Sklereidlar (tosh hujayralar). Sklereidlarning bir qismi apikal meristema yoki peritsikl hamda fellogendan hosil bo‘lsa, ularning ikkinchi xillari esa olcha (Cerasus vulgaris), olxo‘ri (Prunus domistisa), yong‘oq (Juglans regia) po‘choqlarida ulardagi zich joylashgan parenxima to‘qimalaridan hosil bo‘ladi. Sklereidlar shakli har xil bo’ladi: yumaloq, ovalsimon, cho’ziq, shoxlangan bo’lishi mumkin (25-rasm).
|
25-rasm. Nok (Pyrus communis) mevasining sklereidlari:
A – nok mevasi (bo’ylama kesmasi); B – mevaning etida sklereidlar guruhi; V–sklereidlar etning parenxima hujayrasi atrofida; 1–parenxima hujayralari; 2 – hujayra devori; 3 – oddiy teshik kesmasi; 4 – poraning tutashtiruvchi qobig’i; 5 – hujayra bo’shlig’i.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |