O’simliklarni himoya qilish kafedrasi o’simliklarni biologik himoya qilish


-rasm. Liotrifon ixnevmonidining urg’ochisi (E.G. Goncharenko, 1971) Barg kemiruvchi tangachaqanotlilarning entomofaglari



Download 9,16 Mb.
bet33/73
Sana26.03.2022
Hajmi9,16 Mb.
#511220
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73
Bog'liq
Biologik Darslik UMK

16-rasm. Liotrifon ixnevmonidining urg’ochisi (E.G. Goncharenko, 1971)
Barg kemiruvchi tangachaqanotlilarning entomofaglari. Barg kemiruvchi tangachaqanotlilar orasida olma kuyasi, Do’lana kapalagi, tengsiz ipak qurti, zlatoguzka, amerika oq kapalagi va boshqalar mevali daraxtlarning jiddiy zararkunandalari hisoblanadi. Ular hisobiga bir qancha yirtqich va parazitlar oziqlanadi. Yirtqich qandalalardan oddiy va o’rmon antokorislari hamda ayrim so’qir qandalalar olma kuyasi qurtlari bilan oziqlansa, boshqa ko’pchilik yirtqich hasharotlardan oltinko’zlar, koksinellidlar va vizildoq qo’ng’izlar tok ipak qurti va boshqa tangachaqanotlilarning tuxum va qurtlari bilan oziqlanadi. Barg kemiruvchi tangachaqanotlilarda parazit hasharotlarning 100 dan ortiq turi qayd qilingan. Jumladan, olma kuyasi tuxumlarida ageniaspis, tengsiz ipak qurti kapalagi tuxumlarida yapon anastatusi parazitlik qiladi. Do’lana kapalagi qurtlari tanasida apanteleslar, tengsiz ipak qurti g’umbaklarida ipak qurti apantelesi va (Pimpla, Brachymeria avlodlaridan) boshqa apanteleslar tabiiy kushandalik qiladi.
Pardasimonqanotli parazitlardan tashqari barg kemiruvchi tangachaqanotlilarda ko’p sonli taxin va sarkofaglar ham parazitlik qiladi.
Xushbo’y gulbadan – Salosoma sycophanta (Coleoptera turkumi, Carabidae oilasi). Turli yoshlardagi qo’ng’izlari g’umbak beshikchasida tuproqda qishlaydi. Qishlagan qo’ng’izlar may oyida chiqib, tengsiz ipak qurtining katta yoshdagi qurtlari bilan oziqlanadi (17-rasm).

17-rasm. Xushbo’y gulbadan (Calosomasycophanta),
1- qurt bilan oziqlanayotgan qo’ng’iz; 2-lichinka (I.A.Rubsov, 1948)
Urg’ochi qo’ng’izlar tuproqqa tuxum qo’yadi. 3-10 kun o’tgach ulardan lichinkalar chiqib, rivojlanishini iyun oxiri - iyul boshida yakunlab, tuproqning 20-
30 sm chuqurligida g’umbakka aylanadi. Kuzda G’umbaklardan qo’ng’izlar chiqib, g’umbak beshikchalarida qishlashga qoladi. Voyaga etgan qo’ng’izlar 2-4 yil davomida yashaydi va tengsiz ipak qurti kapalaklari uchib chiqishidan oldinroq, iyunda, qishlovga ketadi.
Xushbo’y gulbadanning lichinka va qo’ng’izlari juda serharakat bo’lib, erdagi, daraxt, poya va shoxlaridagi qurtlarga hujum qiladi. Yoz davomida bir qo’ng’iz zararkunandaning 200-300 qurtini, uning lichinkasi esa 40-50 qurt va 15-
20 g’umbagini yo’qotadi.
Ageniaspis – Ageniaspis fuscicollis (Hymenoptera turkumi, Encyrtidae oilasi). Olma kuyasi va ageniaspis vegetatsiya mavsumida bittadan avlod beradi.
Parazitning tuxumi Hyponomeuta avlodiga oid olma, meva va boshqa kuyalar qurtlarida qishlab chiqadi. Bahorda ageniaspis poliembrioniya tipida ko’payib, uning har bir murtagidan 50 dan 2000 taga qadar lichinka rivojlanadi. Kuyalarning qurtlari beshinchi yoshga o’tganda, parazit lichinkalari tashqariga chiqadi, xo’jayinni nobud qiladi va o’sha erda qurt po’stida g’umbakka aylanadi (18-rasm).

18-rasm. Ageniaspis pillachalari bilan zararlangan olma kuyasining qurti (R.Karavaeva, 1965).
Ageniaspisning uchib chiqishi, olma kuyasi kapalaklari tuxum qo’ya boshlash davriga to’g’ri keladi va parazit uchib chiqishi 3 hafta davom etdi. Uchib chiqqan ageniaspisning erkak va urg’ochilari shu kuniyoq jinsiy chatishadi. Ageniaspisning hayoti 8-15 kun davom etadi, olma kuyasining tuxum qo’yishi esa bir oyga cho’ziladi . Shuning uchun ham zararkunanda qo’ygan tuxumlarning bir qismi parazit bilan zararlanmay qoladi. Bog’ qator oralariga xantal, shivit singari nektarli o’simliklarni ekish parazit hayotini uzaytiradi va samaradorligini oshiradi.
Savollar:
1.Sarg’ish trixogramma tuxumini qaerga qo’yadi?
2. Tabiiy sharoitda sariq trixogramma taxminan nechta avlod beradi?


Download 9,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish