122
Rasmiy sharoitda ust boshning oxirgi tugmasidan
tashqari barcha tugmalari
taqilgan bo‘lgishi lozim. Erkaklar paypog‘i kiyishga mo‘ljallangan kostyumga mos
kelishi, kostyum rangidan to‘qroq, oyoq kiyim rangidan ochroq tusda bo‘lishi
maqsadga muvofiqdir.
Qo‘lqoplar, sharf va dastro‘mol ranglari va gullari boshqa kiyim unsurlarigi mos
ravishda tutilishi lozim.
Ustki kiyimning yuqoridagi cho’ntagiga ruchka, qalam, ko‘zoynak va
boshqa
narsalari solib qo‘yish mumkin emas.
Muzokaraviy qabullar.
Muzokara xizmatida
muzokaraviy qabullar muhim
ahamiyat kasb etadi, chunonchi, unda taqdimot masalalari
bilan birga axborot va
maxsus masalalar ham ko‘rib chiqiladi.
Qabullar markaziy tashqi organlar yoki diplomatik vakillar tomonidan muhim
voqealar hamda kundalik faoliyat qatorida ham olib boriladi.
Muzokara bayonnomasida kunduzga va kechki, stolga o‘tkazish
va tik turish,
rafiqa bilan kelish yoki ularsiz kabi qabullarga bo‘linadi.
Bugungi kunda qabullarning quyidagi turdagilari keng doirada tarqalgan.
Nonushta, tushlik, tushlik-bufet
(shved dasturxoni) hamda furshet va kokteyl
turidagi qabullar.
Nonushta odatda cheklangan doirada kam sonli kishilar uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, qoidaga binoan faqat erkaklar taklif qilinadi. Nonushta soat 12-15
larda
tashkillashtiriladi. Nonushtada yeguliklar turini tayyorlashda mehmonlarning milliy
ta’mini hisobga olinadi. Odatda u bir-ikki sovuq gazak, bitta baliqli va go‘shtli issiq
ovqat hamda shirinlikdan tarkib topadi. Nonushtaga birinchi ovqatni tortish qabul
qilinmagan.
Ba’zida
nonushta davomida vino, oxirrog‘ida esa shampan vinosi, kofe, choy
tortiladi. Kelgan mehmonlarni dasturxon yozilgan joydan boshqa alohida xonada
kutib olinadi. U yerda sharbat, mineral suv, zaytun mevasi va boshqa yengil gazaklar
taklif qilinadi. Ayni paytda mehmonlar bir-birlar bilan tanishadilar, qiziqarli suhbatlar
uchun mavzular paydo bo‘ladi. So‘ng, mehmonlar dasturxonga taklif qilinadi.
Nonushta odatda
bir yarim soat davom etadi, undan bir soat dasturxonda
ovqatlanishga ketsa, qolgan yarim soat ovqatdan keyin tarqatilgan kofe yoki choy
bilan o‘tkazishga ketadi. Nonushtani yakunlash (tushlik va kechki ovqatda ham)
qabul egasining izmida bo‘ladi. Ammo ba’zi
mamalakatlarda bu imkoniyat
mehmonlardan kattalarga (darajaga bog‘liq) beriladi.
Tushlik
qabulning eng tantanovor va obro‘li turi hisoblanadi. U avvalambor
qabul o‘tkazilayotgan sababning qay darajada muhim ekanligini ko‘rsatish imkonini
beradi. Tushlik soat 19 va 21 lar orasida o‘tkaziladi. Odatda tushlikka erkakalar bilan
ularning ayollari ham taklif etiladi. Tushlikning
tarkibi nonushtaga nisbatan
baquvvatroq. Unda albatta birinchi ovqat bo‘ladi. Ichimliklar nonushtanikidan farq
123
qilmaydi. Tushlik odatga binoan ikki-uch soat va undan ko‘proq davom yetishi
mumkin. Taxminan dasturxon atrofida o‘tkazilgan bir yarim soatdan so‘ng boshqa
xonaga o‘tilib choy yoki kofe ustida suhbat qurish mumkin. Ba’zida esa Shu choy-
kofe tushlik dasturxonida ham uzatilish mumkin.
Kechki ovqat soat 21 va undan kechroq vaqtda boshlanishi mumkin. Tushlikdan
u qabul o‘tkaziladigan vaqti bilan ajralib turadi. Birinchi ovqat berilmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: