Tuproq eritmasining pH darajasi va tuzlar miqdorining ta'siri. Ushbu hollarning o'simliklar ildizlariga suvni so'rilishi va uning harakatga kelishiga ta'siri juda kattadir. Chunki, ildiz shirasining kontsetrasiyasi tuproq eritmasi kontsentratsiyasidan yuqori bo'lgandagina suv ildizlarga so'rilishi mumkin. Agarda tuproq eritmasining kontsentrasiyasi o'simlik ildizlari hujayralari shirasidan katta bo'lsa yuqoridagi holatning teskarisi bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham sho'r tuproqlarda faqat galofit o'simliklargina o'sa oladi.
Shuningdek, tuproq eritmasining pH juda past, kislotali bo'lsa, masalan, pH 2-3 bo'lsa ildizlar suvni shima olmaydi. Ildizlarning suv so'rishi neytral darajada birmuncha oshib ishqoriy muhitda esa suv o'zlashtirilishi kuchayadi.
Guttatsiya. Bu hol namlik darajasi uta yuqori joyda o'suvchi o'simliklarga, xususan tropik sharoitga xos xususiyatdir. Bunda barglardagi maxsus gidatodlar (barg tishchalari) orqali suv aralash shira ajraladi. Guttatsiya holati transpirasiya jarayoniga yordam berib o'simliklarda suvning harakatlanishiga va ildizlarga mineral tuzlarning yutilishiga yordam beradi.
Xulosa .
TURLI EKOLOGIK GURUH O'SIMLIKLARIDA SUV ALMASHINUVI XUSUSIYATLARI
O'simliklar dunyosi o'zlaridagi suv almashinuvi xususiyatlariga qarab quyidagicha bo'linishi mumkin.
O'simliklar dunyosi
Suv o'simliklari Er usti o'simliklari
(gidrotofitlar)
Poykilogidrik Gomoyogidrik
Birlamchi Ikkilamchi
Gigrofitlar
Mezofitlar Kserofitlar
Gidrotofitlar o'zlari hujayralaridagi ortiqcha suvdan maxsus suvni yo'qotish mexanizmlari tufayli ozod bo'ladilar.
Birlamchi gidrotofitlarga suv o'tlari kirsa, ikkilamchi gidrotafatlarga o'zlarida suv o'tlari va yer o'sti o'simliklari xususiyatlarini to'plagan gullik suv o'simliklari kiradi.
Poykilogidrik o'simliklarga bakteriyalar, ko'k yashil suv o'tlari, tuban yashil suv o'tlarining Protococcales guruhi, zamburug'lar, lishayniklar kiradi. Ular suv tanqisligini hayotchanligini yo'qotmasdan o'tkazishlari mumkin. Ular o'zlaridagi transpirasiya jarayoni, hujayralarining osmotik bosimi, suvning miqdori jihatidan gidrolabil o'simliklarga kiradi.
Gomoyogidrik o'simliklarga yer o'sti paporotniksimonlari, ochiq urug'lilar va gulli o'simliklar kiradi.
Yer usti o'simliklari suvni to'xtovsiz ravishda bug'lantirib turganligi tufayli ularda suvni ortiqcha yo'qotishga qarshi qaratilgan maxsus mexanizmlar rivojlangandir. Ushbu o'simliklarning vakuolalar sistemasi yaxshi rivojlangan bo'lib ular hujayralari qaytar suvsizlanish xususiyati xos emas.
Bu o'simliklarda suvning so'rilishi va uni sarflash aniq boshqarilib turadi. Buning natijasida hujayradagi suvning miqdori, osmotik bosim va transpirasiya jarayonlarida keskin o'zgarishlar bo'lmaydi ya'ni bu o'simliklar gidrostabil o'simliklardir.
Bu o'simliklarda suv rejimining turg'un (stabil) bo'lishiga ularning ildizlarida, poyasida va boshqa qismlarida ma'lum miqdorda suv to'planishidir.
Gomoyogidrik o'simliklar uchta guruhga ya'ni gigrofitlar, mezofitlar va kserofitlarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |