13-14- laboratoriya mashg’uloti:
Mavzu: Daraxt novdasida suv almashish jarayonini aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: daraxt novdalari, bog’ qaychi, shisha idish, rangli suv, tarozi, menzurka , millimetrli qog’oz, chelak, momiq paxta, parafin yoki yog’.
Ishning borishi: Bu mashg’ulotni o’tkazishda dastlab yarim litr hajmdagi keng og’izli shisha idishga 200 ml rangli suv solinadi. Tajriba oldidan 40-60 sm uzunlikdagi daraxt novdasi qirqib olinib, chelakdagi suvga botirib qo’yiladi., so’ngra chelak ichidagi novdaning pastki uchi suv ichida qirqiladi va unda 1-2 minut saqlanadi. Bu vaqt o’tgandan keyin novda suvdan olinib, momiqdan ishlangan probka yordamida rangli suv solingan shisha idishga joylanadi.
Novdaning shisha ichidagi uchi shishaning tubiga 1-2 sm etmasdan turishi kerak. SHisha ichidagi suvning bug’lanib ketmasligi uchun probkaning ustiga eritilgan parafin yoki yog’ surkaladi.
Mashg’ulot o’tkazgan talabalarning familiya va guruhlari alohida etiketkaga yozilib, bu etiketka idishga yopishtiriladi. Novda joylangan shisha tarozida tortilib, uning vazni daftar va etiketkaga yoziladi. Tajribaning natijasi bir necha haftadan so’ng tekshirib ko’riladi.
Tajribani tekshirish tartibi:
novdali shishaning vazni aniqlanadi;
shishadagi novda probka bilan birgalikda olinadi;
shisha ichida qolgan suvning hajmi o’lchanadi;
novda probka ustidan kesilib, suvni bug’latishda ishtirok etgan sath aniqlanadi.
Boshlang’ich og’irlik bilan oxirgi og’irlik o’rtasidagi farq transpirasiya qilingan suvning miqdorini bildiradi.
Tajriba uchun olingan suvning dastlabki hajmi bilan tajriba oxiridagi hajmi o’rtasidagi farq novda tomonidan shimilgan suvning miqdorini bildiradi. Transpirasiya natijasida yo’qotilgan suvning miqdori “ T “ va novda tomonidan shimilgan suvning miqdori “ A “ harflari bilan ifodalanadi.
“ T” ning “ A “ ga nisbati bir-biriga teng bo’lmaydi. Transpirasiya qilingan suvga nisbatan shimilgan suvning miqdori ko’proq bo’ladi, chunki bug’lanish bilan birga uning bir qismi novdada yangi hujayralar hosil qilish uchun ham sarflanadi.
Novdaning sathi, ya’ni suvni bug’latishda ishtirok etgan qismi quyidagicha belgilanadi: a) novda yo’g’on- ingichkaligiga qarab bir necha bo’laklarga bo’linadi; b) har qaysi bo’lakning sathi alohida aniqlanadi: buning uchun bo’lakning aylanasi uzunligiga ko’paytiriladi.Ayrim bo’laklarning sathi topilgandan so’ng ular jamlanib, novdaning umumiy sathi topiladi; s) novdaning umumiy sathiga qarab transpirasiyaning intensivligi aniqlanadi.
Muayyan vaqtda (60 minut) mobaynida 1m sathdan bug’lngan suvning miqdoriga transpirasiya intensivligi deyiladi.Transpirasiya intensivligini aniqlash yo’li: novdaning umumiy sathini 200 sm ga teng deb olaylik.Novda sathidan 20 sutkada 15g suv bug’langan deb faraz qilaylik.Bir sutka 24 soatga, 20sutka esa (20*24) 480 soatga teng bo’ladi.Agarda 480 soat ichida 15 g suv bug’langan bo’lsa, bir soatda necha g suv bug’langanligini aniqlash uchun quyidagi tenglamani tuzamiz: 480-15
1soat-x x= 0,003; demak, 1 soatda 0,003 g suv bug’langan bo’ladi.
Agar 200 sm sathli novda orqali bir soatda 0,003 g suv bug’langan bo’lsa, 10 000 sm sathdan qancha suv bug’lanadi?
Bu holda transpirasiya intensivligi quyidagi tenglama bilan topiladi:
200-0,003
10 000-x x = 0,15 g
Tajriba natijalari quyidagi jadvalga yoziladi:
Tajribadan oldin
|
Tajribadan so’ng
|
Novdali idishning vazni, g hisobida
|
Idishdagi suvning hajmi,ml hisobida
|
T
|
A
|
Novdaning umumiy sathi
|
Transpirasiya intensivligi
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |