3-mavzu.Tizimli blok va uning tuzilmasi
Reja:
1. Mikroprosessor yoki prosessor
2. Qattiq disk yoki vinchester
3. Tezkor xotira mikrosxemalari
4. Kesh xotira mikrosxemalari
5. Kontroller yoki adabterlar
6. Ona platasi (Mother board )
7. Disk yurituvchilari
8. Elektr ta’minlovchi blok
Tizimli blok bu kompyuterning eng asosiy qismi. Uning ichida ona platasi,
mikroprosessor, Qattiq disk yoki vinchester, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari,elektron sxemalar yoki kontrollerlar yoki adabterlar, elektr ta’minlovchi blok va disk yurituvchilari joylashadi. Bu tizimli blokga hamma tashqi qurilmalar bog’lanadi va u ularning ishini ta’minlaydi.
Sistema blokning asosiy qismlari:
Mikroprosessor yoki prosessor- kompyuterning miyyasi. Kompyuter ishini boshqarish, barcha hisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta’minlaydi. U kichikina, to`rtburchak elektron sxema sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi Megagerslarda hisoblanadi va prosessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700.
Qattiq disk yoki vinchester - doimiy xotira. Ma’lumotlarni doimo saqlash uchun foydalanadi. U vinchester deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi Qattiq disk nomidan kelib chiqkan (1973 yilda IBM firma tomonidan yaratilgan Qattiq disk nomi "30/30" bo`lgan va bu mashxur Winchester miltikning kalibrga uxshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi.
Tezkor xotira mikrosxemalari - kompyuterning vaqtinchalik xotirasi. U dasturlar ishlash jarayonida zarur bo`lgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Kompyuter o`chirilgandan keyin shu xotiradagi ma’lumotlar yo’qotiladi.
Kesh xotira mikrosxemalari - kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko`p ishlatilgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira.
Kontroller yoki adabterlar - Ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydilar. Ishlash xolatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmoq platasi va boshqalar).
Ona platasi “Mother board” - Asosiy elektrosxema bo`lib o`nga prosessor, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, kontroller va adabter elektrosxemalari o`rnatiladi, Qattiq disk va disk yurituvchilari ulanadi.
Disk yurituvchilari - Bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni o’qish va ularga saqlash ishlarni bajaradigan qismi. Har bir qismning o’ziga mos elektrquvvat extiyojini ta’minlovchi blok.
Mavzuga doir test topshiriqlari
1.Kompyuterning miyasi bu…
A.Operativ xotira
B.Kesh xotira
C.Protsessor
2.Vinchester bu-
A.egiluvchan disklarda axborot saqlovchi qurilma.
B.Disketa.
C.Qattiq magnitli disklarda axborot saqlovchi qurilma.
3.Operatuv xotira nima?
A.Kompyuterdagi dastur va ma’lumotlarni saqlaydi.
B.Grafik ma’lumotlarni chiqaradi.
C.Dastur bajarilishini tashkil qiladi.
4.Quyidagi dasturlardan qaysi biri kompyuter yoqilishi bilan ishga tushadi.
A.Opertsion sistema.
B.Boshlang’ich yuklash dasturi.
C.Monitorni tekshirish dasturi.
5.Kompyuter nima?
A.Keng ommaga mo’ljallangan kompyuterlar.
B.Faqat yozishga mo’ljallangan kompyuterlar.
C.Ma’lumotlar ustida turli amallar bajaruvchi kichik hajmdagi elektron hisoblash
mashinasi.
6.Mikroprotsessor qanday qurilma?
A.Kompyuterlar ishini boshqaruvchi va dasturlar ishini ta’minlovchi.
B.Turli ko’rinishdagi ma’lumotlarga ishlov beruvchi.
C.Matnlarni yozishda xizmat qiladi.
7.WINDOWS da turib kompyuterni qanday to’g’ri o’chirish kerak?
A.WINDOWSning bosh menyusidagi <Завершение работы> menyusini
tanlab, <Выключить компьютер>
B.Sistemali blokda
tugmachasini bosish.
C.Barcha ilovalar yopish va sistemali blokda
tugmachasini bosish.
8.Elektr ta’minlovchi blok
A.Har bir qismning o’ziga mos elektr-quvvat ehtiyojini ta’minlovchi blok.
B.Har bir qismga yetarlicha elektr-quvvat ehtiyojini ta’minlovchi blok
C.Barcha javoblar to’g’ri
9.Asosiy elektron sxema bu…
A.Ona platasi
B.Operativ xotira
C.Mikroprotsessor
10.Tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydigan qurilma nomini ko’rsating.
A.Mikro chip
B.Kontroller yoki adabterlar
C.USB Fleshkalar
Do'stlaringiz bilan baham: |