41
xususiyatlarni yo‘qqa chiqaradi. Mardlik yoki ochiqlik bahonasida ko‘rolmaslik
hissini ochiqchasiga ko‘rsatishni odat qilgan kishiga bo‘lgan munosabat hech qachon
ijobiy o‘zgarish kasb etmaydi. Bu faqat munosabatlarni yomonlashishiga olib keladi.
Bundan hech kim yaxshi natijaga erishmaydi. Atrofdagilar uchun notanish bo‘lgan
tilda biror bir odam bilan suhbatlashish madaniyatsizlikdir.
Suhbatdagi har bir so‘z suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bo‘lmog‘i lozim.
Agar sizning nutqingizni tinglayotgan odam biror-bir so‘zni qaytarish uchun
gapingizni bo‘lsa, tez orada suhbatdosh sizga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi, deganini
anglatadi. Bunda nutq o‘ta baland ohangda bo‘lmasligi lozim, aks holda o‘zni
noqulay ahvolga solib qo‘yish mumkin. Sizning suhbatingizga uchinchi suhbatdosh
qo‘shilsa-yu, mavzu esa o‘ta
nozik xususiyat kasb etsa, o‘zingizni iltifotli va
xushmuomali jihatdan ko‘rsatganingiz ma’qul. Jamoatda barcha narsalar haqida gap
ketadi, savollar chuqurlashib ketilmaydi, bir narsani har taraflama ko‘rib chiqilmaydi,
balki qisqacha mulohaza yuritiladi, ammo yuzaki emas. Boshqalar bilan gaplashish
istagi borligini yoki suhbat zerikali ekanligini ko‘rsatmaaslik, suhbat chog‘ida atrofga
alanglab, qo‘lga tushgan biron narsani o‘ynab, yoki soatga qarayverish suhbatdoshni
jig‘iybiron qilib qo‘yish mumkin.
Suhbat chog‘ida o‘zini ko‘klarga ko‘tarib, o‘z faoliyati,
izlanishlari, mulki o‘z
tanishlari doirasi bilan yoki kimnidir ismini ro‘kach qilish bilan maqtanish va yaxshi
emas – bunday tushunchalar suhbatdosh aqlini qanchalik tor ekanligi haqida guvohlik
beradi. Munozara qilinayotgan muammolar doirasi keng bo‘lishi mumkin, biroq nima
bo‘lganda ham o‘zingizni ishonchli his qiladigan, o‘zingizga mos bo‘lgan
mavzularda suhbat olib borishingiz maqsadga muvofiqdir.
Suhbatdoshni sog‘liqdan nolish bilan ob
havo haqidagi so‘zlar bilan
charchatish ham etiketga to‘gri kelmaydi. Suhbat haqiqatan ham qiziqarliroq bo‘lish
uchun barcha qobiliyat va imkoniyatlarni yordamga chaqirish lozim. Shu jihatdan
ham suhbatlashish etiketi bir necha qoidalarni taqozo etadi:
Suhbatdoshingizga og‘ir botadigan,
xafa qiladigan, noqulay vaziyatga solib
qo‘yadigan, gapirishni xohlamaydigan mavzu bo‘yicha suhbatlashish vaziyatni
og‘irlashtiradi.
Suhbatdoshingizga o‘zingizga ta’rif-tavsif berishdan, o‘z muammo va
yutuqlar haqidagi ma’lumotlarga e’tiborni kuchaytirishdan qochish, suhbat chog‘ida
o‘z “men” ini markaziy joyga qo‘ymaslik lozim. Bunda
axloqning kamtarinlik va
bosiqlik me’yorlari qo‘l keladi.
O‘z fikrini uqtirishdan avval, noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun
suhbatdoshning ijtimoiy kelib chiqishi, shahs sifatida, aytilayotgan masala yuzasidan
qanday ma’lumotga ega ekanligini bilib olgan yaxshi.
Suhbatdosh hurmat qilishga, hatto uni fikrini noto‘g‘ri deb hisoblaganda ham
oxirigicha eshitish bilan shahsning so‘z erkinligini ta’minlashga intilish lozim.
42
Boshqa insonlarini g‘iybat qilishdan,
ularning shahsiy hayoti, muammosi
haqida suhbat qurish ham odobsizlik sanaladi.
Har qanday suhbat birinchi navbatda ma’lumotlar almanishuvidir. Suhbat
jamoat joylarida yoki ko‘chada bo‘lsa, boshqalarni o‘ziga jalb qilmagan holda, ovoz
past ohangda gaplashish lozim. Tez yoki haddan tashqari cho‘zilib gapirish ham
ma’lumotni o‘zlashtirishga xalaqit beradi.
Kam muomala qilinadigan, yaxshi tanimaydigan insonlar bilan muloqotda
bo‘lishda barchaga tushunarli yengil mavzu tanlanib olinadi. M:
Do'stlaringiz bilan baham: