GLIOKSISOMALAR. Glioksisomalar ham peroksisomalar gruppasiga kiradi. Bu organoidlar unayotgan urug‘ hujayralarida hosil bo‘ladi. Ularda asosan yog‘ kislotalarini o‘zgartirib, shakar hosil qilishda ishtirok etuvchi fermentlar ko‘proq to‘planadi. Ular hajmi jihatidan peroksisomalarga teng va endoplazmatik to‘r bilan bog‘liq.
SFEROSOMALAR. Bu organoidlarni 1880 yilda Ganshteyn ochib, unga " mikrosoma " deb nom bergan. Keyinchalik shakliga qarab, sferosoma deb yuritila boshlandi. SHakli, dumaloq, yorug‘likni kuchli singdirish qobiliyatli, diametri 0,5 - 1 mkm. endoplazmatik to‘rdan hosil bo‘ladi va ajralib chiqadi. Tanasida lipidlar ko‘p. SHuning uchun ular lipid tomchilari ham deyiladi. Sferosomalarda fermentlardan lipaza, esteraza, proteaza, nordon fosfotaza, RNK aza,DNKaza topilgan. Ularda asosan ferment lipaza ko‘p bo‘lganligi yog‘larning ko‘proq sintez qilinishi va to‘planishiga sharoit yaratib beradi. Bajaradigan funksiyalari lizosomalarga ham o‘xshab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |