O’simliklar fiziologiyasi


O’sish va rivojlanishni tezlashtirish jarayonida qo’llaniladigan moddalardan biri  geteroauksindir



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/59
Sana24.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#507820
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Bog'liq
6-mavzu. O’simliklar o’sish va rivojlanishi

 
O’sish va rivojlanishni tezlashtirish jarayonida qo’llaniladigan moddalardan biri 
geteroauksindir
(C
10
H
9
O
2
N). U qalamchalarning ildiz chiqarish qobiliyatini oshiradi. Mevali daraxtlar ko’chatlarini 
geteroauksinning past konsentrasiyali eritmasida bir necha soat davomida ivitish ularning hayotchanligini 
oshiradi. Bunday ko’chatlar tez ildiz chiqarib, faol o’sa boshlaydi. Buning uchun qalamchalar yoki 
ekiladigan meva daraxtlari ko’chatlarining morfologik pastki qismi 12-24 soat davomida 
geteroauksinning 0,005-0,02% li eritmasiga botirilib qoyiladi. 
Auksin tipidagi o‘sishni boshqaruvchi sintetik moddalar.
Ayrim sintetik birikmalar xuddi ISK 
(indol sirka kislotasi) kabi ta’sirga ega. Ammo ulardan farqli o‘laroq kichik miqdorlarda va nisbatan 
uzoqroq vaqt davomida ta’sir qiladi. Chunki ular yemirilmaydi va to‘qimalarda tabiiy ISK kabi tez 
bog‘lanmaydi. Ushbu moddalar indol, fenol birikmalari va naftilalkilkarbon kislotasiga o‘xshashdir. 
Bu sintetik o‘sish moddalarining qo‘llanilishi doirasi juda ham keng bo‘lib, xilma-xildir: 
1. 
Qalamchalarning ko‘karib-tutib ketishini kuchaytiradi.
Bunda qalamchalar orqali 
ko‘paytirish mumkin bo‘lgan ammo tutib ketishi qiyin bo‘lgan mevali va o‘rmon daraxtlari 
qalamchalarining yerga kiradigan tomoni indolilmoy kislotasi (IMK) yoki 1-naftilsirka kislotasf(l-NSK) 
eritmasi bilan ishlanadi. 
2. 
Partenokarp (urug‘siz) mevalar va meva hosil bo‘lishini kuchaytirish uchun.
Pomidor, 
bodring va boshqa bir qancha o‘simliklar gullariga auksin tabiatli sintetik birikmalar eritmalarini 
purkash changlanishsiz mevalarning shakllanishiga yordam beradi. Ushbu usuldan issiqxonalarda keng 
qo‘llaniladi. 
3. 
Hosilni yig‘ishdan oldin mevalarning to‘kilishini oldini olish uchun.
Olma, nok va boshqa 
o‘simliklarni 1-ISK yoki 2,4-D (2,4-dixlorfenoksisirka kislotasi) bilan ishlash ushbu daraxtlar meva 
bandlarida ajratuvchi qavat yuzaga kelishini sekinlashtiradi va shu tufayli mevalarning ko‘plab to‘kilib 
ketishining oldi olinadi. Shuningdek hosil yig‘imidan oldin ushbu birikmalardan foydalanish mevalarni 
pishishini ham sekinlashtiradi. Bu esa mevalarning saqlash muddatiga ham ijobiy ta’sir qiladi. 
4. 
Mevali daraxtlarning butonlarini va gullarini tushirib yuborish uchun.
Mevalarning ma’lum 
bir davrda yetilishi uchun ayrim hollarda ortiqcha gullarni to‘kish lozim bo‘lib qoladi. Buning uchun 
daraxtlar gullashning ikkinchi davrida 1-NSK moddasining yuqori konsentratsiyali (15-50 mg/l) eritmasi 
bilan ishlanadi. Gullarning to‘kilishi etilenning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. 
5. 
Begona o‘tlarni yo‘qotish uchun.
G‘alla, makkajo‘xori, sholi va boshqa ekinlar ekilgan 
maydonlarda keng bargli begona o‘tlarni yo‘qotish uchun 2,4-D hamda xlorfenoks kislotasining eritmasi 
0,6-1,5 kg/ga miqdorida qo‘llaniladi.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish