʻklarga koʻtaradi. Demak, yoshlikni asrash, uning har bir soniyasining qadriga yetish lozim. Chunki dunyoda undan yaxshi palla ham, qimmatli narsa ham yoʻq!
Ammo “Yoshlik – beboshlik” deya nojoʻya harakatlarga qoʻl urib, jinoyat koʻchasiga kirib ketayotgan yoshlar afsuski, bugun uchrab turibdi. Soʻnggi paytlarda jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining aksariyati ham yoshlar oʻrtasida kuzatilayotgani achchiq haqiqat.
Birgina joriy yilning oʻtgan yetti oyida respublika boʻyicha yoshlar tomonidan 5 914 ta jinoyat sodir etilgan. Achinarli jihati, ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 30 foizga oshgan. Shu vaqt mobaynida 464 nafar voyaga yetmagan shaxslar tomonidan 401 ta jinoyat sodir etilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 36,4 foiz koʻpdir.
Albatta, bu raqamlar, koʻrsatkichlar huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularni sodir etish sabablari va shart-sharoitlarini chuqur tahlil qilish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha samarali chora-tadbirlar koʻrishni taqozo etadi. Demak, bu borada ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini, ularning boshqa vazirlik va idoralar, ayniqsa, taʼlim muassasalari, hududlardagi sektor rahbarlari oʻrtasidagi hamkorligini yana-da kuchaytirish gʻoyat muhimdir.
Shu oʻrinda haqli savol tugʻiladi. Xoʻsh, yoshlarning jinoyat sodir etishiga nimalar sabab boʻlmoqda? Bugun yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan qanday chora-tadbirlar olib borilmoqda?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mazkur masala yuzasidan yuborilgan parlament soʻroviga Ichki ishlar vaziri P.Bobojonovning javobi koʻrib chiqildi.
Hech kimga sir emaski, yoshlar asosan bekorchiligi, eʼtiborga muhtojligi, huquqiy savodxonligining pastligi tufayli jinoyat sodir etadi. Muammoga yechim topish maqsadida joriy yilning oʻtgan 9 oyida ichki ishlar organlari tomonidan manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari oʻtkazilgan.
Jamoat tartibini buzgan, tarbiyasi ogʻir, taʼlim muassasalaridagi darslarga sababsiz qatnashmaydigan, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan yoki sodir etgan, oʻzboshimchalik bilan oiladan yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan ketib qolgan, adashgan yoki qarovsiz qoldirilgan 38 671 nafar voyaga yetmagan shaxslar ichki ishlar organlari tayanch punktlariga keltirilib, ular bilan yakka tartibdagi profilaktik ishlar amalga oshirilgan. Ota-onasi qarovisiz, nazoratisiz qolgan, ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtoj 2 ming 662 nafar voyaga yetmaganlar “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaz”iga joylashtirilgan.
Xalqimiz azaldan bolajonlik fazilatini namoyon qilib, farzandni dunyoga keltirishdan tortib, to kamolga yetkazgunga qadar uning taʼminoti, taʼlim-tarbiyasi va bilim olishi, kasb-hunar egallashiga, umuman, yetuk inson boʻlib kamol topishiga alohida eʼtibor qaratib kelgan. Milliy qonunchiligimizda ham bu insonparvar qadriyatlarimiz oʻzining teran ifodasini topgan.
Xususan, Asosiy Qonun — Konstitutsiyamiz, Oila kodeksi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi, “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunlar, Prezidentimizning koʻplab farmon va qarorlarida yoshlar, ayniqsa, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarining ishonchli himoyasi kafolatlangan.
Shunday ekan, bola dunyoga kelganidan boshlab unga gʻamxoʻrlik qilish, sogʻlom va toʻgʻri tarbiya hamda zamonaviy taʼlim olishini taʼminlash – ota-onaning farzand oldidagi asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Har qaysi ota-ona oʻz farzandlariga nisbatan mutasaddi va masʼul ekanini unutmasligi lozim. Zero, bu farzand kelajagi, uning komil inson boʻlib voyaga yetishida eng muhim va zarur omildir.
Ammo ayrim ota-onalarning farzand tarbiyasiga eʼtiborsizligi, oʻz farzandining tarbiyasini birovlarga ishonishlari oqibatida turli salbiy holatlar kelib chiqayotir.
Masalan, farzandlarini parvarishlash, tarbiyalash borasidagi majburiyatini bajarmayotgan 5092 nafar ota-onaga nisbatan toʻplangan hujjatlar joylardagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga yuborilib, tegishli taʼsir choralari koʻrilgan. Ota-onalarning 2 140 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, 14 nafari ota-onalik huquqidan mahrum qilingan.
Xalqimizda “kasalni davolagandan koʻra, oldini olgan maʼqul”, degan naql bor. Demak, bu borada hamma aybni u yoki bu idoraga, tashkilotga yuklab qoʻyish toʻgʻri emas. Bu masalada hammamiz javobgarmiz. Zotan, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish uchun nafaqat ota-ona, mahalla, balki barcha tashkilot va idoralar ham masʼuldir.

YUNISEFning O‘zbekistondagi «Bolalar himoyasi» dasturi o‘smirlar jinoyatini ko‘rib chiqadigan ixtisoslashgan sudlar tashkil qilishni taklif qilmoqda. Ixtisoslashgan sudya va tergovchilarni o‘smirlar psixologiyasi bo‘yicha o‘qitish bolaning yana qaytadan jinoyat ko‘chasiga kirmasligiga yordam berishi mumkin.


Ichki ishlar vazirligi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, voyaga yetmaganlar orasida, afsuski, qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, bezorilik, o‘g‘rilik, giyohvand moddalar iste'mol qilish yoki sotish bilan bog‘liq og‘ir jinoyatlar ham uchrab turadi.
Statistikaga ko‘ra, respublikada voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2018 yilda 938 tani, 2019 yilda 739 tani, 2020 yilning birinchi yarmida 338 tani tashkil etgan.

Download 480 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish