O'smirlar va yoshlar jinoyatchilik


Yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilikni oldini olishda masʼullar asosiy eʼtiborni nimalarga qaratyapti...?



Download 480 Kb.
bet2/6
Sana01.07.2022
Hajmi480 Kb.
#724031
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O

Yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilikni oldini olishda masʼullar asosiy eʼtiborni nimalarga qaratyapti...?
Bugun jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining yoshlar oʻrtasida kuzatilayotgani achchiq haqiqat. Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar umumiy jinoyatlarga nisbatan 25 foizga yetgan. Mutasaddilar “Kasalni davolagandan koʻra, oldini olgan maʼqul”, degan naqlga amal qilgan holda jinoyat bilan kurashishda dastlab yoshlarni jinoyat qilishga undaydigan sabablar, holatlarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini koʻrmoqda. Yoshlar orasidagi jinoyatlarning ildizi ham xuddi shu jihatlardan qidirilmoqda.
Maʼlumki, yoshlar asosan bekorchiligi, eʼtiborga muhtojligi, huquqiy savodxonligining pastligi tufayli jinoyat sodir etadi. Muammoga yechim topish maqsadida Yoshlar ittifoqi huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlarning siyosiy faolligi, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni kuchaytirib boryapti. Ittifoq tizimida yoshlar jinoyatchiligini barvaqt profilaktika qilish boʻyicha har oyning oxirgi 10 kunligida “Barchasi oʻz qoʻlingda!” targʻibot dekadasi loyihasini tizimli ravishda oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyildi. Dekada doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni barvaqt profilaktika qilishni nazarda tutadigan loyihalar tashkil etiladi. Bugungi kunga qadar ichki ishlar idoralari va Milliy gvardiyaning 1 750 nafar xodimi hamda 7 600 nafar koʻngilli yoshdan iborat “Fidokor yoshlar” patrul guruhlari ishtirokida tuman (shahar)larda 13 886 marta tungi reyd tadbirlari, 3 352 ta taʼlim muassasasida 3 889 marta “Oʻquvchi”, “Tigʻ” profilaktik tadbirlari tashkil etilib, reydlar davomida aniqlangan 3 854 nafar voyaga yetmagan va ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi, 890 nafar yosh taʼlimga qaytarildi.
Joriy yilda ilk bora IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati bilan mustahkam hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, ularning nazoratida turgan yoshlarning muammolarini hal etishga qaratilgan 22 marta (2016 nafar yosh, shundan, 211 nafari ayollar) Probatsiya xizmati nazoratidagi yoshlar ishtirokida “Sinovdan yuksalishga qatʼiy qadam” mavzusida ochiq muloqotlar oʻtkazilib, unda 269 ta murojaat (237 ta muammo, 30 ta taklif) bildirilgan. 162 ta muammoning yechimi topilgan, 48 nafar yoshning bandlik masalalari hal etilgan, 55 nafar yosh kasb-hunar va chet tillari toʻgaraklariga jalb etilgan.
2019-yil 10-20-avgust kunlari, Buxoro, Namangan, Toshkent hamda Xorazm viloyatlari oromgohlarida tarbiya va sport sogʻlomlashtirish oromgohlari tashkil etildi. Unda 1230 nafar ichki ishlar organlarida profilaktik hisobida turuvchi voyaga yetmaganning ishtiroki taʼminlanib, 484 nafar profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmagan yoshni hisobdan chiqarish boʻyicha tavsiyanomalar berildi.
—Tadbirlar davomida tarbiyasi ogʻir jinoyat sodir etishga moyilligi boʻlgan yoshlarning ham ezgu gʻoyalari, tashabbuslari borligiga guvoh boʻldim. “Bolaning yomoni boʻlmaydi. Faqat ularga eʼtiborli boʻlib, befarq boʻlmasdan ularni eshitishni bilishimiz kerak”, degan xulosaga keldim, – deydi Yoshlar ittifoqi boʻlim boshligʻi Akmal Alimov. — Yakka tartibda olib borilgan suhbatlarda ular sodir etgan huquqbuzarliklarini haqiqatda notoʻgʻri ekanligini anglab yetishgan. Bu tushunish ularni ertangi kunda toʻgʻri yoʻlga, toʻgʻri hayotga yetaklaydi. Biz amalga oshirayotgan loyihalar besamar ketmadi.
Doʻstingni safga qaytar” mavzusidagi davra suhbatlarida ilk bor ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan, afv etilgan hamda “Yoshlar ittifoqi kafilligi” bilan sud zalidan ozod qilingan yoshlar qatnashdi...
Mazkur oyda Yoshlar ittifoqi tomonidan Toshkent viloyati IIB P va JIEB 24-son tarbiya koloniyasi, Chinoz tumani 5-sonli respublika qiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati, Sirdaryo viloyati, Baxt shahridagi respublika oʻgʻil bolalar tarbiya muassasasi hamda Qoʻqon shahridagi maxsus kasb-hunar kollejida jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmaganlarni toʻgʻri yoʻlga solish, ularni muassasadan chiqqanlarida jamiyatga moslashishlarini yengillashtirish ham kelajakda oʻz oʻrinlarini topishlariga koʻmaklashish maqsadida “Doʻstingni safga qaytar” mavzusida davra suhbatlari oʻtkazildi. Tadbirlarda ilk bor ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlar, Prezident farmoni asosida afv etilgan hamda “Yoshlar ittifoqi kafilligi” bilan sud zalidan ozod qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo turi tayinlangan voyaga yetmaganlar hamda Probatsiya xizmati nazoratida boʻlgan muassasadan qaytgan yoshlarning ishtirok etishi taʼminlandi. 

Download 480 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish