Ortiqova nigoraxon donyorbek qizi “Ta'lim muassasalarida tarbiyachilik qobiliyatini shakllantirishda sinfdan tashqari ishlarni tizimli tashkil etish metodikasi”
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYA ISHLARI FAKULTETI SIRTQI BO’LIM IKKINCHI MUTAXASISLIK UCHUNCHI BOSQICH 302-GURUH TALABASI ORTIQOVA NIGORAXON DONYORBEK QIZI “Ta'lim muassasalarida tarbiyachilik qobiliyatini shakllantirishda sinfdan tashqari ishlarni tizimli tashkil etish metodikasi” mavzusidagi
KURS ISHI
Andijon – 2022 yil
MUNDARIJA
Kirish I-BOB . Ta'lim muassasalarida tarbiyachilik qobiliyatini shakllantirishda sinfdan tashqari ishlarni tizimli tashkil etish metodikasi 1.1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari
1.2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi
1.3. Tarbiya maqsadini ishlab chiqish
1.4. Tarbiya tiziinini ijtimoiylashtirish
1.5. Tarbiya tizimida pedagogik tizim
1.6. Tarbiya tizimida innovatsiyalar
Xullosa Foydalanilgan adabiyotlar
К I R I SH
O‘zbekiston Respublikasi Qomusi sahifalarida har bir fuqaro- ning ilm olish, o‘z ijodiy kuch va qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish ta'kidlanadi. Hozirgi zamon maktabi tubdan yangi- lanmoqda. Mamlakatimizda ‘Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning qaytadan koi'ib chiqilganligi maktabning buguni va kelajagiga umid bilan qarashga undaydi.
Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarimiz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob bera oladigan mukammal ma’lumotlami oladilar. Maktab yoshlaming dunyoqarashlariga poydevor hamda g‘oyaviy e’tiqodlari uchun negiz varatadi, ulaming irodalarini shakllantiradi, xalqimiz baxt- saodati yo’lida sidqidildan mehnat qilishga tayyorlaydi.
О ‘quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit birlikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o'z vazifasi, mazmuni, shakl hamda uslublari bor. O‘quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo‘yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bogiangandir. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchi!arda asosiy vazifalari boimish ilm olishga ishtiyoq uyg'otish, qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratishdan, maktabni muvaffaqiyatli tugatish, kasb-korga intilish hissini tarbiyalashdan iboratdir. Yoshlaming kundalik ehtiyojlari, intilish- lari. talab va qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilan qondirib boimaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari mashgkulotlar o‘quv- chilar faoliyatining barcha qirralarini qamrab olmog‘i lozim. Har bir o‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlash, uni ijtimoiy-ruhiy jihatdan oi'ganish sinf faoliyatiga yangicha mazmun olib kiradi.