Kartoshka kolorado qo’ng’izining entomofaglari. Perillus – Perillus bioculatus (Hemiptera turkumi, Pentatomidae oilasi) o’simlik qoldiqlari, o’rmon xazon to’shamalari, daraxtlar po’stloqlari ostida voyaga etgan qandala holida qishlaydi. Qishlab chiqqan erkak va Urg’ochi qandalalar dastlab kartoshka sharbati bilan oziqlanib, jinsiy chatishadi. Urg’ochi qandalalar kartoshka bargining ustki qismiga 14 donadan ikki qator qilib tuxum qo’yadi. YAngi qo’yilgan tuxumlar sarg’ish-limon rangli, keyin jigarrang tusga kirib, bir soatdan keyin esa deyarli qorayadi. Urg’ochi qandala bir oy atrofida yashab, o’rtacha 150 dona tuxum qo’yadi va hayoti davomida har ikki haftada erkaklari bilan takroran jinsiy chatishadi.Qandalaning ikkinchi yoshdagi lichinkalari zararkunanda tuxumi va tuxumdan yangi chiqqan lichinkalari bilan oziqlansa, uchinchi va to’rtinchi yoshdagi lichinkalari kolorado qo’ng’izining kattaroq yoshdagi lichinkalari bilan oziqlanadi (14-rasm).
14-rasm. Perillus bioculatus Urg’ochisining kolorado qo’ng’izi lichinkasi bilan oziqlanishi (B.G.Linskiy, 1991)
3-4 hafta davomida bitta lichinka qo’ng’izning kamida 400 dona tuxumini eb, bitiradi.
Dog’li podizus (Podisus maculiventris). Yirtqich o’z vatanida (Kanada janubi-sharqida) lichinkalik va voyaga etgan qandala fazalarida qishlaydi. Urg’ochi barglarning ustki qismiga to’da-to’da qilib, 15-20 donadan tuxum qo’yadi. Qandalaning o’rtacha jinsiy mahsuldorligi 500-600, ba’zan 1000 donaga etadi. Qandala ikkinchi yoshdagi lichinkalik stadiyasidan boshlab va uning voyaga etganlari kolorado qo’ng’izi lichinkalari va boshqa bargxo’rlar hamda turli kapalaklarning qurtlari bilan oziqlanadi. Dog’li podizusning quyi rivojlanish harorati +130S, bir avlodi to’liq rivojlanishi uchun 3210S foydali harorat yig’indisi kerak bo’ladi .
Xonqizi qo’ng’izi va lichinkalari (Coccinellidae) asosan kolorado qo’ng’izi tuxumlari bilan oziqlanib, ular orasida kartoshka dalalarida ettinuqtali (Coccinella septempunctata), O’zgaruvchan (Adonia variegata), o„nuchnuqtali (Hippodamia tredecimpunctata) hamda o’nto’rtnuqtali propileya (Propylaea quatuordesimpunctata) turlari tez-tez va ko’plab uchrab turadi.
Oltinko’zning birinchi va ikkinchi yoshdagi lichinkalari zararkunanda tuxumlari bilan oziqlansa, uning katta yoshdagi lichinkalari zararkunandaning birinchi va o’rta yoshdagi lichinkalarini yo’qotadi.
Savollar:
1.Xonqizi qo’ng’izi va lichinkalari asosan kolorado qo’ng’izi nimasi bilan oziqlanib foyda keltiradi?
2.Perillus kartoshka o’simligining qaeriga va nechi donadan tuxum qo’yadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |