PEROKSISOMALAR. Protoplazmadagi so‘nggi yillarda aniqlangan juda kichik organoidlardan biri peroksisomalardir. Peroksisoma termini birinchi marta 1965 yilda , hayvon hujayrasini o‘rganish natijasida De-Dyuv tomonidan taklif etilgan edi. Bularning o‘simlik hujayrasida ham borligi 1968 yilda Tolbert tomonidan aniqlangan.
Peroksisoma hajmi jihatidan mitoxondriyalarga yaqin turadi. O‘simliklarda asosan dumaloq shaklda bo‘lib, diametri 0,2-1,5 mkm. Ular membrana qavati bilan o‘ralgan , mitoxondriyalardan kichikroq va kristlari yo‘q. Peroksisomalarda yorug‘likda nafas olish (fotodixanie) fermentlari ko‘proq. SHuning uchun ham ular barglarda ko‘p bo‘ladi va xloroplastlar bilan doimiy aloqa qiladi. Ayrim olimlarning fikricha peroksisomalar endoplazmatik to‘r membranasi sathida yuzaga keladi va undan ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |