O’simliklar fiziologiyasi


Qishki-kuzgi faslda boshqa ob-havo sharoitlarining chidamlilikga ta’siri



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/59
Sana24.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#507820
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
Bog'liq
6-mavzu. O’simliklar o’sish va rivojlanishi

Qishki-kuzgi faslda boshqa ob-havo sharoitlarining chidamlilikga ta’siri.
 
Qishda o‘simliklarga 
nafaqat manfiy harorat balki, qalin qor qoplami va muz qobiqlari hamda boshqa omillar ta’sir qiladi. 
Shuning bilan birgalikda qish fasli davomida qisqa muddatli yoki keng nisbatan uzoq davrli havoning 
isishi ham kuzatilishi, qor buronlarining bo‘lishi, qorsiz qishda esa achchiq izg‘irin bo‘lishi mumkin. 
Bularning barchasi o‘simlikning kuchsizlanishiga, oxir oqibatda esa uning o‘limiga olib kelishi mumkin. 
Bunda faqatgina kuzgi ekinlar halok bo‘lib qolmasdan, balki, ko‘p yillik o‘tlar va daraxtlar ham nobud 
bo‘lishi mumkin. Noqulay omillarning barchasi qishki va bahorgi vaqtlarda turli hodisalarni yani 
dimiqish ho‘llanish, ivish o‘simliklarni qishki-bahorgi “kuyish”ga olib kelishi mumkin. Shuning uchun 
ham qishga chidamlilik tushunchasi yuzaga kelgan.

O‘simliklarning “qishga chidamliligi”, bu o‘simliklarning faqatgina sovuqqa emas balki, ularning 


qishlashi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha noqulay omillar majmuasiga nisbatan chidamliligidir. 
Dimiqish.
Ushbu hol qish unchalik sovuq bo‘lmagan davrda qalin qor ostida ro‘y beradi. 
O‘simliklarda qalin qor tagida, harorat 0
0
C atrofida bo‘lganda nafas olish jadallashadi. Buning natijasida 
kuz fasli davomida sovuqqa chiniqish davrida yig‘ilgan zahira qand moddalarining parchalanishi ro‘y 
beradi. Shuni aytib o‘tish lozimki, o‘simliklarda qandlarning miqdori 20-25% atrofida bo‘ladi. Dimiqish 
natijasida esa qandlarning miqdori 5-10 marotaba kamayib ketadi, yani 2-4% ko‘rsatkichga tushib qoladi. 
Bu esa o‘simliklarning chidamsizligiga olib keladi va qorlar erigandan so‘ng ro‘y beradigan bahorgi 
sovuqda nobud bo‘ladi. Bundan tashqari holsizlangan o‘simliklar zamburug‘li kasalliklarga ham tez 
chalinadi. 
Dimiqish hodisasiga pastki musbat haroratlarda nafas olish jadalligi past bo‘lgan va o‘z 
to‘qimalarida katta miqdorda qandlarni zahiralovchi o‘simliklar nisbatan chidamli bo‘ladi.
Ivish.
Ayrim yillarda bahor faslida havoning uzoq muddatli isishi ro‘y beradi. Agar ushbu davrda 
yer hali muzlagan holatda bo‘lsa qorlarning erishidan hosil bo‘lgan suv yerga singimaydi. Buning 
natijasida o‘simliklarni suv qoplaydi. Bunday holda o‘simliklarga kislorod yetishmasligi natijasida 
gipoksiya
holati ro‘y beradi va ular uladi. Chunki gipoksiya holatida aerob nafas olish to‘xtaydi va 
anaerob nafas olish kuchayadi. Biz malumki, anaerob nafas olish jarayonida hujayralarda ATF 
moddasining sintezi kamayadi va to‘qimalarda spirtlar hamda kislotalar yig‘ila boshlaydi. Spirtlar va 
kislotalar ta’sirida membranalar o‘tkazuvchanligi ortadi va hujayra atrof muhitga turli suvda eruvchi 
moddalarni ajrata boshlaydi. 
Gipoksiya
 
sharoitida bir gramm molekula glyukozaning oksidlanishidan hosil bo‘lgan ATF 
miqdori aerob sharoitga nisbatan 19 marotaba kam bo‘ladi. Shuning uchun ho‘llanish sharoitida 
o‘simliklar o‘z hayotiy jarayonlarini saqlab qolish uchun zahira moddalarni ayniqsa qandlarni ko‘p 
sarflaydi. Buning natijasida ushbu moddalarning miqdori tezda kamayib ketadi. 
Suv bosgan o‘simliklar 7
0
C haroratda 5-7 kun, 20
0
C esa 1 kun yashashi mumkin. 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish