V.I.PALLADINNING VODORODNI FAOLLASHTIRISH NAZARIYASI. Biologik oksidlanish jarayonining mexanizmini о‘rganishda V.I.Palladinning (1912) ishlari muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. Uning nazariyasiga kо‘ra, о‘simlik xromogenlari substratdagi vodorodni о‘ziga biriktirib oladi va keyinchalik ularni kislorodga о‘tkazadi. Bu nazariya bо‘yicha nafas olish ikki bosqichdan iborat: 1) anaerob; 2) aerob:
1)S6N12O6 + 6N2O+ 12K —— 6SO2+12KN2.
2) 12KN12 + 6O2—— 12K + 12N20.
Birinchi reaksiya nafas olish jarayonining anaerob, ikkinchi reaksiya aerob bosqichini ifodalaydi. K — rangli nafas pigmenti, KN2— raigsiz nafas olish xromogeni. Birinchi reaksiyada reduktaza fermenti yordamida substratdan vodorod atomlari qabul qilinib, nafas olish pigmentiga (K) о‘tkaziladn va nafas olish xromogeni (KN,) hosil bо‘ladi. Hamma SO2 ham shu anaerob jarayonda ajralib chiqadn. Ikkinchi reakiiyada molekulyar kislorod ishtirok etib, xromogenlarni (KN2) nafas olish pigmentlarigacha oksidlaydi va ular yana vodorodnipg akseptori nazifasini bajaradi. Bu reaksiyalarda kislorod KN2 dan elektron-lar va protonlarni tortib oladi va natijada suv hosil bо‘ladi. Keyingi izlanishlarda V.I.Palladin nazariyasi, ya’ni nafas olishda anaerob va aerob bosqichlarning mavjudligi hamda buida suv ishtirok etishi tо‘la tasdiqlandi.
1912 yilda nemis biokimyogari G.Viland ham biologik oksidlanish vodorodningajratibolinishi bilan bog‘liqekanligini kо‘rsatgan edi. Nafas olishda suvning ishtirok etishi va kislorod vodorodning oxirgi akseptori ekanligini 1955 yilda B.B.Vartapetyan va L.A.Kursaioi tajriba asosida isbotladilar.
Buning uchun ular izotoplar ( O18) usulidan foydalandilar.
NAFAS OLISH VA BIJG‘ISHNING О‘ZARO ALOQASI. S.P.Kostichev{1910) kо‘rsatishi bо‘yicha, nafas olish va bijgishlar bir xil jarayonlar bilan shakarlarniig parchalanishidan boshlanadi.Ksyinchalik nafas olish SO2 va suvning, bijgish esa SO, va spirtning hosil bо‘lishi bilan yakunlanadi. Buii k,uyidagi shaklda kо‘rsatish mumkin :
Keyiigi yillarda nemis biokimyogari K.Neyberg, S.P.Kostichev va boshqalarning ilmiy izlanishlari asosida aniqianishicha, nafas olish va bijg‘ish jarayonlari bir-biri bilan oraliq mahsulot pirouzum kislota orqali bog‘liqdir.
Hozirda aerob xususiyatga ega bо‘lgan nafas olish jarayoni ikki bosqichdan iborat ekanligi tasdiqlandi. Birinchi, boshlang‘ich - anaerob nafas olish jarayonida murakkab organik moddalar (uglevodlar) oddiy organik moddalarga parchalanadi (gtirouzum kislotasiga). Ikkinchi, asosiy-aerob sharoitda piruvat kislotasi karbonat angidrid va suvga parchalanadi. Bunda fermentlar tizimi ham faol ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |