Orzumni ot qilib mindingiz bu kun
Sog'inch ko'z yosh ila nahot qoldim men
Qalbim yorug' ko'rmas ko'rar uzoq tun
Ayriliq azobi ichra yondim men
Nahot ishq sharobi shunchalar taxir
Nahot rashkning zahri bo'ladi shirin
Sizni telbalarcha sevdimu ammo
Nahot men bilmadim sevilish sirin
Begim o'kinch ila yashadim doim
Yoningizda bo'lib to'ya olmadim
Siz bilan Kumushmas, Zaynabdek bo'lib
Baxtimga ko'milib yashay olmadim
Mayli, begim Kumush deyaveringu
Leki men telbaga ham bir qiyo boqing
Kumushga quyoshni hadya etganda
Zaynabning qalbiga nursiz sham yoqing
Do'stlaringiz bilan baham: |