1.2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi
‘"Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi” Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993-yili tasdiqlangan edi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, ular asosida ishlab chiqilgan bukumat va vazirlik qarorlarini hayotga tatbiq etish, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish maqsadida mazkur Konsepsiyani qayta ishlashga to‘g‘ri keldi. Yangi tahrirdagi Konsepsiya Qori Niyoziy nomidagi O’zPFITl olimlari guruhi, Respublika ta’im markazi mutaxassislari va Xalq ta’limi vazirligi xodimlari tomonidan ishlab chiqildi. Shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘naltirilgan ushbu Konsepsiyani tayyorlashda Xalq ta’limi xodimlari va keng jamoatchilik fikrlari inobatga olindi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsep- siyasining zaruriyati. O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yoTiga ega boTishi xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan bogiiq jarayonni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Ayniqsa o‘smirlar orasida axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlami kuchaytirish muhimdir. Zero, axloq yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs boia olmaydi. Shuning uchun ham axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiya- chilari (o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida o‘quvchilarga umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi.
Fanni o‘rganishga muhabbat uyg‘otish, bilimga tashnalik fazilatlari axloqiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. Bolalarning o‘qishdagi muvaffaqiyatidan uning gumhdagi o‘rni aniqlanadi, atrofdagilaming u bilan munosabati belgilanadi, o‘qishdagi muvaffaqiyat bolaning axloqiy tarbiyasini yuqori darajaga ko‘taradi.
Ocquvchilar qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish kerak. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbai boigan kitobni sevish, uni o‘qish va kokz qorachig‘idek saqlay bilish lozim, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |